Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- XX b o b 1
www.ziyouz.com kutubxonasi
238 sening kerilishingni men ko‘taraman, boshqalar hazm qilisholmaydi. Laychang buyrug‘ingni menga yetkazdi, Bek akaxon. Biz qulingizmiz-da, aytasizu ketaverasiz. Biz bajarib turamiz. Otamga rahmat, malol olmadilar. Tabibga o‘zing borasan. U meni emas, seni davolagan, men emas, sen to‘y qilyapsan. Sal otdan tushing, hov boyvachcha... Hozir javob qaytarishning o‘rni emasdi. Undan tashqari Jalil to‘g‘ri gapirayotgan edi. XX b o b 1 — To‘yonani gaplashib olsak bo‘lardi, birpas o‘tirishga ham toqatingiz yo‘g‘-a? Kesakpolvon to‘yona masalasini allaqachon hal qilib qo‘ygan: kuyov to‘ralarga in’om etilajak ikkita oq «jiguli» egalariga mahtal edi. Shu sababli u xotinining g‘ishavasiga e’tibor bermay: — Latta-luttalaringni o‘zing bilasan. Boshimni qotirma, — dedi. — Vabshe to‘yni neudobna paytda qilishyapti. Chut keyinroq surishsa, Yaponiyadan klassniy materiallar olib kelardim. — Borib aytgin, bir-ikki oyga surishadi. O‘zi senga o‘xshagan bitta ahmaq maslahatchiga muhtoj yurishibdi. — Fu, darrov ustimdan kulishni boshlaysiz. Sizga vabshe gapirish kerakmas. Xotini burilib chiqib ketayotganida telefon qo‘ng‘irog‘i jiringlab, Qozi Bek akasining kelib ketganini ma’lum qildi. Bu xabarni eshitgan Kesakpolvon sapchib tushayozdi. U Asadbekning Moskvaga o‘tganini eshitib, tashvishlanib yurgandi. Mo‘ljalicha sobiq xojasi ertaga ertalab kelmog‘i lozim edi. Barvaqt kelishi, ustiga-ustak qozixonaga bostirib borishi uni bir oz gangitib qo‘ydi. «Nega? Nega?» degan qator savollarga javob izlab boshi qotdi. Keyin aniq bir qarorga kelolmagan bo‘lsa-da, Asadbeknikiga otlandi. Manzuradan «keldilaru bir piyola choy ham ichmay chiqib ketdilar, qayoqqaligini aytmadilar», degan gapni eshitib, bir pas hovlida yurdi, so‘ng kutishga ahd qilib, uyga kirdi. «Aqlini o‘ziga amir, nafsu havosini esa asir qilgan kishi qanday yaxshi odamdir, nafsu havosi amir, aqli esa asir kishining holiga voy», deguvchilar naqadar haq edilar. Kesakpolvonning hayoti shomi haqiqat chirog‘i bilan yoritilsa, bilagidagi tilla soatning millari o‘limi sayin ilgarilayotgani yaqqol ko‘rinar qolar edi. Kesakpolvon boshi uzra suzib yurgan o‘lim bulutining sovuq nafasini sezardi. Ammo shayton yoqqan chiroqdan ko‘zlari shamg‘alat g‘ofil banda buni tan olishni istamasdi. U nazarida Asadbek taxtini zabt etgandi, biroq bu mulk hali qo‘lga kirmaganini anglamasdi. Bugunmi-ertami boshqa taxt tiklanib, uni yer bilan yakson qilajagi mumkinligini xavotir bilan his etardi-yu, bu vahshat selidan omon qolishni umid qilardi. Moskvadan bir baloni boshlab kelib g‘imirlab yuribdi, deb tashvishlanayotgan Kesakpolvon Asadbekning Muhiddin otani boshlab kelganini ko‘rgach, «to‘y tashvishida chiqqan ekan», deb bir oz tinchlandi. Muhiddin otaning huzurida ishdan gap ochilmadi. Oqsoqol namozga turganida Kesakpolvon boshiga og‘ir kulfat tushgan odam kabi dardli ovozda: — Asad, maslahating kerak, — dedi. Kesakpolvon Asadbekning ilgarigiday «Qani, dardingni ayt-chi» deyishini kutdi. Asadbek «qozixonadagi mash-mashadan gapirar», deb o‘ylab, sobiq a’yonining gap boshlashini unsiz ravishda kutdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling