Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet173/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
173
kelguningizcha bundan yaxshiroq uy-joy qurdirib qo‘yaman. Ammo yon qo‘shnimizning 
uyini sotib olmaymiz, o‘g‘lim. Nimagaligini bilasizmi? Bilmaysiz. Chunki juda-juda kalta 
o‘ylaysiz. Hali onangiz «odamlar tillari bilan yuradigan bo‘lib ketishgan», dedilar. O‘sha 
tili bilan yuradigan odamlar «Asadbek qo‘shnisining mushkulini oson qilibdi», 
deyishmaydi. «Asadbek — zolim, yon qo‘shnisini chiqishtirmay, siqib chiqarib, o‘g‘liga 
joy solibdi, erta-indin butun mahallani egallaydi», deb nog‘ora-karnay chalishadi. 
Shunaqami? Nega indamaysan, gapir? 
— Ada, kechiring, buni o‘ylamabman. 
— Ha, ana, endi o‘zingga kelding. Ilmning izidan tushganing yaxshi, lekin hayotning 
g‘alamis tomonlarini unutishga haqqing yo‘q. Bizga ta’zim qilib, tirjayib turganlarning 
qo‘llariga qara, sal teskari bo‘ldingmi, panjalarida changallab turgan loyni basharamizga 
chaplashadi. Germaniyada balki bunaqamasdir, sen ilmni o‘sha yoqda olginu hayotni bu 
yerda o‘rgan. Tushundingmi? 
— Tushundim, ada. 
— Tushungan bo‘lsang, bor, Jalil amakingni olib kel. Uyiga quruq kirib borma, bozorga 
tushib mayda-chuyda olvol. 
Abdusamad tobelik bilan o‘rnidan turib chiqib ketgach, Asadbek Manzuraga qarab: 
— Hamid haliyam uxlayaptimi? — deb so‘radi. 
— Ertalab turuvdi. Sal mazasi yo‘qroq. 
— Nima bo‘pti? 
— Shamollaganga o‘xshaydi, «badanim qaqshayapti» deydi. Asal choy ichirib yotqizdim. 
— Sen Qamar akani chaqirchi. 
Manzura amrni bajarish uchun qo‘zg‘olganda Asadbek uni to‘xtatdi-da, «o‘zim chiqa 
qolaman», deb o‘rnidan turdi. 
Bu hovli sotib olinib qurilish boshlanayotganida o‘zini o‘zi ishboshi qilib tayinlagan 
Kesakpolvon shu qo‘shnining hovlisiga ham xaridor bo‘lgan edi. «Hech bo‘lmasa 
yarmisini soting», degan taklifni Qamariddin «O‘g‘illar birin-ketin yetilay deb turishibdi. 
Ularga uy qursak, hovli katalak bo‘lib qoladi», deb unamaganda Kesakpolvonning g‘ashi 
kelgan edi. Oshnasi «shu qo‘shningni iniga kirg‘izvormasam yurgan ekanman...» 
deganida Asadbek «Tinch qo‘y uni, menga shu hovli ham yetadi», deb qaytargandi. 
Kesakpolvon xojasining gapini ikki qilmay, Qamariddinni tinch qo‘ydi-yu, biroq, bu 
yondagi qo‘shnini avray-avray avval hovlisining yarmisini sotib oldirdi. Keyinroq «ikki 
qizingiz bilan hovlida nima qilasiz qiynalib», deb yurib, qolgan yarmini shahar 
markazidagi to‘rt xonali uyga almashtirdi-yu, so‘ng ko‘ngli orom topdi. Asadbekning 
«bekor qilding shu ishni», degan gapiga «Sening obro‘ying mening obro‘yim, sen bilan 
bir ish qiladigan odam avval uyingga qaraydi. Katalakda o‘tirsang birov aftingga 
boqmaydi», deb javob qaytargan edi. 
Kecha Manzura «uyni sotishmoqchimishmi...» deganida Asadbek Kesakpolvonning o‘sha 
paytdagi ahdini esladi. «Bu maraz yana menga yaxshi ko‘rinish uchun Qamar akani 
siquvga oldimikin?» deb o‘yladi. O‘g‘lining fikridan g‘ashlanishining ikkinchi sababi shu 
edi. 
Asadbekning qo‘shnichilik burchini bajarishi to‘y-ma’rakalarga birrov chiqib qo‘yishdan 
iborat edi. Ko‘chada ko‘rishib qolishgudek bo‘lishsa ham asosan salom-alik bilan 
kifoyalanardi. Asadbekning hovliga kirib kelishi Qamariddin uchun kutilmagan bo‘lgani 
bilan maqsadi ma’lum edi. Darvozaxonaga taqab chol-kampir uchun solingan pastak 
uyga kirib o‘tirishgach, duoyi-fotihadan so‘ng Asadbek gapni cho‘zib o‘tirmay muddaoga 
o‘tib qo‘ya qoldi. Bir paytlar hovliga xaridor bo‘l- gan odam, bugun yo ertaning 
o‘zida sotib oladi, degan ishonchdagi Qamariddin ham chaynalib o‘tirmay, niyatini ayta 
qoldi: 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling