Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
176 so‘zlaridan bir nimani ilg‘ab olishni istardi. Ayni choqda kecha boloxonadagi yigitlarnnig qo‘ng‘irog‘idan keyin uyg‘ongan navbatdagi talvasasini oshnasiga sezdirmaslikka tirishardi. Faqat o‘zigagina ma’lum o‘tda qovrilayotgan Kesakpolvon choydan bir-ikki xo‘plab xo‘rillatib ichdi-da, oshnasidan hol so‘ragan bo‘ldi: — Qayoqda yuribsan, birga qaymoqho‘rlik qilarmiz devdim. — Shunaqa niyati bor odam ertaroq keladi, — dedi Asadbek unga javoban. — Vaqtli kelmoqchiydim, — Kesakpolvon shunday deb og‘zini qaymoqli nonga to‘ldirdi- da, kosani Asadbek tomonga salgina surib «Ol, ye» deb manzirat qildi. Keyin luqmasini chala-chulpa yutib izoh berdi: — Bugun uyqudan kechroq tursang kerak, deb o‘ylabman. — Kun yoyilguncha biqsib yotganimni ko‘rganmiding?— dedi Asadbek zardali ohangda. — Restorandan keyin boshing og‘rib yotgandirsan, debman-da, — Kesakpolvon «qoyilmisan» deganday ayyorona kulimsirab qo‘ydi. Boshqa odam bo‘lganida balki «Ie, shundan ham xabar topdingmi!» deb ajablangan bo‘lardi. Asadbek esa bu gapni e’tiborsizlik bilan tingladi. Muovinning restoran xo‘jayinini topib noxush voqeadan xabardor qilishi, uning esa yarim kechadami yoki erta tongdami Kesakpolvonga uchrab, «Bek akalari huzurida uzrli bo‘lib qolganlari»ni aytmog‘ini Asadbek hisobga olib qo‘ygandi. Kesakpolvonning bugun albatta kelishiga ishonchi borligining birinchi sababi shu edi. Ikkinchi sababi esa, garchi boloxonadagi yigitlar «Ertalab Haydar akalaringga uchrashlaring, bundan bu yog‘iga bajardigan ishlaringni aytadi», degan amrni olsalar-da, ertani kutib o‘tirmay o‘sha zahotiyoq akalariga sim qoqib, «uydan chiqlaringu Bek akalaringga sezdirmay ko‘chada poylalaring», degan buyruqni olishlari aniqligi edi. Asadbek kechqurun restorandan qaytganida avval boloxona derazasiga boqdi: hamisha yonib turuvchi chiroqning o‘chirilgani yigitlarning yo‘qligidan darak edi. Shunday bo‘lishini o‘zi xohlagan bo‘lsa-da, yuqoridagi chiroqning o‘chishi davru davroni, shuhrati mash’alasining so‘nishidan darak berganday yuragi bir uvishdi. Ayni nafasda muyulishda ikki kishining qorasini ko‘rib, Kesakpolvondan amr bo‘lgani, oshnasining ertalab yetib kelajagini angladi. — Bo‘tavoy qashqani pichoqsiz so‘yib kelibsan- ku, — dedi Kesakpolvon, dasturxonga tomgan qaymoqni jimjilog‘i bilan yalab. — Qashqang kim? — deb so‘radi Asadbek. — Tanimaysanmi? — Kesakpolvon «rostdanam tanimaysanmi yo meni laqillatmoqchimisan?» deganday unga sinovchan boqdi. Hatto lablari bir pas chapillashdan to‘xtadi. — Restoranning xo‘jayinini tanimaysanmi? Mahmud oraga tushib qo‘ydiruvdi-ku? — Esimda yo‘q... nima, oldingga emaklab bordimi? — Emaklaydigan odamni uchib boradigan qilib qo‘yibsan-ku. Yomon ezibsan bola paqirni. Agar ovutib qo‘ymasam unga ishton chidamay qolardi. Kesakpolvon shunday deb kuldi, oshnasidan «nima qilibmanki, bunchalar ezilsa», degan mazmunda gap kutdi. Asadbek esa oshnasining gapini uqmaganday javob qaytarmadi. Uzoq yillar mobaynida oralarida sir bo‘lmagan, bir-birini do‘st deb bilgan, qilingan gunohlarga teng sherik hisoblanmish bu ikki odamning o‘zga-o‘zga olamga chekinib o‘tirishi ajabtovur edi. Sharafli hadisda aytilmish ekanki, «birovga haddan ziyod ishonch bilan sirdosh do‘st tutinmangki, vaqti kelib u dushmanga aylanishi ehtimoli bordir, dushman hisoblanmish kishi bilan haddan ziyod yovlashmangkim, vaqti kelib u sizga do‘st bo‘lib qolar...» Dushmanga aylanish alhol ehtimol emas, haqiqatga aylandi. Bu haqiqatni ikkovi ham yaxshi biladi. Ammo bir-biriga sir boy bermaydi. Dushmanliklarini, bir-birlaridan xavotirlari mavjudligini gap-so‘zlari oshkor qilib qo‘ymasligi uchun tillariga ehtiyot |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling