Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet217/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
217
O‘zbeklarda salom-alikdan keyin «hormanglar», deb qo‘yish fazilati borligini unutgan 
Kesakpolvon u bilan qo‘l uchida, mensimagan tarzda ko‘rishib: 
— Ha, ishlar ketyaptimi? — deb so‘radi. 
— Ollohimga shukr, kam qilmayapti, — notanish mehmonning qo‘rsligidan ko‘ngli 
og‘risa-da, usta sir boy bermay jilmayib qo‘ydi. «Siz kimsiz, sizga nima kerak?» deb 
ham so‘ramadi. Uning o‘rniga Kesakpolvon so‘radi: 
— Bo‘yoqchimisiz? 
— Ha, uncha-muncha bo‘yab turamiz, asli kasbimiz naqqosh, ganchkor, Xudoga shukr
— dedi usta hilm bilan 
— Qanchaga kelishdilaring bu ishlarni? 
Bu savol ustani hayron qoldirdi. Odamlar uning ishini ko‘rib tahsin aytishardi-yu, ammo 
«qancha pul oldingiz?» deb so‘rashmas edi. Bu kishi esa ishni ko‘rmay turib puldan gap 
ochyapti, maqsadi nima ekan? 
— Xudoning rizqi-da, — dedi usta hilmlikdan chekinmay. — Taqsir, imorat quryaptilarmi
bizga lozim yumushlari bormi? 
— Hech qanaqa yumush yo‘q, — dedi Kesakpolvon sovuq ohangini o‘zgartirmay, — 
xo‘jayinlaring qaerda? 
— Xabarim yo‘q, taqsir, xizmatda bo‘lsalar ehtimol. 
— Hozir xizmatga borasizmi, uyigami, menga baribir, qaerda bo‘lsa ham toping. 
«Haydar akam kelib ketdilar, tez choyxonaga borar ekansiz», deb ayting. 
Tushundingizmi? 
— Tushundim, «qaysi choyxonaga ekan?» deb so‘rasalar-chi? 
— O‘zi biladi, — Kesakpolvon shunday deb iziga qayta boshladi. Darvozaxonaga 
yetganida «ovsarroq odam bo‘lsa bilmasligi ham mumkin» degan o‘yda to‘xtab, kuzatib 
kelayotgan ustaga qaradi: «Asadbek akang odamlar bilan gaplashadigan choyxonaga», 
desangiz o‘zi tushunadi. 
Sharif Namozovning uyini sotib olib, ko‘chib kelishga tayyorlanayotgan odam 
hayallamadi. Asadbek akasining choyxonasiga yo‘qlanayotganini eshitishi bilan yuragi 
taka-puka bo‘lib tezgina yetib keldi. U shaharning kunbotar tomonida shunday choyxona 
borligini, bunda aqlga sig‘mas ishlar bo‘lib turishini eshitgan, «bunaqa joyga duch 
kelishni dushmanimga ham ravo ko‘rmayman», deb yurardi. Chaqirilgan joyga yetib 
kelgunicha «Xudoga nima yomonlik qiluvdimki, meni bularga ro‘para qilyapti», deb 
o‘ylab bordi. O‘yladi-yu, savolga javob topa olmadi. Agar oshxonasidagi taomga tushishi 
lozim go‘shtning teng yarmi «urib» qolinishi, somsalarga kalla go‘shti tiqilishi, ba’zan esa 
tashlab yuborilishi shart bo‘lgan, qurtlagan jigarmi, boshqasimi, qiymalanib, ishlatib 
yuborilishini eslaganidami, savoliga javob topardi. Ukrainadan keltirilib, radiatsiya 
nurlanishi kuchli bo‘lgani sababli kuydirib tashlashga tayyorlangan go‘shtni arzon-garov 
sotib olib ishlatib yuborganini eslamasa ham boshqa qiliqlari tarozuning jazo pallasiga 
o‘tirishi uchun kifoya qilardi. 
Kesakpolvon ikki yonog‘i qip-qizil bu odamga tikilib qaradi-yu, tanimadi. Shuning uchun 
gapni oddiy savol-javobdan boshladi: 
— Oting nima, qaerda ishlaysan? 
— Otim Ma’murxo‘ja, kichkinagina oshxonam bor. 
— Shunaqa degin? O‘sha kichkinagina oshxonang qaerda? 
Ma’murxo‘ja tilga olgan joy Hosilboyvachcha ixtiyorida edi. Shu sababli Kesakpolvon 
unga savol nazari bilan boqdi: 
— Cho‘talni kimga berarding? Hosilgami? 
— Shunday, Hosilboyvachchaga, ammo o‘zlari emas, odamlari kelib turardi. 
— Kim, g‘ilaymi? 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling