Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet222/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
222
Qaysi bir majlisda kattamiz vazirimizni tik turg‘azib qo‘yib: «odamlarning osoyishtaligini 
ta’minlay olasizmi, jinoyatchiga «jinoyatchisan!» deb dadil ayta olasizmi?» deganmish. 
Ishimiz shu tomonga burilaversa sen bilan biz adolat nimaligini ko‘rarkanmiz. 
Bunday gaplarni Zohid ham eshitayotgandi. Ustozining gapidan uning ko‘ngliga ham 
umid quyoshi mo‘raladi. 
Soliev sal hovuridan tushgach, Zohidning ishlarini so‘rab-surishtirdi. Zohidning bayonini, 
taxminlarini eshitib, so‘z qo‘shmadi, savol bermadi. Oysanamning uyini kuzatayotgan 
xizmatchi bugun ertalab bir xabar yetkazgan edi. Zohid shuni aytganida Soliev picha 
o‘ylab qoldi-da, so‘ng so‘radi: 
— Kesakpolvonligi aniqmi? 
— Agar Haydar Asrorov Kesakpolvon bo‘lsa, o‘shaligi aniq. 
— Nimaga borishi mumkin? 
— Erkaeva juda go‘zal juvon. 
— Go‘zal bo‘lishi mumkin. Lekin o‘n olti yoshlilar bilan maishat qiladigan odam chiroyga 
emas, yoshga qaraydi,— Soliev yana ozgina o‘ylab, qo‘shib qo‘ydi: — Yana kim biladi, 
ko‘ngilning qoidasi yo‘q. Unda... zanjir yana Asadbek atrofida bog‘lanyaptimi? 
— Shunaqaga o‘xshaydi. 
— Unda yana «ishni yop!» deb buyruq berilmasmikin? Sen anavi kavkazliklar bilan keyin 
qiziqmading, a? Nima edi, Petrashvilimi? U Leningraddagi qamoqda o‘tirib buyurtma 
bo‘yicha odamlarni o‘ldirib beravergan. Kamida yettita qotillik o‘shaning bo‘ynida ketdi. 
O‘ylab topishganini qara, besh-olti soatga chiqarishadi, buyurtmani bajarib qaytgach
yana qamoqning sho‘rvasini ichib o‘tiraveradi. Meni hayron qoldirgan narsa — uning bu 
tomonlarga tashlanishi. Nega tashlashdi? Nega o‘ldirtirib yuborishdi? Ularning arzimagan 
ishga ko‘nishi ham taajjubli. 
Zohid «salomlashamanu chiqaman», degan va’da bilan kirgan edi. Hamshira eshikni 
ochib, «salomlashish» yarim soatdan oshganini aytgach, gapni uzishga to‘g‘ri keldi. 
Petrashvilining taqdiri hozirgi ishlarga aloqasiz bo‘lgani uchun Zohid u qadar e’tibor 
bermadi. Holbuki, Soliev bu voqeani bekorga eslamagan edi. «Surishtirib ko‘r, balki bu 
atrofdagi qamoqxonalarda ham shunaqa odam o‘ldirib beradiganlar bordir», demoqchi 
edi. Gapning tagidagi gap ma’nosini Zohid tushunmadi. 
2 
Daryo yoqasida turib, suv ostidagi qumning miqdorini aniqlash mumkinmi? Shunga 
o‘xshash, Zohid shaytanat olamini ko‘rib tursa-da, uning jinoyatlarini bo‘yniga qo‘yib 
isbot etmoqqa ojiz edi. Zohid ruhini azob iskanjasiga olayotgan ham aynan shu edi. 
Donishmand deb ekanki, «Ya Tangrim, sen mendan «huzurimga qanday amallar bilan 
kelding?» deb so‘raysanmi? Undan ko‘ra «Ey bandam, sen qilgan gunohlar mahshar 
maydoniga sig‘adimi?» deb so‘raganing ma’qulroqmasmi?» Aslida bu savolni iymon 
ko‘chasidan o‘tmayotgan bandalarining bermog‘i joiz. Afsuskim, ularning noqis 
xayollariga bunday hikmat kelmaydi. Kelganda edi, gunohlari evaziga olajak jazolaridan 
qo‘rqib, yaxshilik xulqini odat qilar edilar. Mahshar maydoniga sig‘movchi gunohlarni 
ko‘rib, bilib turgan Zohid ojizligidan siqilsa-da, bugun bo‘lmasa ertaga muddaosiga 
yetish niyati bilan yashardi. 
Mirkarimovning o‘limiga doir gumonlar zanjirining bir uchi Oysanamga, ikkinchisi 
Zaripovaga bog‘lanib turganida Kesakpolvonning paydo bo‘lib qolishi zanjirni asosan 
Oysanam atrofida mahkamlashga ehtiyoj tug‘dirdi. Zohid eng avvalo jasad suvga 
tashlanishdan avval ko‘mib qo‘yilgan joyni aniqlashga asosiy e’tiborini qarata boshladi: 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling