Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet172/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
172
— Yigirmalari o‘tdi... Mayli, siz nima desangiz shu. Lekin.. kunini belgilab, to‘yga 
aytaversak bo‘larmidi... bilasiz-ku, odamlar tillari bilan yuradigan bo‘lib ketishgan... 
— Yaxshi... Bor, Samadingni chaqir. 
Manzura gapni ko‘paytirmay o‘rnidan chaqqon turdi-da, o‘g‘lini boshlab qaytdi. U 
to‘yning maslahati bo‘lar, degan fikrda yana erining ro‘parasidan joy oldi. Lekin Asadbek 
hozirgina to‘y haqida gap bo‘lganini unutganday o‘g‘lidan butunlay boshqa narsani 
so‘radi: 
— Kecha Qamar amaking chiqibdilarmi? Nimalarni gaplashding? 
Manzura Abdusamadni boshlab kelayotganida yo‘l-yo‘lakay «adanglar to‘y kunini 
belgilamoqchilar, tortinmay gapingni aytaver», deb shipshib qo‘ygan edi. Shu sababli 
o‘g‘il otasining savolidan ajablanib, onasiga qarab qo‘ydi. Manzura «qaydam, o‘zim ham 
hayronman, bu kechagi gap edi...» deganday pastki labini asta tishlab, nigohini olib 
qochdi. Abdusamad esa mujmalroq tarzda: 
— Uyni sotmoqchimishlar, puldan qiynalib qolishganmish, — deb javob qildi. 
— Sen nima deding? 
Adamlar bilan maslahatlashaman, dedim. 
— Durust... — Asadbek shunday deb o‘g‘liga sinovchan tikildi. — «Sotaman», deb 
boshqalarga ham aytibdimi? 
— Yo‘q. Birinchi biznikiga chiqibdilar. Gaplarining mazmunidan bizga sotmoqchiga 
o‘xshaydilar. 
— O‘zing nima deysan? 
— Siz nima desangiz... 
— Men sening fikringni bilmoqchiman. Senam bitta oilaga bosh bo‘lyapsan. Chetning 
hayotini ko‘rding. Qani, bir nima degin-chi? 
Bu gapdan so‘ng ona-bola ko‘z urishtirib oldilar. 
Oyingga qarama, men sendan so‘rayapman, menga qarab gapir. 
— Sotishga astoydil ahd qilishgan bo‘lsa... olganimiz ma’qulroqmikin? 
— Sen unaqa mijg‘ovlik qilma. Kechadan beri o‘ylangandirsan, aniq bir fikrga 
kelgandirsan? Sotib olganmiz ma’qulroqmi yo sotib olishimiz kerakmi? 
— Adasi, bunaqa gaplarni bilmaydi hali... — shunday deb oraga tushgan Manzura «Sen 
aqling yetmagan ishlarga aralashma», degan tanbeh bilan jim bo‘la qoldi. 
— Oying senlarni hali ham yosh bola fahmlaydi,— dedi Asadbek o‘g‘liga, so‘ng xotiniga 
yuzlandi: — baloni bilishadi bu bollaring. Chetda o‘qiganlarni sen anoyi dema. 
Asadbek keyingi luqmasini jindak mehr bilan ayt-gan bo‘lsa-da, Abdusamad aniq fikrini 
bildirishga jur’at etolmadi. Otasi talabini yana qaytargach: 
— Olganimiz yaxshi, — dedi. 
— Qamar amakingga shunday dedingmi? 
— Yo‘q, «adam biladilar», dedim. 
— Yaxshi, yaxshi... uy sotilsa biz olishimiz kerak...— Asadbek o‘g‘lidan ko‘z uzmagan 
holda piyolaning chetiga chertib qo‘ydi. — O‘g‘lim, uyimiz torlik qilib qoldimi
sig‘mayapsizmi? 
Sizlashga o‘tilishi yaxshilik alomati emasligini bilgan Manzura bezovtalanib, erini 
chalg‘itish maqsadida: 
— Adasi, choy quyaymi? — deb so‘radi. 
Asadbek bu gapga e’tibor qilmay, o‘g‘liga qattiq tikilganicha javob kutdi: 
— Sizdan so‘rayapman, sig‘mayapsizlarmi? Boshqa uy-joy qilib beraymi? 
Abdusamad boshini eggan holda o‘zini oqlamoqchi bo‘ldi: 
— Ada, unaqa deganim yo‘q-ku... 
— Bitta qoringa siqqan aka-uka bitta uyga sig‘masligini bilaman. Siz o‘qishingizni bitirib 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling