Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet220/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

XVIII b o b 
1 
«Faraon, sen va’dangda turmading» — dedi «Qassob» xuddi ajdaho kabi og‘zidan o‘t 
purkab. 
Bu o‘t mayor Solievning yuziga urilib, haroratidan nafasi qaytdi. 
«O‘limingga men aybdor emasman,— dedi Soliev,— O‘zing hukm chiqarib, o‘zing ijro 
etding. Taslim bo‘lganingda boshingga bu ko‘rgulik tushmas edi». 
«Tirik qolarmidim?» — deb so‘radi «Qassob» yana o‘t purkab. 
«Hech bo‘lmasa yana bir-ikki oy yasharding». 
«O‘limni kutib yashashning qanchalik og‘ir ekanini sen bilmaysan. Men o‘zimning 
qismatimni yengillatdim. Seni esa o‘limni kutib yotishga hukm qildim. Istasang, 
bu ko‘rgulikdan ozod qilaman». 
«Qassob» shunday deb o‘t purkashdan to‘xtamay, unga yaqinlashdi. Bu harorat 
Solievning butun vujudini kuydirib, bo‘g‘ila boshladi. Ko‘kragida sanchiq turib, 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
220
seskanganicha ko‘zlarini ochdi. Yaqindagina hamshira bilak tomiriga igna sanchib, 
tomgich dorini qo‘ygan edi. Kasalxonada hushiga kelganidan beri ko‘rgani — shu 
tomgich dori. Chalqanchasiga yotganicha dori tomchilariga tikiladi. Ba’zan shu tomchilar 
uning bekatda uchib chiqib ketgan jonini asta-asta qaytarayotganday tuyuladi. Kayfiyati 
tushkunlik to‘riga o‘ralganida esa bu tomchilar xuddi yorug‘ dunyoda qolgan kunlarini 
bir-bir sanayotganday bo‘ladi. Hozir ham shunday boshlandi. Xayolini chalg‘itish uchun 
tomchilarni sanab yotib, ko‘zlariga uyqu ilinibdi. Ko‘zlari uyquda bo‘lsa ham daxlizdagi 
ovozlarni eshitib turardi. Ana shu holda tush ko‘ribdi. Tushida «Qassob»ning «onamni 
o‘ldirishga va’da bergan eding, nega va’dangni bajarmaysan?» deb da’vo qilaverishi 
g‘alati edi. Nazarida bekatdagi voqeadan so‘ng shu yoshga yetguniga qadar ko‘rgan-
kechirganlarining hammasini unutgan, xotirasida faqat «Qas-sob»gina qolganday edi. 
Soliev dastlab bu xotiradan qutulishga urinib ham ko‘rdi. Lekin bu odamxo‘r odamning 
turqini ko‘z oldidan xayday olmagach, «buning shifosi — vaqt, bora-bora xayolimdan 
chiqadi», deb o‘zini ovutdi. U faqat bir narsaga tushuna olmas edi. «Qassob» undan 
onasini o‘ldirishni emas, o‘zini odamga o‘xshab ko‘mdirib, go‘riga but qo‘ydirishni iltimos 
qilgan edi... 
Qush uyqusidan uyg‘ongan Soliev ko‘kragidagi sanchiqni, vujudining lovullay 
boshlaganini o‘tkinchi, deb o‘ylab sabr qildi. Keyin hamshiraning «Bu yangi dori, amaki, 
ozgina chaqadi, agar yoqmasa, darrov ayting», degan gapini eslab, chaqiruv tugmasini 
bosdi. Hamshira kirdi-yu, Solievning betlaridan qon qochganini ko‘riboq, «Nima bo‘ldi?» 
deb so‘rab o‘tirmay, ignani shoshilganicha tomirdan sug‘urib oldi. Keyin choynakda 
sovub qolgan choydan uch-to‘rt ho‘plam quyib, bemorning boshini sal ko‘targach, 
piyolani bemorning labiga tutdi. So‘ngra «tilingizning tagiga tashlang», deb validol berdi. 
Hamshira har safar shunday ta’kidlayvergani uchun avvalgi kuni Soliev hazillashib 
«validolni tilning ustiga tashlasa nima qiladi?» deb so‘raganida, u hazilni anglamay, 
buning sira-sira mumkin emasligini erinmasdan tushuntirgan, shundan ke-yin Soliev 
«hazilni ham eplay olmay qolibman», deb o‘kingan edi. Hozir o‘sha hazilni eslab
hamshirani xijolatdan qutqarish uchun kulimsirab qo‘ydi. Bu kulimsirash hamshiraga 
chindan ham dalda bo‘lib, dori idishlarini ko‘tarib chiqib ketdi. 
«Tomirlarim qonga emas, shu dorilarga to‘ldi,— deb o‘yladi Soliev.— Endi doriga joy 
ham qolmabdi...» 
Ikki kun oldin Hamdam Tolipov kelganida Solievga o‘rindan turib xonada yurishga ijozat 
berilgandi. «To‘shakning changalidan qutuldimmi, endi Azroilga bo‘yin egish yo‘q», deb 
o‘zining ko‘nglini ko‘targan Soliev Hamdam bilan anchagina gaplashib o‘tirgan edi. 
Odamlar bilan suhbatlashishga usta Hamdam bekatdagi voqeadan gap ochmaslikka, 
kasallik haqida, tuzalib chiqqanda kutilayotgan nogironlik nafaqasi haqida 
so‘zlashmaslikka intildi. Soliev bular haqda gap boshlashi bilan chalg‘itib yuboraverdi. 
Shunga qaramay, Soliev muddaosini aytdi: 
— «Qassob»ning murdasi nima qilingan, bilib qo‘ygin, kuydirilganmi yo ko‘milganmi? 
— Buning nima ahamiyati bor? 
— Ko‘milgan bo‘lsa qabriga but qo‘yish kerak edi. 
— Foydasi bor ekanmi? 
— Shundan umid qiluvdi... — Soliev «va’da beruvdim», deyishga istihola qilib shunday 
deya qoldi. 
— Foydasi yo‘q, — dedi Hamdam, — but Xudoga ishonganlarga qo‘yiladi. Bunaqa 
odamlarda din degan narsa bo‘lmaydi. 
— Qahring qattiq-da sening... — dedi Soliev tanbeh ohangida. 
Hamdam Tolipov gapni ortiqcha cho‘zmaslik maqsadida «Na iloj, turgan-bitganim shu 
mening», deganday yelka qisib jilmaydi. 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling