Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
164 Asadbek xotinining gaplarini eshitib «Bugun faqat uy mojarosi bo‘ladigan kun ekanmi?» deb qo‘y- di-yu, qo‘shnining dardiga oid biron so‘z aytmadi. Choy og‘ziga bemaza tuyulib, piyolani dasturxon ustiga astalik bilan qo‘ydi. Avvalgi davrlari bo‘lganda «nima balo, xashak solib damlaganmisan?» deb to‘ng‘illar yoki piyolani do‘q etib qo‘yar, yoinki jahli chiqib turgan bo‘lsa, choyni sepib yuborardi. Shunda xotin bechora hadik bilan sapchib turib, boshqa choynakda choy damlab kelardi. Ammo yangi damlangan choydan ham ichilmasdi. Chunki aslida choy bemaza emas, kayfiyatning mazasi bo‘lmasdi. Asadbek g‘azab otidan tushgani bilan ko‘ngli na ovqat, na choy tusardi. Er-xotin dam-badam bir-birlariga qarab qo‘yib, jimgina o‘tirishardi. Asadbek jag‘i-jag‘iga tegmaydiganlarga toqat qilolmas, xotinining kamgapligidan mamnun yurardi. Biroq, hozirgiday hollarda uning gapirib o‘tirishini istadi. «Nimani gapirsa ham mayli, javrab tursa bas», deb xotiniga umid bilan qaradi. Yo‘q, Manzura javramadi. Mo‘’minalik libosini yechmadi. Ilgari ham, ayniqsa Zaynabning to‘yidan so‘ng mana shu tarzda ikkovlon ko‘p yolg‘iz o‘tirishardi. Lekni unda Asadbek yolg‘izlik to‘rida siqilmasdi. Hozir siqildi, yomon siqildi. — Adasi, choyingiz sovidi, qaynog‘idan quyaymi?— Manzura shunday deb piyolaga qo‘l uzatdi. Asadbek «Yo‘q, kerakmas», degan ma’noda kaftini piyola ustiga qo‘ydi. Keyin ma’suma xotiniga qaradi-da: — Manzur, yoshligimizda biz ham shahar aylangani chiqarmidik? — deb so‘radi. Kutilmagan bu savoldan Manzura gangib: — Voy, shaharning nimasini aylanardik? — de-di. — Ha endi, mundog‘ «aylantirib» deyiladimi yo «o‘ynatib» deyiladimi, marojniy-parojniy olib berganmanmi? Mana, bolalaring ketishdi-ku? — Bularning zamoni boshqa, bizniki boshqa edi, adasi. — Bo‘pti, bor, kiyinib chiq. Biz ham yangi zamonni bir ko‘raylik. Asadbek «Manzur» deb gap boshlaganida u bir ajablangan edi. Chunki eri asosan unga «hey» deb murojaat etar, mehmon huzurida esa «onasi» der, juda kam hollardagina erkalaguvchi samimiy ohangda «Manzur» deb chaqirardi. Dastlabki ajablanishi so‘nmay turib sayrga taklif etilishi unga g‘alati tuyuldi. Eriga «hazillashayapsizmi, adasi?» degan ma’noda qarab, baloga qolay dedi. — Imillamasang-chi, tur tezroq, — dedi Asadbek po‘pisa ohangida. Bitta mashinani Abdusamad, ikkinchisini Halimjon haydab, yoshlarni sayrga olib ketishgan edi. Manzura amrga itoat etib o‘rnidan turdi-yu, «Mashina yo‘qligini adasi unutdilarmikin», degan xayolda: — Mashina... — deb gap boshlagan edi, «Ishing bo‘lmasin», degan qo‘pol javobni eshitdi. Asadbekning bu qilig‘i Manzuragagina emas, boloxonadagi yigitlarga ham g‘alati tuyuldi. Ulardan biri shoshganicha pastga tushdi, ko‘chada xotinining yonida xotirjam borayotgan xojasi izidan bir oz tikildi. Asadbek hech qachon mashinasiz ko‘chaga chiqmasdi. Biror yoqqa ketayotgan bo‘lsa darvozadan chiqish oldida ularga nimadir deb qo‘yardi. Yigit picha tek turgach, sodiq mulozimlik vazifasini bajarib, sakkiz-o‘n qadamlik masofani saqlagan holda izma-iz yura boshladi. Buni sezgan Asadbek to‘xtab, orqasiga o‘girildi. Yigit ham to‘xtagan edi, imlab chaqirdi-da, u yaqinlashgach: — Izimdan yurma, — dedi. — Halim akang kelsa, ayt, uyiga ketaversin. — Asadbek bir oz o‘ylandi-da, qo‘shib qo‘ydi: — Akalaring kelishganidan keyin senlar ham uy- uylaringga ketaverlaring. Ertalab Haydar akangga uchrashsalaring, bundan bu yog‘iga nima ish qilishlaringni aytadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling