Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet166/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
166
— Mavridi bo‘lmadi-ku, — dedi Manzura aybli ohangda. 
— Odamlarining muomalasi qanaqa ekan? 
— Tillariga tushunmasam... Lekin qo‘ni-qo‘shni bir-birini tanimas ekan, oqibat ham 
qilmas ekan. 
— Qo‘ni-qo‘shnilarning bir-birlarini tanimaganlari ham ma’qul. Tinch yashashadi, g‘iybat 
qilishmaydi. 
— Voy qo‘ying-e, yomon bo‘lsa ham qo‘shnining bori yaxshi. 
— Sen o‘sha tomonlarda qolib yashagan bo‘larmi- ding? — deb o‘smoqchilab so‘radi 
Asadbek. 
— O‘lsam ham yashamasman. 
— Kelinlaring o‘yimizga ketamiz, deyishsa, o‘g‘illaring ularga qo‘shilib jo‘nashsa-chi? 
— Voy, nafasingizni issiq qiling-a, tavba deng, o‘zim yuragim hilvillab turibdi. Bunaqa 
gaplarni boshqa gapirmang, — keyingi so‘zlarni aytayotganida Manzuraning ovozi 
titradi. Asadbek uni ovutish maqsadida yelkasiga qo‘lini tashladi. Manzura bundan 
cho‘chib, o‘zini chetga oldi: 
— Voy, nima qilyapsiz? 
— Ha, nima qilibman, — dedi Asadbek, — o‘zimning happai-halol xotinimsan. Ana, qara, 
hamma shunaqa yuribdi. 
— Qo‘ying-e, qariganda... 
— Men hali qarimadim. — Asadbek shunday deb xotinini qo‘ltiqladi. Bu safar Manzura 
o‘zini olib qochmadi. 
Kun bo‘yi mashriqda ivirsib yurgan qo‘ng‘ir bulut parchalari shomga yaqin birlashib, 
quyoshni bag‘riga oldi. Shuni kutib turgan izg‘irin qo‘zg‘olib, bahorning totli nafasini 
bo‘g‘di. Izg‘irin anhor sohili bo‘ylab cho‘zilgan sayrgohga ham hukmini o‘tkaza 
boshlagach, bolalarini o‘ynatgani olib chiqqan juvonlar uylariga shoshildilar. So‘ng 
keksalar ko‘rinmay qolishdi. Unda-bunda, daraxt panalarida qorong‘u tushishini intiq 
kutayotgan juft-juft yoshlargina qolishdi. 
Erining yonida asta yurib borayotgan Manzuraga bu sayr xush yoqayotgan bo‘lsa-da, 
ko‘nglining bir chekkasini g‘ashlik so‘nasi kemirib yotardi. U eridagi bu o‘zgarish sababini 
bilishni istardi. «Bir tog‘ning o‘z o‘rnidan qo‘zg‘alib, boshqa yerga ko‘chganini eshitsangiz 
ishoning-u, biroq, odamning fe’l-tabiati, qalbi o‘zgaribdi, deyilsa inonmangiz», deyilmish 
ekan. Shunga ko‘ra eridagi bu o‘zgarishning yaxshilik nishonasi ekaniga Manzurada 
gumon bor edi. 
Xotinlar davra quruvchi ziyofatlarda ayrim juvonlar «Shunday odamning xotini-ya! 
Yegani oldinda, yemagani ortida, aytgani aytgan, degani degan. Munchalar baxtli ekan-
a, bu ayol!» deb havas qilishsa, Manzura chindan ham baxt egasi singari jilmayib 
qo‘yardi. Holbuki, baxtlimi yoki baxtsiz ekanini o‘zi ham aniq bilmasdi.
Agar ayolning ustara tig‘i ustida yashashi baxt de-yilsa — Manzura rostdan ham baxtli. 
Erining har bir xatti-harakatini hadik bilan kuzatish, kechki payt eri ostona hatlab 
hovliga kirib kelguniga qadar ming turli havotir tikanlari ustida yalangoyoq yugurmoq 
agar baxt deyilsa — Manzuradan o‘zga baxtliroq ayol yo‘qdir. 
Agar eri uyga qaytmagan tunlari beshikni quchoqlab, tiq etgan tovushga hadik bilan 
quloq tutish, tong-ni o‘zi beva, bolasi yetim holida kutib olmasligi uchun Xudoga nolalar 
qilib chiqmoqlik baxt deyilsa — haqiqiy baxt egasi aynan Manzuradir. 
Agar baxt faqat yemoq, ichmoq, o‘ynamoq, kulmoqdan iborat bo‘lsa — Manzuraga havas 
qilsa yarashadi. 
Shunday tarozi bo‘lsa-yu, uning bir pallasiga yemoq, ichmoq, kiyinmoq saodati, 
ikkinchisiga turmush tashvishlari-yu, g‘am ko‘lankalari qo‘yilsa balki baxt haqiqati ayon 
bo‘lar? 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling