Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
199 ko‘ngli to‘lib qaytdi. XVI b o b 1 Asadbek o‘g‘li Abdusamad bilan tong qorong‘usida yo‘lga chiqib, Kozlovning oilasidan xabar olib qaytganda maydalab yomg‘ir yog‘ayotgan edi. Abdusamad mashinani darvozaga to‘g‘rilab to‘xtatishi bilan qo‘shni eshik ochilib, Qamariddin chiqib keldi-da, Asadbek bilan ko‘rishib, uyiga taklif qildi: — Bir piyola choyimiz bor edi, — dedi u iltijoli ohangda. Asadbekning bu kunga mo‘ljallagan ishlari ko‘p edi, shu sababli iltimosni rad etdi. Qamariddin yana bir yalingach, «atay kutayotgan ekan, gapi zarurdir», degan fikrda unga ergashdi. Chol-kampirga mo‘ljallangan xonadonga dasturxon usti shoxona bo‘lmasa-da, qo‘l uchida kun ko‘ruvchi xonadonga xos ravishda tuzalgan edi. Shoshib kirib, shoshib chiqib ketish mensimaslik alomati sifatida qabul qilinajagini bilgan Asadbek hurmati uchun sindirilgan patirdan bir chimdim ushatib oldi. Achchiq choydan uch-to‘rt ho‘plagach, vaqti ziq ekanini pisanda qildi. Ana shunda Qamariddin ozgina hijolat, undan sal ko‘proq qo‘rqish holatida chaqiruvdan maqsadini bayon qildi. — Qo‘shni bo‘lganimizdan beri sizdan ko‘p yaxshiliklar ko‘rdik, baraka toping, ota- onangizni Xudo rahmat qilsin, jannatlardan joy bersin, — Qamariddin gapni duo bilan boshladi-yu, maqsadga yaqinlashganda tilning aylanishi qiyinlashdi. — Qamar aka, nima gapingiz bo‘lsa aytavering, orada hijolatlik yo‘q,— deb Asadbek unga dalda ber- di. — U kungi gaplarni maslahat qiluvdik. Maslahat shu bo‘ldiki... hovli-joyni sotish zarurati bor ekan. O‘g‘limning ham avtobazadan bo‘shagisi yo‘q, bir nima deyishga hayronman, boshim qotib qoldi. Qariganda ota-bolaning gapi to‘g‘ri kelmasa qiyin ekan, — Qamariddin shunday deb og‘ir dard azobida to‘lg‘anayotgan odam kabi xo‘rsinib qo‘ydi. Asadbek qo‘shnisining bunday be’mani xulosaga kelishini sira kutmagan edi. Shu paytga qadar undan marhamat ko‘rganlar hamisha ta’zimda bo‘lganlar. «O‘la-o‘lgunimcha qulingizman», deydiganlar ham uchrab turardi. Asadbek ularning qulliklariga muhtoj bo‘lmasa-da, ana shunday minnatdorchiliklarga o‘rganib qolgan edi. Qilajak yaxshiligi uchun bu qo‘shnisidan qullikni talab qilmovdi. Xo‘rsinib, qarashga botinolmay boshini xam qilgan Qamariddinga tikilgan Asadbekning qoni qaynadi: «Bu gaplar o‘zining kallasidan chiqdimi yo biron ahmoqdan aql o‘rgandimi? Bundaqalarga yaxshilik qilaman, deganning o‘zi ahmoq. Battar bo‘l!» — Asadbek shu g‘azab bilan o‘rnidan turib ketmoqchi bo‘ldi-yu, g‘arib holida o‘tirgan qo‘shnisiga rahmi kelib, o‘zini o‘zi bosdi. Bu safar rahm g‘azabni yengib, bosiq va mehrli ovozda dedi: — Bu bollar siz ko‘rgan qiyinchilik-azoblarni ko‘rishmagan. Shuning uchun uyni sotish — og‘izlarining bir chekkasidan chiqib ketaveradi. Siz o‘zingizni siqmang. Men «soting», desamu siz «yo‘q» desangiz hijolat bo‘lsangiz yarashardi. Ko‘ngilga qarab ishingizni qilavering. O‘g‘lingiz ham istaganidan qolmasin. Siz bilan biz yaxshi qo‘shni edik. Xudo xohlasa yaqinligimiz uzilmaydi. Men uy masalasida bir-ikki odamga tayinlab qo‘yganman. Chaqirib «navbatingiz keldi», desa ajablanmay, tortinmay olavering. — Rahmat, baraka toping. — Bu mening xizmatim emas, uy olishga xappai-halol haqqingiz bor. Siz «uy sotiladi», |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling