Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
158 Habib Sattorov mulozimatni yoqtirmagani uchun Zohid «choy-poy ichib o‘tiraylik», deb manzirat qilmadi. Ustozni katta ko‘chaga qadar kuzatib chiqqan Zohid qaytar mahalida uning piramida xususidagi gaplarini bir-bir esladi. «G‘oyada jon bor, — deb o‘yladi u,— umuman jinoyat olamini piramida desak to‘g‘riroq bo‘ladi. Biz uning bir ulushini cho‘kich bilan urib yemirmoqni ixtiyor qilgan nodonga o‘xshaymiz. Piramidaning uchi — Asadbekmi? Unga mening kuchim yetarmidi? Gugurt cho‘plarini chertib tashlash oson...» Zohid uyga kirganda xotini dasturxon yig‘ishtirayotgan edi. — O‘rtog‘ingiz Aliqul aka keldilar, — dedi u erini ko‘rib. — Nima deydi? — Sizda ishlari bor ekan. Ertalab kelaman, devdilar, uyda bo‘lmasalar kerak, moshtabibni olib qishloqqa bormoqchi edilar, dedim. To‘g‘ri aytibmanmi, borasizmi? — Borishim kerak. — Mashinalarida olib borib kelarkanlar. Bu gapni eshitib Zohid g‘ashlandi. Eridagi o‘zgarishni sezgan xotini: — Ha, gapimning nimasi yoqmadi tag‘in? — deb so‘radi. — Men senga mashina gaplashib qo‘y, devdimmi? — Men so‘rabmanmi, o‘zlari aytdilar. O‘rtog‘ingiz-ku, xizmat qilsalar yomonmi? — Yo‘q, juda yaxshi, hatto zo‘r! — dedi Zohid achchiqlanib, — shu xizmati evaziga sen uning ukasini qamoqdan chiqarib berasan. — Voy savil, hali dardi bormidi?.. — Senga ming marta aytaman: mening qachon, qaerga borishim haqida birovga hisob berma. Ertaga ishga boramanmi yo qishloqqami, birovning bilishi shartmi? «Ering qayoqqa boradi, anig‘ini ayt», deb seni birov zo‘rladimi? «Bilmayman» deb qo‘ya qolmaysan-mi? — Xo‘p, bo‘pti, tavba qildim, — xotin shunday deb dasturxonni yig‘ishtirgach, zarda bilan oshxonaga chiqib ketdi. Ko‘ngli g‘ashlangan Zohid esa derazani qiya ochib, ko‘cha tomonga tikildi, nechundir bu kech ko‘cha chiroqlari yonmabdi. Zohid yotoqxonaga kirgan edi, o‘g‘li ko‘zlarini chirt yumib olib, o‘zini uxlaganday qilib ko‘rsatdi. O‘g‘lining odatiga u ba’zan hayron qoladi: mehmon kelsa, boshqa bolalar kabi dasturxon atrofida aylanmaydi. Onasi karovotiga yotqizib qo‘ysa, uyqusi kelmasa-da, qarshilik bildirmaydi. Bu holat ba’zan bir, ba’zan ikki soat ham davom etishi mumkin. Bunaqa paytda Zohid o‘g‘liga achinib, mehmon ketgach, kech kirib qolgan bo‘lsa-da, o‘g‘lini ko‘chaga olib chiqardi. Bugun ham «bir aylantirib kelay» deb o‘yladi-yu, ko‘cha chiroqlari yoqilmagani sababli fikridan qaytib karavotga engashdi-da, o‘g‘lining yuzidan o‘pdi. O‘g‘li bundan rohatlanib, ko‘zini chirt yumganicha qiqirlab kuldi. Keyin otasining bo‘ynidan quchoqlab oldi. «Boqchaga bordingmi, nima yeding, nimalar o‘ynading?» kabi savollarga biyron javob bergach, bola otasidan ertak aytib berishni so‘radi. Zohid bironta ham ertak bilmasdi. O‘g‘li ham so‘raganida bitta ertak kitob topib o‘qib qo‘yaman, derdi- yu, ko‘chaga chiqqach, unutardi. Hozirgi talabdan so‘ng ham shunday ahd diliga tugilib, bolasiga «hozir oying kirib aytib beradi», deb oson qutuldi. Bola onasidan ham ertak eshitolmasligini bilsa-da, bu va’daga ishondi. Oshxonadagi ishlarini saranjomlagan xotini kirgach, mehmonxonaga chiqdi-da, ustozi tashlab ketgan daftarlardan birini qo‘lga oldi. Avvaliga daftarni hafsalasizlik bilan varaqlab, ayrim satrlarni «cho‘qilab-cho‘qilab» o‘qidi. So‘ng undagi ma’nolar diqqatini tortib, divanga joylashib o‘tirib oldi-da, bir boshdan o‘qishga tutundi. «Xotira daftari» deb atalmish yozuvlarning boshlanishi unga qiziq ertak kabi tuyuldi: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling