Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
184 Pattani belgilatish uchun yurishgan damda qoshu ko‘zlariga qadar malla bir yigit xuddi qadrdonlarini uchratib qolganday kulimsirab kelib ular bilan ko‘rishdi. — Haydarbek aka, omadni qarang, bu oshnam bilan birga ucharkanmiz, — deganidan so‘ng Kesakpolvon uning kim tomonidan yuborilganini angladi. Halimjonning «Kim bu?» degan ma’nodagi qarashiga javob bermadi. «Kerak bo‘lsa yo‘lda tanishib olarsanlar», deganday u bilan ko‘z urishtirib oldi. Halimjon yolg‘iz emasligini, kerakli joyga xabar qilib qo‘yish imkoni yanada og‘irlashganini bilib, g‘ashlandi. Uchoqqa chiqib o‘tirishgach, malla o‘zini «Safter» deb tanishtirdi-da: — Sizga ham aytishgandir, biz bir-birovimiz bilan ko‘rinmas zanjir ila bog‘langanmiz. Ovqatni ham birga yeymiz, sartirga ham birga boramiz. Siz bun- ga, — Safter Halimjonning tizzasidagi diplomatga shapatilab qo‘ydi, — javob berasiz, men sizning eson-omon qaytib borishingizga. — Gap yo‘q, kemaga chiqqanning joni bir, — dedi Halimjon taqdirga tan berib. Avvaliga «diplomat ichi pul bilan to‘ladir», deb o‘ylagan edi. Lekin uning yengilligi, ehtiyot chorasining esa g‘oyat kuchliligi «qoradori» degan to‘xtamga olib keldi. «Atrofidagi sodiq yigitlariga topshirmay, nega menga yukladi?» degan muammoni esa Kozlovning uyini qidirib borgach, yechdi. Safter vazifasini yashirmay, to‘g‘risini aytgan edi. Halimjon uchuvchilar xonasiga kirib, ikki og‘iz gap aytib chiqish evini ham qilolmadi. Krasnoyarga yetib borishgach esa Safter adashib qolishdan qo‘rqib onasining etagidan ushlab olgan boladay qariyb izma-iz yurdi. Vazifada belgilanganday birinchi kuni Halimjon xaridor bilan bog‘lanib, ikkinchi kuni bordi. O‘n ikki qavatli uyning sakkizinchi qavatiga chiqishgandagina Safter undan uzildi. Halimjon qo‘ng‘iroq tugmasini bosganida «Men yettinchi qavatda liftni ushlab turaman. Bir ishkal bo‘lsa o‘zingni shu yoqqa qarab otaver», deb zina tomon yurdi. Eshikni keksa bir ayol ochib «Kiravering, o‘g‘lim vannada, hozir chiqadi», deb Halimjonni ichkariga taklif qildi. Halimjon ostona hatlab o‘tishi bilan eshik qarsillab yopilib, shu onning o‘zida gaprdaniga to‘pponchaning sovuq og‘zi tiraldi-da «qimirlama!» degan qat’iy buyruq yangradi. Ro‘parasida to‘pponcha o‘qtalgan ikki yigit ko‘ringach, «diplomatni asta qo‘yib, qo‘lingni orqaga qil», degan buyruq berildi. Itoatkorlik bilan buyruq bajarilishi hamonoq Halimjonning bilaklariga kishan solindi. Shundan keyin yigitlar chekinishib, militsiya polkovnigi kiyimidagi o‘rta yashar kishi ko‘rindi. U qo‘llarini orqasiga qilganicha asta yurib kelib Halimjonning ro‘parasida to‘xtadi-da, go‘yo uning yuzlariga nimalardir yozib qo‘yilgan-u, shu yozuvlarni o‘qiyotganday obdon tikildi. Gardaniga to‘pponcha tiralganida «tuzoqqa ilinganiga» ishongan Halimjon polkovnikni ko‘rgach «Hayriyat, o‘zimizniki ekan», deb yengil nafas oldi. Uning tikilishida yomonlik ko‘rmay o‘zini yengil tutdi. Lekin kutilmaganda qornidan musht yeb bukchaydi. Keyin gardaniga tushgan to‘pponcha dastasining zarbidan hushini yo‘qotdi. Xushiga kelganida o‘zini keng xonada ko‘rdi. Uni deraza ostidagi qovurg‘asimon po‘lat isitgichga suyab qo‘yishgan edi. O‘rtadagi stol ustida diplomat turibdi. Polkovnik to‘rga o‘tirib olgan, yonida esa eshikni ochgan kampir bilan yana bir yoshroq juvon turishardi. — Ana, botir janoblari o‘zlariga keldilar, — dedi polkovnik piching bilan. So‘ng yonidagilarga qarab olgach, gapini davom ettirdi: — Leytenant, guvohlar huzurida yozib qo‘ying: qo‘lga olish paytida qarshilik ko‘rsatdi, qochmoqchi bo‘ldi. Shunaqa, a? — ayollar polkovnikning bu savoliga javoban ishonchsiz ravishda bosh irg‘ab qo‘yishdi. — Ana endi qulfning raqamlarini ayt, janob Kozlovga qanday sovg‘a olib kelganingni ko‘raylik. — Men bilmayman, — dedi Halimjon. — Kozlovning o‘zi bilarkan. — Kozlov bilarkanmi? Qani o‘sha Kozel? Sen Kozlov bilan oxirgi marta qachon va qaerda uchrashgan eding? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling