Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet196/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
196
yomonotliqqa chiqib bo‘lardi. Xotinlarning bu qiliqlari ma’lumligi uchun Zohid «Zaripova 
Mirkarimovning o‘ynashi», degan yozuvini qora to‘rtburchak chiziq orasiga olib qo‘ygan 
edi. Shu bois ham «uyingizdagi begona erkakni ayting», deb qiyin-qistovga olmadi. 
«Agar mening samimiyatimga ishonsa, ertami-kechmi, o‘zi aytadi», degan ishonch bilan 
boshqa narsalarni so‘rayotgan edi. 
— «Bunaqa erkak kimga kerak?» deganimda faqat sizni nazarda tutganim yo‘q. 
Mirkarimov «ayollarga mening boyligim kerak, pulsiz erkakning kimga keragi bor?» deb 
o‘ylagan bo‘lishi mumkinmi? 
Bu savolni eshitib, Zaripova «Voy Xudoyim-ey», deb xo‘rsinib qo‘ydi. Keyin boshini 
ko‘tarmagan tarzda, xuddi o‘ziga-o‘zi gapirayotganday dedi: 
— Nima uchun hamma narsani boylik bilan o‘lchaymiz? Boylikdan boshqa o‘lchov yo‘qmi 
bu dunyoda? Bir sidra kiyim-kechak, kunlik yeyish uchun bir burda noni bilan odamning 
baxtli bo‘lishi mumkinmasmi? Bo‘yni tilla zanjir ko‘rmagan ayollar baxtsizmi? Qo‘sha-
qo‘sha tilla bilakuzuk taqib yurganlarning hammasi baxtlimi? 
Zaripova yana xo‘rsinib, jimib qoldi. Uning xasratli gaplari Zohidga ma’qul kelgani bilan 
suhbatni bu mavzuda davom ettirishni istamadi. Boshqa joyda, ayblanuvchi va ayblovchi 
martabasida emas, ikki ozod inson sifatida ko‘rishishganida balki hayot falsafasi 
xususida uzoq suhbatlashgan, ayolning ma’noli fikr-laridan bahra olgan bo‘lardi. Alhol... 
ayol tutqun. Uning dardli falsafasi ham tutqun. 
Bunday paytlarda tergovchi — Zohid bilan in- son — Zohid o‘rtasidan farq chizig‘i 
o‘tishi natijasida inson — Zohid qalbida uyg‘ongan mehr-shafqat yo‘li to‘silib, u rasmiy 
muomala qiluvchi, qonunning qattiqqo‘l himoyachisiga aylanishga majbur bo‘lardi. 
O‘zidagi ikki xil bu ko‘rinishdan qiynalib ustoziga noliganida mayor Soliev «Kasbimizning 
eng nozik tomoni ham shu. Jinoyatchining oh-vohiga quloq solib, rahming kelsa, unga 
shafqat ko‘zi bilan qarasang undan jabr ko‘rgan odamga xiyonat qilgan bo‘lasan», degan 
edi. 
Zohid «Zaripova yana gapirarmikin?», degan xayolda sabr qildi. Ayol bosh egib jim 
o‘tiravergach, so‘roqni davom ettirdi: 
— Siz Oysanam Erkaevani tanisangiz kerak. U bilan hech ro‘para kelganmisiz? 
Bu savoldan keyin Zaripova boshini ko‘tardi: 
— Ro‘para kelib, er talashib, yulishganmisizlar, demoqchimisiz? Yo‘q, bunaqa bo‘lmagan. 
Men Mavlon akaning birinchi xotinlari bilan ko‘rishib turardim. 
Bunisi Zohid uchun yangilik bo‘ldi. Sobiq xotin bilan xotin bo‘lish orzusidagi ayol orasida 
qanday yaqinlik bo‘lishi mumkin? Sobiq va bo‘lajak xotinlarning Oysanam Erkaevaga 
qarshi ittifoqimi bu? Zohid xayoliga kelgan bu savolni tiliga ko‘chirmay, boshqacharoq 
qilib so‘radi: 
— Qanaqasiga? 
— Men oldingi tergovchiga aytganman, Mavlon akaning katta qizlari bizda o‘qirdi. Anavi 
qog‘ozlaringizga yozilmabdimi? Mavlon aka bilan shu qiz o‘qishga kirayotganida 
tanishganmiz. Ajrashib ketgan bo‘lsalar ham bolalaridan xabar olib turardilar. 
— Buni Erkaeva bilarmidi? 
— Bilmasa kerak. 
— Bilsa... g‘ayirligi kelarmidi, janjal ko‘tararmidi? 
— Buni o‘zidan so‘raysiz. 
— Birinchi xotin... albatta alamzada bo‘ladi, kundoshi haqida nima derdi? 
— Biz g‘iybat qiladigan darajada yaqin emasdik. Keyin... u xotindan shubha qilmang, 
iltimos. U farishtadek sabrli, pokiza ayol. Ochig‘ini aytsam, shunday xotinni xo‘rlagani 
uchun Mavlon akadan ba’zan nafratlanib ketardim. «Seni yaxshi ko‘raman», deganlariga 
ishongim kelmay qolardi. Agar yaxshi ko‘rish kerak bo‘lsa, erkak odam «uyim-joyim, 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling