Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
221 Soliev istagini unga aytganidan afsuslanib, «Zohid bo‘lganida meni tushunardi», deb o‘ziga o‘zi tanbeh berdi. Oradan ikki kun o‘tib, Zohid yo‘qlab kelganida shu istagini unga aytdi. Zohid Hamdamga o‘xshab darrov qayirib tashlamadi. Bir oz o‘ylangandek bo‘ldi-da: — Siz buni o‘ylamang, tezroq tuzalib chiqishning harakatini qiling, — dedi. — Istagimning salomatligimga hech bir daxli yo‘q. Ochig‘ini aytaver, iltimosimni bajarging kelmayaptimi? Zohid ustozining ranjiganini sezib, vaziyatni yumshatish niyatida kulimsiradi. — Siz aytasizu men yo‘q deymanmi... Lekin... — Ha, senda ham, Hamdamda ham ana shu «lekin»lar ko‘p. Onalaring senlarni ana shu «lekin»lar ustiga tuqqan. — Bo‘pti, «lekin-pekin»siz bajaraman, — dedi Zohid yana kulimsirab. — Yo‘q, endi «lekin»ing ichingda qolmasin, ayt, men bilay. — Mening ustozim, — Zohid «ustozim» so‘ziga alohida urg‘u berdi, — dono odamlar. Ustozim «Kasbimiz nozik, jinoyatchining oh-vohiga quloq solib, rahming kelsa, unga shafqat ko‘zi bilan qarasang, undan jabr ko‘rganga xiyonat qilgan bo‘lasan», deb qulog‘imga quyganlar. O‘zining gaplarini shogirdining tilidan eshitgan Soliev kulimsiragan bo‘ldi. — Senlarning quloqlaring ham o‘z foydalaringga ishlaydi. Mening u gapim jinoyatchiga nisbatan aytilgan. Men «odamgarchilikni birato‘lasi yig‘ishtirib qo‘y», demaganman. Menga qara, senam bu kasalimga bekatdagi o‘sha voqea sabab deb o‘ylaysanmi? — Bilmadim... har holda... — «Har holda»ngni qo‘y. Hamma shunaqa o‘ylayapti. «Bombadan qo‘rqib infarkt bo‘lgan», deyapti. — Bunaqa o‘y umuman xayolimga kelmadi, boshqalardan ham eshitmadim. O‘zingiz ham eshitmagansiz, iltimos, shunaqa gumon qilmang. — Eshitmagan bo‘lsam ham odamlarning ko‘nglidan qanday gaplar o‘tishini his etaman. Ko‘l tomchilardan to‘planadimi? To‘planib-to‘planib keyin to‘g‘onni surib tashlaydimi? Mening kasalim ham shunaqa. To‘g‘ri, qo‘rqdim, tan olaman, lekin... — Keling, boshqa gaplardan gaplashaylik. — Boshqa gaplarni boshqa odamlar bilan gaplashaman. Hamma ham meni tushunavermaydi. Sen yuragi siqilib qoladi, deb qo‘rqyapsanmi? Yo infarktdan keyin miyasi aynib qolgan, deb o‘ylayapsanmi? Zohid o‘zini oqlash maqsadida e’tiroz bildirgisi kelsa ham sukut saqlashni ma’qul ko‘rdi. — Meni ishimizdagi adolatsizlik yedi. Hali u katta tog‘aning, hali bunisining qo‘ng‘irog‘i bilan qancha «ish»ni yopganimni sen bilmaysan. Har yopganimda jabr-lanuvchiga xiyonat qildim. Har yopganimda yuragimning bir tomiri uzilaverdi. Buyruq bergan odamni hech kim bilmaydi. «Pora olib, «ish»ni imi-jimida qildi», deb meni qarg‘aydi. Men shu qarg‘ishlarga qoldim. — Qarg‘ishlar o‘sha buyruq berganlarga tegadi, — dedi Zohid. — Yo‘q, — dedi Soliev, qat’iy tarzda. — Ijro- chi — menman. Iymonim ojiz ekanki, bo‘ysunibman. Odamlar adolatni sevishlari uchun ularga adolatsizlikning oqibatlarini ko‘rsatib turish kerak, deb o‘zimni aldab yurdim. Kim aytgani esimda yo‘q, bir donishmand «Adolat kuchli, kuch esa adolatli bo‘lishi kerak», degan ekan. Mening ishlarim boshqacharoq bo‘ldi: kuchsiz adolat va adolatsiz kuch — ikki dahshat murosa qildi. Sening ham boshingdan o‘tyapti bu. Lekin bu dahshatlarning ham o‘ladigan kuni bordir, a? Biz eng katta rahbarning turli toifalarini ko‘rdik. «Xo‘ja-yin bizni gipnoz qilib qo‘ydi», deganini ham, «janjal qulupnaydan chiqdi» deganini ham ko‘rdik. Hozirgi yangimiz boshqacha emish. Kecha yuqoriga taalluqli oshnam kelib umidli gaplarni aytdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling