Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet225/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
225
fikr uyg‘onib, talvasaga tushayozdi. Hatto «nafsing go‘rda chirigur»ni chaqirib
«nafsingni qondir, ammo o‘g‘limga tegma!» degisi ham keldi. Lekin iffat qudrati qo‘rquv 
kuchidan baland turdi. 
Bugun uyqusiz tundan so‘ng picha mizg‘ib, tiniqib turganday bo‘ldi. Nonushta tayyorladi. 
Bir tishlam non bilan ikki ho‘plam choy bu dunyoda tirik yashab yurmoq uchun kifoya 
qiladiganday, tomog‘idan boshqa hech nima o‘tmadi. Ba’zan ovunchoqday tuyuluvchi, 
ba’zan esa yurakni battar siquvchi televizorni yoqdi: zar do‘ppi kiygan ashulachi 
qo‘llarini qovushtirganicha xonish qilardi. Oysanam bunaqa ashulalarni yoqtirmasdi. 
O‘chirgisi keldi. Biroq, bir bayt qulog‘iga boshqacha eshitilib, ahdidan qaytdi. 
Naylaram, dardu alam 
tortmoqdan o‘zga chora yo‘q... 
Bu bayt xuddi o‘zining qalbi qa’ridan otilib chiqqanday tuyuldi. Ashulachi unga 
hamdardday ko‘rindi:Bu jahonga kim kelubdurBo‘lmasun baxti qaro...Qo‘shiq dardu 
alam tortmoqdan o‘zga chorasi qolmagan Oysanamning hasratlarini to‘zitib yubordi. 
Erining o‘limidan so‘ng o‘zini dunyoda eng baxti qaro ayol deb hisoblayotgan Oysanam 
ma’sud kunlarining qaytishini juda-juda istardi. Bu istaklarning amalga oshuvi yomg‘ir 
tomchilarini iziga qaytarish kabi ekanini esa fikr qilmasdi. 
XIX b o b 
1 
O‘zbekistonda hukmini o‘tkaza olmagan qish Tomskka ko‘chgan ekan. Bu shahar 
Asadbekni izg‘irin nafasi bilan qarshi oldi. Asadbekni birov rasman kutib olmagan bo‘lsa-
da, izidan kimningdir poylayotganini his etdi. Unga qo‘lidagi suratlar yo‘l ko‘rsatib, 
avval mehmonxonaga bordi. «Bugun mehmonxonamizda joy yo‘q» degan e’lon osib 
qo‘yilganiga qaramay, Asadbekka eng shinam xona tegdi. Uning ixtiyorida bir necha 
soatcha vaqt bor edi, ozgina dam olib, so‘ng kerakli odamlar bilan uchrashib, tongda esa 
shu uchoqning o‘zida iziga qaytmog‘i zarur edi. Yuvinib, bir oz yotgan bo‘ldi. Ke-yin 
ko‘chaga chiqib, yo‘lovchi mashina yolladi-da, suratda aks etgan ko‘chadagi uyni 
mo‘ljallab bordi. Chamasi o‘n besh daqiqa uy atrofida yurdi. «Suratga ishonib, 
adashgandirman», deb xayol qila boshlaganida to‘r xaltasiga ikki shisha qatiq, bitta non 
solib olgan qariya unga yaqinlashdi-da: «Sartaroshxonaning ro‘parasidagi oq «nol 
to‘qqiz»ni ko‘ryapsanmi, seni o‘sha yerda kutishyapti», deb nari ketdi. Asadbekka bu 
ehtiyot chorasi malol keldi. «Balabuxa zo‘r bo‘lsa o‘zining shahrida ham soyasidan 
qo‘rqadimi?» deb mashinasi sari yurdi. Ko‘chani kesib o‘tayotganida mashina motori o‘t 
oldirildi. Old o‘rindiqdagi yigit qimirlamagani sababli Asadbek orqa eshikni o‘zi ochib, 
indamay o‘tirdi. Mashina qo‘zg‘olib, nari ketgach, haydovchi ham, yonidagi yigit ham 
orqasiga o‘girilmay salom berdilar. Ularning bu qiliqlari Asadbekka yanada malol keldi. 
Ular salomdan nariga o‘tishmadi, Asadbek ham gapga tutmadi. 
Asadbekni shahar tashqarisidagi qarorgohda kutishayotgan edi. Kozlov salom-alikdan 
so‘ng Balabuxani tanishtirdi-da, Asadbekning g‘ashini keltirgan ehtiyot chorasi uchun uzr 
so‘radi. 
— Biz bilan aloqa o‘rnatganingni hozircha birov bilmagani ma’qul, — deb izoh berdi 
Balabuxa. 
Kozlov oilasini panohiga olgani uchun Asadbekka minnatdorlik bildirib, Muhiddin otaning 
hol-ahvolini so‘radi. 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling