Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet214/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
214
— Derazani yopib qo‘yaymi, sovqotyapsizmi? — deb so‘radi. 
Ayol «ha», demoqchi bo‘ldi-yu, ammo ovozi chiqmadi, bosh irg‘ab qo‘ya qoldi. Yigit 
derazani yopgach, ayolga yaqinlashdi. 
— Qahvangizni bering, o‘zim qaynataman. Xo‘jayin mening qahvamni yaxshi ko‘radi. 
Bu gapdan keyin ayol o‘lmasligini bilib, yengil tortdi. Biroq, sarosimadan qutula olmay 
ro‘parada turgan qahvani ko‘rmadi, tokchalarni timirskilab qidirdi. 
Xongirey yigiti tutgan qahvani olib ichayotib: 
Onaginam, endi ichkariga kirib jiyanlarimga qarang. Ovoz chiqarmay o‘tiringlar. 
Jiyanlarimga «oltin baliqcha» ertagini aytib bering. Teshik tog‘ora bilan qolish juda qiziq, 
a? 
Oradan yarim soat o‘tgach, eshik ochilib, avval gul ko‘targan Sharlotta, uning izidan esa 
eri kirib keldi. Juvon savatdagi gulni ko‘rib, eriga savol nazari bilan qaradi: 
— Mehmon bor shekilli? — dedi eri ichkariga imo qilib. 
Katta xonaga o‘tib, bemalol sigaret tutatib o‘tirgan Xongireyni ko‘rishdi-yu, bir-birlariga 
savol nazari bilan qarashdi. 
— Kechirasiz, bu uyda chekish mumkinmas, yosh bolalar bor. Erim ham balkonga chiqib 
chekadi, — dedi juvon ensasi qotganini yashirmay. 
— Avval salomlashish kerak, — dedi Xongirey pinagini buzmay. — Undan tashqari men 
sening ering emasman, shu yerda chekaveraman. Men sening o‘gay akang-man. Mening 
otam sening onangning birinchi o‘ynashi edi. 
— Nimalar deb valdirayapsiz, esingiz joyida- mi? — dedi ayol dag‘al ohangda. 
— Mening esim joyida, singilginam, ammo sening esing kirdi-chiqdi bo‘lib qolibdi. Sen 
qachon tug‘ilganingni unutib qo‘yibsan. Onaginam seni yigirma oltinchi iyunda tuqqan 
edilar, a? Mark Abramovich, xotiningizning pasportiga hech qaramaganmisiz? 
— Siz kimsiz, sizga nima kerak? — dedi Mark keskin ohangda. 
Savoliga javob o‘rniga xonada ikki yigit paydo bo‘lgach, qo‘polligidan afsuslandi. Xotini 
esa salkam talvasaga tusha boshladi. 
— Singilginam, ichkarida onang bilan bolalaring kutishyapti. Kichigingni bugun 
emizganmisan, yo emchakdan chiqqanmi? Sen o‘sha xonaga o‘ta qol. To‘xta, 
sumkachangni eringga berib ket. 
Juvon buyruqni bajarib, bolalari yotadigan xonaga o‘tdi. U yerda yig‘lamsiragan ovoz 
eshitildi-yu, tezgina tindi. 
— Mark Abramovich, kuyovim bo‘lganingiz uchun sizga yaxshilik qilmoqchiman: 
«Orxideya»ning sovg‘asiga uchmang. Qani, nima sovg‘a qilgan o‘zi? Yigitlardan biri 
Markning qo‘lidagi sumkachani olib, Xongireyga berdi. Xongirey uni ochib, ichidan tilla 
soat bilan yoqut ko‘zli uzukni oldi-da, chiroqqa tutib qaradi. — Past ketishibdi. 
Avstriyadan oqib keladigan pullar evaziga tuzukroq sovg‘a qilishsa ham bo‘lardi, — 
Xongirey shunday deb sovg‘alarni cho‘ntagiga solgach, sumkachani Markning 
oyoqlari tomonga tashladi. 
— Siz kimsiz? — dedi Mark bu safar tobelik bilan. 
— Kimligimni hali ham bilmadingmi? Qaynog‘ang-man. «Orxideya»ning ishi bilan 
o‘rtoqlar shug‘ulla- nishyapti. Kamida o‘n yilga uchib ketasan. 
— Men ularga hech qanday yordam qilganim yo‘q. Va’da ham bermaganman. 
— Lekin ziyofatini yeding. Sovg‘asini olding. Endi sen menga ayt: «Girey xon» bankining 
hujjatlarini nega bosib o‘tiribsan? 
— Bu faqat menga bog‘liq emas. Yana xo‘jayinlar ham bor. 
— Haqqini oldingmi? Bu yog‘i sening bosh og‘rig‘ing, kimlarga bog‘liqligi bilan ishim yo‘q. 
— Vaqt kerak. 
— Vaqtning boshini o‘zing yeb bo‘lding, kuyov. Endi bunday qilasan: ertadan qoldirmay 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling