Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet226/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
226
Uylarini yoqib yuborishibdi, eshitdim, — dedi u. — Ayb menda, u yoqqa bormasligim 
kerak edi. Sen oqsoqolga uzrimni yetkaz, bu ishlar tinchigach, birinchi galda uylarini 
qurdirib beraman. 
— Shart emas, — dedi Asadbek, — ota endi u yoqqa qaytib bormaydilar. 
— Baribir uzrimni yetkaz. Bizning o‘yinimiz deb yaxshi odamlar jabr chekmasliklari 
kerak. Oxirgi vagonni deb ikkalamiz kuyib qoldik, Bek. Uning haqqi to‘laligicha mening 
bo‘ynimda, tiyin-tiyinigacha to‘layman, xavotir olma. Istasang... oilamni garov sifatida 
ushlab tur. 
Bu gapdan so‘ng Asadbek Kozlovni birinchi marta ko‘rayotganday qattiq tikildi. Balabuxa 
esa «Bu taklifga qanday javob bo‘lar ekan», degan o‘yda Asadbekka zimdan qarab 
o‘tirardi. 
— Sen esingni yeb qo‘yibsan, Lyosha, — dedi Asadbek Kozlovdan ko‘zlarini uzmay. — 
Agar oilangni shunaqa arzon-garovga qo‘yishingni bilganimda ularni bir soat ham ushlab 
turmas edim. Garovga qo‘yging bor ekan, Xongireyga berib yuboravermaysanmi? Nima 
qilarding ularni sarsonlikka giriftor etib. 
Asadbekdan aynan shunday tanbeh kutgan Kozlov jilmayib, minnatdorlik sifatida uni 
asta quchdi. 
— Sen haqsan, — dedi Balabuxa. — Hammamiz shunday bo‘lishimiz kerak. Pul — 
topiladigan, yo‘qotiladigan narsa. Oila esa — muqaddas! Mening xotinim, farzandlarim 
yo‘q. Men yolg‘izman. Shu tufayli oilaning beqiyos darajada muqaddas ekanini men 
senlardan yaxshiroq bilaman. Bek, men senga qoyilman, chaqiruvimizni to‘g‘ri tushunib, 
manzilni adashmay topib kelding. Tbilisi orqali kelganing ham menga ma’qul bo‘ldi. 
Asadbek Tbilisiga qanday maqsadda kirib o‘tganini tushuntirib o‘tirmadi. 
— Aleksey Petrovich bilan maslahatlashib, kuchlarni birlashtirish qaroriga keldik, — dedi 
Balabuxa. 
— Qaysi kuchlarni, nima maqsadda, kimga qarshi? 
— Xongireyga qarshi, — Balabuxa «Javobim seni ajablantirdimi?» deganday Asadbekka 
savolomuz qaradi. 
Uning maqsadini anglab turgani uchun ham Asadbek javobdan taajjublanmadi. 
Qo‘shimcha savol ham bermadi, mezbonning gapini ham bo‘lmadi. 
— Xongirey qoidani buzib o‘ynayapti, — dedi Balabuxa. — Chegaradan chiqaveradigan 
odam jazolanishi kerak. Sen bizlarga qo‘shilasanmi? 
Asadbek Kozlovdan elchi kelib, Tomskka otlanganida Xongireyga taalluqli biron gap 
chiqishini kutgan edi. Ammo kuchlarning birlashuvi haqidagi gap uning uchun yangilik 
bo‘ldi. U fursati kelganda Xongireyni jazolashni istardi, ammo shu kunlarda ochilajak 
urushga tayyor emasdi, aniqroq aytilsa, bunday istak yo‘q edi unda. «U yoqda Iliko tish 
qayrayapti, bu yoqda bular. Ikki o‘rtada mening vazifam nima bo‘larkin? Bular bir-
birlarining maqsadlaridan xabardormikinlar?» Asadbek Kozlovni yaxshi bilgani, unga 
ishongani bilan sir aytishni ma’qul ko‘rmadi. 
— Qaysi kuchlar birlashishi kerak? — deb takror so‘radi Asadbek. 
— Men, Aleksey Petrovich va sen. Hozircha shuni bilsang yetarli. 
— Menda hozir kuch yo‘q, o‘yindan chiqqanman. Hamma ish sherigimning bo‘ynida, — 
dedi Asadbek. 
— Haydarmi? — deb ajablandi Kozlov. — Sen unga ishondingmi? 
— Unga Xongirey ishondi, shuning o‘zi kifoya. 
— Sen adashibsan, — dedi Kozlov. 
Asadbek u bilan bahslashishni istamay, xotirjam ravishda: 
— Ba’zan adashib turish ham kerak, — deb qo‘ydi. 
— Ba’zan mumkin, lekin hozir xato qilishga haqqing yo‘q, — dedi Balabuxa. 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling