Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
233 Jamshid aytolmagan fikr o‘zining xayoliga kelib, jahl o‘tini o‘chirishga urindi. «Menga chiqqani besabab emas. Uncha-buncha boyvachchaning menga qo‘shni bo‘lishga yuragi dov bermas. Ayniqsa bunaqa gapdan keyin, birov yaqinlashmaydi. Ha... Haydar olishi mumkin. Olib menga sov-g‘a qiladimi?!» Shu fikrda to‘xtagan Asadbek buyurdi: — Choyxonaga hayda! Asadbekning kutilmaganda qozixonaga kirib kelishi qozini ham, Qamariddin, uning o‘g‘lini ham dovdiratib qo‘ydi. Da’vogarning esa hushi uchib, talvasaga tushayozdi. Asadbek salomlarga alik oldi-yu, biroq, hech kim bilan qo‘l berib so‘rashmadi. Xona to‘riga ham o‘tmadi. Xojasining istagini fahmlagan Jamshid usti yog‘ dog‘lari bilan «bezalgan» stul ustiga ko‘rpacha tashladi-da, poygakka, eshikka yaqin joyga qo‘ydi. Asadbek o‘tirishdan avval aybdorlarga, da’vogarga sinchiklab razm soldi. Qamariddin nigohlar to‘qnashuvidan qochib, yerga qaradi. Chap yuzi shilingan o‘g‘li esa nima voqea yuz berayotganini fahmlamayotganday karaxt o‘tirardi. Da’vogarning ko‘zlari olma-kesak terardi. «Bek akang kelgunicha yo u yoqli, yo bu yoqli qil bu ishni», degan topshiriqni bajarayotgan Qozi esa ajinadan qo‘rqib ishtonini ho‘l qilib qo‘ygan bola kabi so‘ppayib qolgan edi. Asadbek o‘tirib «davom etsin», degan ma’noda Jamshidga qaradi. Jamshid bu unsiz buyruqni ko‘z qarashi bilan Qoziga yetkazdi. Qozi avvalgi shashtini yo‘qotgan holda so‘rog‘ini davom etdi. Insof yuzasidan qaraganda giyohvand bolaga emas, ota — Qamariddinga rahm-shafqat qilinmog‘i darkor edi. O‘zi yemay yedirib, o‘zi kiymay kiydirib ulg‘aytirganda, endi rohatini ko‘raman, deb umid qilib turganida bu ahvolga tushmog‘i chindan-da achinarli edi. Beayov hukmni kutib turgan Qamaridin alhol alamdan o‘z ko‘ksiga mushti emas, tosh bilan ursa-da, xumordan chiqmas edi. Aksincha, qo‘shnisi Asadbek g‘azabli ko‘zlari bilan qarash o‘rniga kira solib tepkilay boshlaganida ruh azobidan qutulardi. Bundan bir necha daqiqa avval o‘g‘li kaltaklanganida jonholatda himoyaga tashlanib, «bolamni urmanglar, hammasiga men aybdorman», deyishi shunchaki tildan uchgan nola emas, balki qalbning faryodi edi. Agar Asadbek ozgina barvaqt kelib uning bu nolasini eshitganida «Chindan ham aybdor mana shu ota», deb hukm chiqargan bo‘lardi. Qo‘shnisining g‘arib ko‘rinishi Asadbekda shafqat uyg‘otmadi. Qimorni tashlagan paytlari bu yerda emas, boshqa joyda Asadbekning shunday qozixonasi bo‘lardi. Najot istaganlar iymon mulki g‘arib, nafs mulki to‘la bu go‘shaga umid bilan kelishib ba’zan armon bilan qaytardilar. Iltijoli boqishlar, erkakning ko‘z yoshlari, faryodlar, qasamlar... inobatga olinmas, qabul qilinajak hukmga zarracha ta’sir etmas edi. O‘shanda Asadbek barcha hukmlarini adolatli deb hisoblardi. Bir tomonning quvonishi, ikkinchi tomonning esa qozixona ostonasini hatlab tashqariga chiqishi hamon qarg‘ay boshlashi esa uni mutlaqo qiziqtirmasdi. Qoziga qarab o‘tirgan Asadbek o‘zining qozilik damlarini esladi. Qozi chaynala-chaynala hukmini e’lon qildi: — Bir haftada pul shu yerda bo‘lsin. Bir haftadan bir soat o‘tsa ham kuniga o‘n foiz qo‘shilaveradi. Pul topiladi, bratan, bola topilmaydi, — Qozi «shu hukm yetarlimi?» deganday Asadbekka qaradi. Xojasidan biron ishora bo‘lmagach, da’vogarga ham, aybdorlarga ham ketishga ijozat berdi. Ular xayrlashib chiqishayotganda Asadbek da’vogarga qarab: «Sen ketmay poylab tur», dedi. Uchovlari qolishgach, Qozi «Bek aka, nariga xonada dasturxonimiz bor edi», deb iltifot qildi. Asadbek taklifga javob bermay, unga o‘qrayib qaradi-da: — Har doim shunaqa xotinchalishlik qilasanmi? — deb jerkib berdi. Qozi bo‘ynini qisib, yerga qaradi. U yaqindagina o‘zini burgut, boshqalarni chumchuq his qilib, ko‘zlarni cho‘qiguday bo‘layotgandi. Bilmadi, kimningdir qar-g‘ishi tegdimi, o‘zi patlari yulingan chumchuqqa aylandi-qoldi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling