Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
207 chol rozilik berganday bo‘ldi, ammo shaharda ikki kunga ham chiday olmadi. Qishloqdagi qabristonda yotgan ajdodlarini, xotinini, nabiralarining onasi bo‘lmish kelinini yolg‘iz qoldirolmasligini aytgach, Suliko ham, Iliko ham noiloj qolishdi, bobolarini shaharga ko‘chirish haqida boshqa so‘z ochishmadi. Chol chetan devor bilan o‘ralgan hovlisiga taqalgan yo‘l tomon bir-ikki qadam qo‘yib, to‘xtadi. Keyin yana cho‘qqiga tikilganicha, xuddi o‘ziga o‘zi gapirganday dedi: — «Uning issiq ko‘z yoshlarin hayvonlar yalar yo‘lda, Olov esa to‘xtamayin avj oladi ko‘ngilda...» Chol yana sukut qildi-da, so‘ng Asadbekka qarab «Bu— Rustaveli!» deb qo‘ydi. Keyin uning bilagidan ushladi. — Iliko «akam kasaldan o‘ldi», deydi, men bu gapga ishonmayman. Bizning urug‘dagi erkaklarning hech qaysisi ellik yoshida kasallik bilan o‘lmagan. To‘satdan ham jon bermagan. O‘lim bilan olisha-olisha ke-yin o‘lishgan. Ayb menda... Men bularni shaharga qo‘yvormasligim kerak edi. Bularni shaharga boylik ishqi chaqirgan, deb yursam o‘lim yetaklab ketgan ekan. Sen gruzinmisan, o‘zbekmisan, musulmonmisan yo nasroniymisan — farqi yo‘q, boylikka qo‘yilgan ko‘ngilning oqibat ishi shu bo‘ladi. Mana bu tosh kulbaga qara: ota-bobolarim shu uyda tug‘ilishib, shunda yashashgan, mening kindik qonim ham shunda to‘kildi. Vano ham, uning o‘g‘illari ham shu uyda tug‘ilganlar. Biz siqqan bu uyga nima uchun Suliko bilan Iliko sig‘ishmaydi?— Chol «men savol berdim, sen javob qaytarmaysanmi?» deganday tin oldi. Bu savolga cholning o‘zi ham javob topa olmagach, Asadbek nima desin? Alhol chol mehmondan so‘z kutmayotgan, ichidagi g‘alayonni bosmoqqa urinayotgan edi. — Bir odamning yashashi uchun nima kerak? Oz, juda oz narsa kerak. Sen bularning Kutaisidagi uylarini ko‘rgansan. Mana shu tog‘larni uch xonali uyga almashishdi-ya! O‘sha uylarga qalashtirgan lash-lushlarini mana bu archalardan afzal ko‘rishdi. Men ularning qalblariga boylik urug‘ini ekmagan edim, bilmadim, boylikka qanday ishqlari tushdi? Men qachondir g‘aflatda qolganman. Ha, g‘aflatdan bo‘ldi bu, — chol chuqur xo‘rsindi. — Hazrat Iyso deydiki, «Dengiz to‘lqini ustiga kim uy qura oladi? Bu dunyo hayoti shuning o‘zidir? Uni abadiy qarorgoh qilaman, deb o‘ylamang». Suliko shunday o‘ylagan edi. Ilikoning fikri ham shu. Sen ularning do‘stisan, demak, sening turush-turmushing ham shu. Qarorgohlaring cho‘kajagini bilmaysanlarmi? Chol «bu savolimga javob bermoqqa majbursan!» deganday Asadbekka tikildi. U ilgari ham ko‘p gapirardi. Dono gaplarni bir-biriga ulab ketishga usta edi. O‘rtaga savol tashlab, javobni begona qilmas edi. Donoligidan o‘zi ham zavqlanardi, ko‘zlarida olov yonar-di. Hozir zavq ham, olov ham yo‘q. Siniqlik bor. Asadbek «Sulikoning o‘limi oqsoqolni sindiribdi», deb o‘yladi, uning atrofida soyadek ilashib yurgan o‘lim sharpasini esa sezmadi. — Qarorgohlaring cho‘kishini bilmaysanmi? — deb savolini takrorladi chol. Asadbek, uning nigohiga dosh berolmay, ko‘zlarini olib qochdi. Qarorgohi cho‘kajagini nega bilmasin, biladi. Faqat qaerda, qachon cho‘kishigina unga noma’lum xolos. Oqibat cho‘kishini bilsa-da, «balki omon qolarman», deb umid qilaveradi. Chol savolini takrorlaganda Asadbek Muhiddin otaning ovozini eshitganday bo‘ldi. Yo‘q, ovoz uniki emas, otasiniki edi... Agar bir mo‘’jiza bo‘lib, otasi tirilib kelsa, shunday deb so‘rardi... Shuni o‘ylab Asadbekning vujudini yengil titroq kesib o‘tdi. Chol astoydil javob kutayotgan edi. — Cho‘kish har bir odamning peshonasida bor, — dedi Asadbek horg‘in holda. — Barcha bir xilda cho‘kmaydi. Sulikoning cho‘kishi boshqacha bo‘ldi-ku? Ilikoga ayt, endi esini yig‘ib olsin. «Ey Muso, oxiratingni unutadigan tarzda dunyo sevgisiga mayl |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling