Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


  Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik  www.ziyouz.com


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet192/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

2 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
192
Zohid Said Qodirovning bu safargi yo‘qlovidan asosiy maqsadni durust anglamadi. U 
odatdagiday Mirkarimovning o‘limi asadbeklar to‘dasiga bog‘lanyaptimi yo yo‘qmi, deb 
qiziqdi. Zohid gumonlarning biri zaif bo‘lsa-da, hamon shu to‘daga bog‘lanib turganini 
ayt- di-yu, biroq yangi tug‘ilgan shubhalarini bayon qilib o‘tirmadi. 
— Mahmud Ehsonovning o‘limidan keyin to‘dada biron o‘zgarish sezilmayaptimi, mish-
mishlar nima deydi? 
Zohid Said Qodirovning bu ilmoqli savoliga darrov javob bermadi. «Meni mish-mish 
yig‘ib yuradi», deb eshituvdingizmi, demoqchi ham bo‘ldi-yu, tilini tiydi-da: 
— Asadbeklar bilan shug‘ullanmay qo‘yganman, — deb qo‘ya qoldi. 
— To‘da ichida qora mushuk g‘imirlab yurganga o‘xshaydi, — dedi Said Qodirov xuddi 
o‘ziga-o‘zi gapirayotganday. So‘ng «Nahot qiziqmay qo‘ydingiz?» degan savol nazari 
bilan qaradi-da, gapini davom etdi: — «KamAZ»ning haydovchisidan foyda yo‘qqa 
o‘xshab turibdi. Boshi katta, bo‘yi kalta odam esa izsiz yo‘qolgan. Mirodil Boyqo‘ziev 
deganini eshitganmisiz? 
— Yo‘q. 
— Uning xotini militsiyaga arz qilgan: eri yo‘qolibdi. Ehsonovning janozasidan keyin uni 
hech kim ko‘rmagan. Hozircha tirik odamlar orasidan qidirish-yapti. Bugun umid bor... 
bilmadim... ertaga balki qab-ristonlardan izlashga to‘g‘ri kelar... Ularning orasidan yana 
kimlar yo‘qolayotgan ekan... 
Said Qodirov aslida shu savolga javob topish maqsadida Zohidni yo‘qlagan edi. Doimiy 
ravishda ma’lumot yetkazib turuvchi Halimjonning to‘satdan yo‘qolib qolishi uni 
xavotirga sola boshlagan, ehtiyot chorasi sifatida Xalimjonning oilasini boshqa joyga 
ko‘chirtirgach, «biron gap eshitgandir», degan umidda Zohidni chaqirgandi. Chaqirishga 
chaqirdi-yu, «to‘dadagi odamimiz yo‘qoldi, surishtiring» demadi. Xalimjonni oshkor 
etishga hali fursat bor, deb o‘ylab, suhbatini chuchmal tarzda yakunladi. Zohid mana 
shundan ajablandi. 
Moskvadan javob keldimikin, degan ilinjda shahar prokuraturasidagi xonasiga kirdi. U 
Oysanam Erkaeva bilan akasining ko‘rsatmalaridan shubhalanib Moskvaga so‘rov 
yuborgan, Mirkarimov yo‘qolgan kecha bolalarga qanday multfilm ko‘rsatilganini aniqlab 
berishlarini iltimos qilgan edi. Bundan avvalroq shahar elektr tarmoqlari idorasi bilan 
bog‘lanib, o‘sha kech Mirkarimovning mahallasida elektr quvvati o‘chirib qo‘yilgan yoki 
o‘chirilmaganini surishtirgan edi. Shaharni elektr quvvati bilan ta’minlashda qiyinchilik 
mavjud bo‘lgani sababli mahallalarda navbatma-navbat chiroq o‘chirib qo‘yilardi. O‘sha 
hafta Mirkarimovning mahallasida chiroq o‘chirilmagani haqidagi ma’lumot Zohiddagi 
bitta shubhani yo‘qqa chiqardi. Ikkinchi shubhaning isboti Moskvadan kelajak 
ma’lumotga bog‘liq edi. 
Zohidning sezgisi aldamabdi: Moskvadan xabar kelibdi. Unda yozilishicha, o‘sha kech 
rasmiy majlisdagi Gorbachevning ma’ruzasi kutilgandan ko‘proq cho‘zilgani sababli 
bolalar uchun ertak ko‘rsatuvi umuman efirga chiqmagan, multfilm ham 
ko‘rsatilmagan... «Bu yog‘i qandoq bo‘ldi», — deb o‘yladi Zohid, — shuncha paytdan beri 
Erkaeva to‘qigan ertakka ishonib yurildimi? Endi... hammasini boshidan boshlash 
kerakmi?..» 
Zohid ishni qanday davom ettirishni o‘ylay-o‘ylay birinchi galda Oysanam yashayotgan 
uyni kuzatish kerak, degan qarorga keldi. Shu qarori bilan rahbariyat huzuriga kirib, 
ijozat oldi. Yaqin kunlarda Mirkarimovning uyida tintuv o‘tkazish niyatini esa oshkor 
etmadi. Uyni kuzatish bo‘yicha militsiya idorasi bilan bo‘ladigan rasmiyatchiliklarni 
bajargach, Zaripova bilan uchrashish uchun shahar turmasiga bordi. 
Zaripova — chiroyda Oysanamdan qolishmaydigan xushro‘y ayol — so‘roq xonasiga kirib 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling