Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
159 «Bir mamlakatning odil va dono podshosi qarilik yoshiga yetgach, taxtni o‘g‘liga topshirib debdiki: — Ey ko‘zimning nuri, umidim chechagi, bu obod mamlakatni senga topshiryapman, aql bilan ish yuritgin va uning xorlanishiga yo‘l qo‘yma. Men mamlakat boyligidan tashqari o‘zimning boyligimni ham senga topshiraman. To jonim bor ekan, sen bu xazinaning bir misqoliga ham tegmagin. Ollohning huzuriga jo‘naganimdan so‘ng bu xazinani ochasan- da, miskinlarga ulashib chiqasan. Toki ularning duolaridan ruhim bahramand bo‘lgay. O‘g‘il ham ota kabi dono ekan. Mamlakatni yaxshi boshqarib, yurtni yanada obod qilib raiyat duosini olibdi. Ammo uning bir odati bor ekanki, na saroy ahli va na shahar ahli tushunarkan. Biron bir kishining «Ey podshohim, bu qilig‘ingizni tushunmoqqa aqllarimiz qosirlik qilyapti, bizga buning ma’nosini anglatib qo‘ying», demoqqa yuragi betlamas ekan. Vaqtiki kelib, keksa podsho sobiq va sodiq mulozimlarini chorlab, o‘g‘lining hol- ahvolini so‘raganida ular yurak yutib, voqeani bayon qilgan ekanlar. O‘g‘lining qilig‘idan hayratlangan podsho darhol uni chorlatib, bu harakatning ma’nosini so‘rabdi. O‘g‘il farzandlik burchiga rioya qilgan holda debdiki: — Otajon, siz menga xazinangizni vafotingizdan so‘ng xalqqa ulashishni vasiyat qilib edingiz. Rosti men bu amrni bajarmoqqa majbur bo‘lganim tufayli sizga e’tiroz bildirmoqqa jur’at etmadim. Ammo har tun shaharga chiqqanimda fonus-chiroqni oldinda emas, orqa tomonda olib yurmoqni amr etdim. Sababki, vafotidan so‘ng ehson ulashmoq qora tunda chiroqni orqa tomonda yoritib bormoq kabi emasmi? Orqa tomondagi fonus yorug‘idan yo‘lovchiga na foyda, oldinda yoqib bormoq afzal emasmikin? Ota o‘g‘lining bu tadbiridan quvonib, xazinani o‘zi ulashgan ekan. Qissadan hissa: bizning tarix qatlarida yashirinib yotgan qancha boyliklarimiz bor? Ularni xalqqa qachon ulashamiz? Fonusni old tomonda yoqib, yorug‘ yo‘l ko‘rsatish kuniga qachon yetamiz? Xolidiylar chiroqni oldinga olishga yo‘l qo‘yisharmikin?» «Bir kar odamning ho‘kizi yo‘qolib qolibdi. Ko‘chada qidirib yurib yana ham karroq odamga duch kelibdi. Ittifoqo bu odam ertalab eshak topib olgan ekan. Kar odam ho‘kizi yo‘qolganini aytib, uning shoxlari-yu, dumlarining ta’rifini keltiribdi. Karroq odam unga javoban: — Ha, to‘g‘ri, men eshagingni topib qo‘yganman, suyunchini berginu olib ketaver, — debdi. Kar odam esa yana ho‘kizining ta’rifini qilaveribdi. Shu holda gap talashib turishganda eshagiga bir juvonni mingashtirib olgan oqsoqol ko‘rinibdi. Qarangki, oqsoqol ulardan-da karroq ekan. Yo‘lni to‘sib, biri ho‘kiz, biri eshak haqida tinmay gapirayotgan odamlarga qarab «Xotinni olib qo‘yishmoqchi shekilli», deb o‘ylab: — Yaqinda xotinim o‘ldi. Bu juvon begona emas, xotinimning cho‘risi edi, — debdi. Xullas, uchovi uch xil gapirib, bahslashib, haqiqat istab qoziga kelibdilar. Xudoning qudratini qarangki, qozi ulardan battar kar ekan. Ramazon oyi yaqinlashib qolgan, agar yangi oy ko‘rinsa nog‘oralar chalinib, elga ma’lum qilinishi kerak edi. Qozi ularning tinmay, bir-birlariga gap bermayotganlaridan «Ha, ular yangi oy chiqqanini ko‘rishibdi- da», degan qarorga kelib, xizmatkorlariga buyuribdi: —Hoy, nog‘oralarni chalinglar, ertaga sahardan ro‘za! Qissadan hissa: Bizning barchamiz kar bo‘lib qolganmiz. Birimizning gapimizni ikkinchimiz anglamaymiz. O‘zimizning karligimiz kamlik qilganday tariximizni ham soqov qilib qo‘yganmiz. Biz tarixning tiliga kishan urganmiz. O‘zimizga kerak paytida kishanni yechib, gapirtiramiz, keyin esa yana mahkamlaymiz. Shunaqa paytda karligimizni ham unutamiz. «Eng kichkina ilmiy xodim» mening bu fikrimni qo‘llamadi. «Tog‘da bir keksa |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling