Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
210 qildiraman. Far-qi bormi? Sen xizmatga loyiq ko‘rayotgan ment qamalmasdan avval nega kelmadi? Qamalib, shiltasi chiqib ketgandan keyin aqli kiribdimi? Sen shunga ishon-yapsanmi? Ichimizga kirib olish uchun qilinayotgan nayrang bo‘lsa-chi? — Men ham shuni o‘yladim. — O‘ylaganing yo‘q, o‘ylaganingda menga aytmas eding. MUR*dagi Rushaylo xizmatimizni qiladigan bo‘ldi, desang ishonardim o‘ylab ish qilishingga, — Xongirey shunday deb mulozimining tizzasiga yana sigaret kulini to‘kdi. Mamatbey xo‘jayinining hovuri pasayishini kutganday sabr qilib, so‘ng so‘radi: — Bola nima qilsin? — Ment bilan birga bo‘lganning qismati bir: endi uning yashashga haqqi yo‘q. — Balki... — Nima, «balki»? Qonunni o‘zgartirmoqchimisan? Gapir! — Qonun o‘zgarmaydi. Joyiga qaytarib qo‘ya qolaylik. Tinchisa o‘sha yerda tinchiydi. Lager teletaypiga qo‘yamiz. — Mujmallik qilma. — Krasnoyardagi ish yaxshi bo‘ldi. Lekin u yerdagilarga yana bitta va’damiz bor. — Qanaqa va’da? — Biz ularga ikkita kurer ro‘para qilishimiz kerak edi. — Buni bilaman. Lekin ketma-ket yuboriladi, de-yilmagan. Orada o‘zimiz ham ish qilib olishimiz kerak. — Ishni boshladik. Hozir Krasnoyarda bizga hech qanday qarshilik yo‘q. Mentlar va’dada turishibdi. — Ularga qattiq ishonvorma. Ehtiyot bo‘l. Molni faqat Haydar orqali yubor. Ketsa o‘sha ketsin, bu tomonlarga kavlab kelishmasin. Haydarning yurish-turishi qanaqa? — Siz o‘ylaganday. Selimga toqati yo‘q, lekin sir boy bermayapti. Faqat... Asadbek bilan munosabatiga tushunish qiyin. Asadbekning osongina chetga chiqishi menga yoqmayapti. — Bek aqlli odam, o‘g‘illarini o‘ylaydi, bolalarining garovda ekanini yaxshi biladi. Lekin... payt poylaydi. Indamay ketaversa men uni aqlli demas edim. Lekin... aqlli odamning uzoq yashashi ham durust emas. Shuni Haydarga yaxshilab tushuntirib qo‘y. Bu yog‘ini o‘zi eplasin, eplolmasa Selimga qo‘yib bersin, unga shunday de, — Xongirey sigaret qoldig‘ini unga uzatdi-da, o‘rnidan turib kerishdi. Mamatbey tizzasidagi kulni ehtiyotlik bilan kaftiga olib kuldonga tashladi. — Haydar ta’ziyaga kelmoqchi edi, joyingda o‘tiraver, dedim. Fotihaga kelib-ketishmasa tinchishmaydi, ularning odati shunaqa. — Odatini uyida qilaversin. Aytib qo‘y: bu tomonlarda umuman o‘ralashmasin. Kerak bo‘lsa o‘zim chaqiraman. Sen esa bugun meni Markaziy bankdagi odam bilan uchrashtirasan. Ishni cho‘zib yubordi. Uni «Lebedinaya pesnya»ga olib bor. — U yer uncha to‘g‘ri kelmas deyman. «Pekin»*ga ta-yinlab qo‘ysak-chi? — Yo‘q. Begona ko‘zlardan xoliroq bo‘lsin. Mamatbey boshqa e’tiroz bildirmadi. Telefonda kim bilandir gaplashdi-da, Xongireyga qarab yelka qisdi. — Bugun iloji yo‘q ekan, xotinining tug‘ilgan kuni emish. — Shunaqami? — Xongireyning ko‘zlarida cho‘g‘ yaltilladi. — Qaerda nishonlar ekan, bilchi, balki bizni ham taklif qilar, a? Shunday tantanadan quruq qolmaylik. Mamatbey xo‘jayinining xayolida bir reja tug‘ilganini fahmladi. Xongirey keyingi paytlarda omadi yurishayotganidan quvonib, qadamni yanada kattaroq tashlashni mo‘ljallayotgan edi. Xongirey «Shaxsiy bank ochmoqchiman, nomi «Girey xon» bo‘ladi», deganida Mamatbey «Knyaz, bank ishonchsiz narsa», deb ajablangan edi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling