Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet200/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
200
deb ovoza qilavering. 
— Siz... olmaysizmi? 
Ovoza qilaveringchi, odamlar kelib ko‘rishsin, baholashsin. Oxirgi qarorga 
kelishingizdan oldin menga xabar berarsiz. 
Asadbek «maslahat yakuniga yetdi, qani, duo qiling», degan ma’noda qo‘llarini fotihaga 
ochdi. 
Asadbekning qaytishini kutib nonushta qilishmagan ekan. Barchalarining jam bo‘lib 
o‘tirishlari, ayniqsa Abduhamidning tetiklashib, ishtahaga kirayotganidan Asadbekning 
ko‘ngli ravshanlashdi. Dasturxon atrofida to‘yga taalluqli ayrim gaplarni ham gaplashib 
olishdi. 
Kelinlar dasturxonni yig‘ishtirishayotganda Asadbek ikki kunga Tblisiga borib kelajagini 
ma’lum qilib, Manzurani hayron qoldirdi. 
— Voy o‘lmasam, — dedi Manzura hayratini yashirmay. — To‘yni o‘tqazib, keyin bora 
qolmaysizmi? 
— Sulikoning bobosini borib aytmasam bo‘lmaydi. To‘yning tashvishini qilmay qo‘yaver, 
hammasi tayyor. Samad bilan billalashib to‘yga aytib chiqsang bo‘ldi. Hamidga ish 
buyurma, damini olsin. O‘zing hadeb u-bu deb tashvishlanaverma. Meniyam yuragimni 
siqaverma. To‘y bir kunda o‘tib ketadigan narsa. O‘zimizning to‘yimiz esingdami? 
ZAGSga yangang bilan birga tramvayda kelgan eding. Taksida kuzatib qo‘yganimga 
hayron bo‘luvdilaring.
Eslamay bo‘ladimi? Ayniqsa kelinposhshaning taksida qaytishi qo‘ni-qo‘shni, qarindosh-
urug‘ orasida gap-so‘z bo‘luvdi. Birovlar «taksida kuztgan bo‘lsa, kuyovning topar-tutari 
yaxshi ekan», deb ozgina g‘ayirlik ham qilishgan edi. Kuyovning topar-tutari nimadan 
iborat ekanini u paytda hech kim bilmasdi... 
Bitta sandiq, to‘rtta ko‘rpa bilan kelin bo‘lib tushuvding. Mebeling yo‘q ekan, deb 
haydaganim yo‘q- ku? — dedi Asadbek tegishib. 
— Voy, adasi u paytda mebel degan narsa yo‘q edi,— dedi Manzura o‘zini oqlab. Uning 
soddaligidan Asadbek kuldi. 
— Shuni aytaman-da. Mebel-gilamsiz ham to‘ylar bo‘lardi, kelin-kuyovlar rohatlanib 
yashashardi. Endi taraq-turuqlar ko‘payib ketdi. Qo‘yib bersang ertaga kelin-bilan 
kuyovni filga o‘tkazib ZAGSga olib borish kerak, degan gap chiqarishadi. Bu ham bir 
oliftagarchilik-da. 
— Ming urinsangiz ham odamlar to‘ydan bir kamchilik topib gap qilishadi. 
Shuni bilarkansan, hadeb tirishaverma. Dabdabani o‘ylama. 
Asadbek shunday degach, telefon go‘shagini ko‘tarib, raqamlarni terdi. Erining bu 
harakatidan «qarorimni muhokama qilishning hojati yo‘q», degan ma’noni uqqan 
Manzura sekin o‘rnidan turdi.
Telefonda Bo‘tqaning ovozini tanigan Asadbek salom-alik qilmayoq buyurdi: 
— Bugun Tblisiga uchaman, tayyorgarlik ko‘rib qo‘y. 
Bo‘tqa «tayyorgarlik ko‘rish»ni o‘zicha tushunib: 
— Men ham birga boramanmi? — deb so‘radi.
— Senga nima bor? — dedi Asadbek qo‘rslik bilan.— Sen hozir aeroportga bor. 
Asadbek bu ishni Jamshidga topshirsa ham bo‘lardi. Yoki hech kimga indamay yo‘lga 
otlanishi ham mumkin edi. Uning aynan Bo‘tqaga vazifa topshirishi bejiz emasdi. 
Asadbek undan gumonsiramas, lekin Kesakpolvon surishtirguday bo‘lsa gap 
yashirolmasligini aniq bilardi. Bo‘tqa Asadbekni yoqtirmagani yoki unga nisbatan 
hiyonati uchun emas, xojalariga sadoqati tufayli ham shunday qilardi. Agar Bo‘tqa biron 
masalada Kesakpolvonga hisob berib bo‘lgach, Asadbek tomonidan so‘roqqa tutilsa, 
yangi xo‘jayini haqida bilganlarini yashirmay aytishi aniq edi. Bu odatini u «gap tashish» 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling