Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
218 — Ha, bilarkansiz, Shomiljon. — Namuncha lattachaynarsan! — Kesakpolvon achchiqlanib, qo‘lidagi piyolani stol ustiga tashladi: — falonchi boyvachcha, pistonchijon... boyvachchang bilan joning chiqqan joyiga kirib ketgan, eshitmovdingmi? — Uzunquloq gaplarni sal-pal eshitganday bo‘luvdim. — Eshitganday bo‘luvdingmi, a? Zo‘rsan-ku? Cho‘tal-chi, kimga beryapsan? — Hech kimga. Atalganga xiyonat qilmay to‘plab qo‘yganman. — Tuzuksan. To‘plaganlaringni kechga qolmay anavi akangga olib kelib berasan, — Kesakpolvon shunday deb eshik tomonda turgan Qozini ko‘rsatdi. — Bu g‘ilayga o‘xshagan gadoy emas, cho‘tal ber, deb oldingga bormaydi. Vaqtida o‘zing kelib turasan. — Xo‘p bo‘ladi, shunday qilganim aslida durust. — Yangi uyni kimdan sotib olganingni bilasanmi? — Bir beva ekan, eri qamoqda o‘libdi... — O‘sha qamoqda o‘lgan bizning odamimiz edi. Sen ko‘chib kirmoqchi bo‘lgan uyni Bek akang qurdirayotuvdi. Sen uni zo‘rlab olibsan! — Astag‘firulloh! Xudo saqlasin, unday emas. — Bir ish qilsang, seni Xudo saqlaydi. Bo‘lmasam cho‘tal bergan akalaring bilan achomlashib yotasan. — Nima qilay, ayting. — Uyning xat-hujjatlarini to‘g‘irladingmi? — Hali to‘la bo‘lgani yo‘q. — Gap shu: uy egasida qoladi. Ularni shu hafta ichi o‘zing ko‘chirib qo‘yasan. Ha, yaxshi niyat bilan eski uyni buzib, yangisini qurishni boshlabsan, a? Endi, xo‘ja, savob qilsang butun qil, shu ishni o‘zing oxiriga yetkazib qo‘y, Bek akangni bi-ir quvontirgin... Ha, agar anavi beva xotin g‘idi-bidi qilsa, Sharif akaxonimdan qarzim bor edi, deysanmi, xullas, bir nima deb tinchitasan. Xo‘sh, nega jim qolding, ish pishdimi? Ma’murxo‘ja ichidan qirindi o‘tayotgan bo‘lsa-da, jilmayishga harakat qilib: — Pishdi, akaxon, pishdi, — dedi. — Qani, men bilan ellikta-ellikta olasanmi? — Siz bilan olish biz uchun baxt akaxon, lekin jigarning sal mazasi qochgan, parhezdamiz. — Jigardan qo‘rqma, ishdan chiqsa yangisini qo‘ydirib beraman. Parhezman, deb yurib yana hez bo‘lib qolmagin. Kesakpolvon bo‘sh piyolaga aroq quydi-yu, lekin uzatmay «ol!» degan ma’noda imo qildi. Ma’murxo‘ja bu marhamatdan iyib ketganday qulluq qildi-da, bir ko‘tarishda piyolani bo‘shatdi. Gazak taklif qilinmagani uchun labini chapillatib qo‘ya qoldi. — Ha, o‘g‘il bola! — dedi Kesakpolvon uni erkalaganday. Ma’murxo‘ja hozir hovli-joyini shu bir piyola aroqqa almashganday edi. Agar shayton yo‘ldan urib shu fikrini Kesakpolvonga aytsami, u shubhasiz «Yo‘q, akasi jonidan, sen uyni o‘zingning, bola-chaqangning joni evaziga beryapsan», degan bo‘lardi. Kesakpolvon o‘ljasining vujudini qanday g‘am-alam kuydirayotganini bilib turardi. Uning tilidan kamdan-kam hollarda «Xudoga shukr» degan kalima uchardi. Agar ko‘nglida Yaratganga shukronalik tug‘ilsa, birinchi galda bergan boyligi uchun emas, balki bu dunyoda qo‘rqoqlarni yaratgani uchun aytish kerak edi. Qo‘rqib-qo‘rqib to‘plangan boylik qushi qo‘rquv tufayli qo‘ldan uchardi. — Endi sen boraver, — deb marhamat qildi Kesakpolvon. — Moldan ayrildim, deb iching ketmasin. Bola-chaqangning bosh-ko‘zidan sadaqa. Sadaqa qilib turish kerak-ku, to‘g‘rimi? — Achingan nomard, akaxon, menga buyurmagan ekan, egasiga buyursin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling