Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
235 — Jiyaning ham qoradoridan tortib turadimi? — Yo‘g‘-e, Xudo saqlasin. — Shuncha pulni birdaniga bermagandirsan? Nima uchun hadeb so‘rayveradi, deb o‘ylamadingmi? — O‘yladim-ku... lekin... hojatini chiqaray devdim. — Yana qancha bola sendan qarz olib turadi? — Endi... so‘rab kelishadi... ustiga ozgina qo‘shib beraman. Tirikchiligim hozir shu... — Sen laqma bolaga o‘xshamayapsan. Kallang yaxshi ishlaydi, a? Ko‘zingni olib qochma, menga tik qara. Qara, deyapman! Xo‘sh, men laqmaga o‘xshaymanmi? Yosh bolalarga qoradori uchun pul berib turishingni sezmasam haqiqiy laqma bo‘lardim, shunaqami? Shu ishing uchun seni oyog‘ingdan osish kerak. Bolalaringning kattasi necha yoshda? — Bek aka, rahm qiling... — Yoshini ayt. — O‘n ikkida. — Ha, uch-to‘rt yildan keyin ninaga o‘tirsin, ke-yin bilasan qarz berish qanaqaligini. — Xudo saqlasin, Bek aka. — Saqlamaydi! — dedi Asadbek ovozini ko‘tarib. — Sendaqalarni saqlashi hecham mumkinmas. Jo‘na, tur-qing qursin, ko‘zimga ko‘rinma! Agar boshqa kasb qilmasang, o‘ldim deyaver. Da’vogar chiqib ketgach, Asadbek o‘rnidan turdi- da: — Haydar akangga kelganimni aytib qo‘y, — deb tashqariga chiqdi. Darvozaga yetmay to‘xtab, kuzatib kelayotgan Qoziga qaradi: — Bu qarorni faqat uchalamiz bilamiz. Qo‘shnimga ham indamalaring, uyini sotsa sotsin. Xor bo‘lsa, bo‘lsin. Shunda boshqalarning ko‘zi ochiladi. Asadbek shu hukm bilan qozixonani tark etdi. — Bu odam Hosilning sarqitlaridan bo‘lishi kerak, bir tekshirib ko‘r. Faqat pulni emas, qoradorini ham qarzga beradiganga o‘xshaydi, — Asadbek shunday dedi-yu, ammo xayolidagi fikrini oxirigacha aytmadi. Uningcha agar da’vogar chindan ham Hosilboyvachchaga tegishli bo‘lsa, endi Kesakpolvonning qanotidan panoh izlaydi. Balki panoh topishga ulgurgandir, bugungi hisob-kitob ana shu panoh ostida bo‘lgandir. U holda bugunmi, ertagami Kesakpolvon o‘rtaga tushadi... Itining fe’li egasiga ma’lum, deganlaridek, Asadbek bu safar ham yanglishmagan edi. Faqat muddatni belgilashda bir oz xatolikka yo‘l qo‘ydi: Kesakpolvon da’vogarning bekordan bekor jabr chekayotganini to‘ydan keyin aytdi. 4 Jalil oshnasining buyrug‘iga itoat etib, Muhiddin otani olib keldi. Sibirdagi nomsiz- nishonsiz qabristonda yotgan birodarlarini tashlab kelishi ruhini parchalaganmi yo ota makonning havosiga ko‘nikishi qiyin kechdimi, har nechuk u ilgarigidek dadil emasdi. Shunga qaramay, to‘yning daragini eshitib, bahonai uzrini aytib o‘tirmasdan otlana qoldi. Jalil uni to‘g‘ri Asadbeknikiga boshlab keldi. Manzura Cho‘lponoy bilan Mushtariyni kelinsalomga olib chiqdi. Muhiddin ota xuddi o‘z nabiralarining baxtini ko‘-rayotganday to‘lqinlanib, ko‘zlariga yosh oldi-da, duo qildi. Keyin Manzuraga qaradi: — Rahmatli qaynotangiz «uyga qaytaman, o‘g‘illarimni uylantirib, kelinlarimning qo‘llaridan bir piyoladan choy ichsam butun g‘am-anduhlarim tarqab ketadi», deb ishonardi. Uning bu saodati menga nasib etdi. Olloh birodarimning umrini ham menikiga qo‘shib, nabira kelinlarning salomiga alik olish baxtini ham berdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling