Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
228 deb o‘yladi. Xongirey roppa-rosa bir soat kechikib keldi. Restoran xizmatchisining «nima buyuradilar», deb kirib turgani hisobga olinmaganda Asadbek yolg‘iz o‘tirdi. Xongirey kechikkanining sababini ham aytmadi, uzr ham so‘ramadi. Asadbek bilan quchoqlashib, yuzini yuziga bosib omonlashdi-da, o‘tirishga ulgurmay, amrga mahtal turgan xizmatchiga «quy» deb imo qildi. Xizmatchi ikki qadahni to‘ldirgach, Asadbekka «gapirasanmi?» deganday qaradi. Asadbek telefonda ta’ziya bildirgan edi, hozir o‘sha gapni takrorladi: — Otangni xudo rahmat qilsin. — Ha, albatta. Qani, ol! — Xongirey shunday deb qadahni oldi-da, havolatib cho‘qishtirgach, bir ko‘tarishda bo‘shatdi. Asadbek Kesakpolvonning «musulmonchiligi bor-da shu yigitning» degan gapini eslab g‘ijinib qo‘ydi. — Ichmaysanmi? — dedi Xongirey. — Bizda ta’ziyaga kelganlar ichishmaydi, — dedi Asadbek. — Ahmaqona odatlaring ko‘p senlarning. O‘lgan odam o‘lib ketdi, sen tiriklarni o‘yla. — Xongirey! O‘zimga tegishli da’volaringni gapirsang gapir, ammo odatlarimizni haqoratlama. Biz — o‘zbeklarmiz, odatlarimizni hamma narsadan ustun ko‘ramiz. Indamas, mo‘’min ekan, deb boshga chiquvchilar ko‘p yanglishishgan. Asadbekka Xongireyning gapi qanchalik yoqmagan bo‘lsa, Xongirey ham uning ayniqsa so‘nggi jumlasidan shunchalik achchiqlandi. Ammo suhbatni asabiy tarzda boshlamaslik uchun sir boy bermadi. — Men chiroyli gapirishni bilmayman, jon qardosh. Ko‘zimga ahmaqona ko‘ringan narsani ahmaqona deyaveraman. — Chechenlarda ahmaqona odatlar yo‘qmi? — O‘, qardosh, sen endi maydalashma. Bu biz talashadigan narsa emas. Buni ana, faylasuflarga, shoirlarga qo‘yib ber. Sen meni chechen, o‘zingni o‘zbek deb ajratma, sen bilan mening millatim bir, biz bitta olamning fuqarolarimiz. Farqimiz faqat bir narsada — sen qimorbozsan, men o‘g‘riman! Xongireyning tilidan uchgan bu so‘zlar haqiqat bo‘lsa-da, Asadbek buni tan olgisi kelmadi. Agar Xongirey fikrini davom ettirib «sen bilan mening borar yerim ham bir — do‘zax» deganida Asadbek buni ham tan olgisi kelmas edi. Kimdan eshitgani yodida yo‘q — Jalilmi yo Sobitxonmi, yo boshqasimi, «do‘zax qavat-qavat bo‘ladi. Odam gunohlarining miqdoriga qarab joylashaveradi», degan edi. Agar do‘zax haqida so‘z ochil-sa Asadbek shubhasiz: «Ey Xudo, do‘zaxga loyiqligimni bilaman, faqat meni bu maraz bilan bir qavatga qo‘ymagin, mayli, meni eng tuban, eng azobli qismiga tashlagin, bu itdan tarqagan bilan birga bo‘lmasam bas», degan bo‘lardi. Agar odamlarga emas, o‘z nafsiga zulm qila olish saodat ekanini bilganida edi, Yaratgandan boshqa narsani so‘rardi, «Ojiz iymonimga quvvat ber, bu olamning fuqaroligidan chiqarib Hidoyat yo‘liga boshla, do‘zaxda u bilan uchrashtirma», deb munojot qilgan bo‘lardi. Iymoniga quvvat kirgach esa, «bu birodarimga ham hidoyat ber, uni do‘zaxilardan qilma», deb duolar qilishi mumkin edi. Afsuslarkim, bu kabi duolar unga begona edi... U o‘zini banda sifatida Xongireydan ustun qo‘yadi, zulmdan ko‘ra shafqatga yaqinlardanman, deb hisoblardi. Vaqtiki kelib, zulm bilan shafqat tarozi pallalariga qo‘yilganda qanday holat yuzaga kelmog‘ini tasavvur eta olmasdi. Birovga adolat qilish, boshqasining nohaq sotilgan uyini qaytarib berish savoblari shafqat pallasining og‘ir kelishini ta’minlaydimi yoki yo‘qmi, buni sizu biz bilmaymiz. Bu yolg‘iz Ollohning o‘ziga ma’lum. Hozir esa ikki gunohkor banda bir-biridan nafratlanib o‘tiribdi.— Bek, — dedi Xongirey asosiy maqsadga o‘tib, — sening odaming menga xiyonat qildi. Men juda kattaga tushdim.Asadbek gap Halimjonga taqalganini anglasa ham, tushunmaganday yelka |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling