Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet240/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
240
xotin Jamshidning bevosh yurishlaridan norozi bo‘lishsa-da, tanbeh berishmadi, to‘g‘ri 
yo‘lga tortishga urinishmadi. Ko‘ngli yarimta o‘g‘ilning ko‘ngliga qarashga majbur 
bo‘lishdi. Jamshidni o‘z holiga qo‘yib berishlariga yana bir sabab bor edi: ular «Qamalib 
chiqqan yigit tamoman buzilib bo‘lgan, unga nasihat kor qilmaydi», deb o‘ylashardi. 
Kunlarni, haftalar, oylar, yillarni bu er-xotin bir-biriga suyangan holda o‘tkazishdi. 
Xongireyning huzuridan qaytganidan so‘ng Jamshidda yaxshilik tomonga o‘zgarish 
sezildi. U otasi va o‘gay onasining yolg‘izlikdagi hayotini his qildi. Ayniqsa to‘shakka 
mixlangan bemorga o‘gay onasining mehribonligi uni lol qoldirdi. Otasi bu xotinga 
yoshlik chog‘ida beqiyos muhabbati tufayli uylanib, uzoq baxtiyor yillarni birgalikda 
o‘tkazsa ham bu vafoga ajablanmasa ham bo‘lardi. O‘lgan xotinning o‘rniga xotin, 
bevosh bolaga o‘gay ona bo‘lib kirib kelgan edi bu xonadonga. Sog‘lom er bilan qancha 
yashadi, necha yildan beri kasal boqadi? «Tuzalmas kasal erni boshimga uramanmi?» 
deb tashlab ketishi mumkinmidi? Axir o‘rtada farzand yo‘q, ehtirosli ahdu-paymon, 
qolaversa, mol-mulk yo‘q-ku? Uni nima ushlab turibdi? 
Jamshid bu savolga aniq javob bera olmasdi. Chunki u hech qanaqa o‘lchovi yo‘q mehr-
muhabbat, odamiylik, vafo degan fazilatning mohiyatini anglay olmasdi. Keyingi 
paytlarda o‘gay onasini kuzata turib «oyim tirik bo‘lsalar ham adamga shunday
qarardilar», degan xulosaga kelib, o‘gay onasiga munosabati o‘zgardi. 
Hozir kuzatib chiqqan o‘gay onasining dardli boqishiga parvo qilmay keta olmadi. 
«Ko‘ngillari bir nimani sezdimi?» degan o‘y xayoliga kelib yuragi «shuv» etdi. «Nega ikki 
kundan keyin olib ketishim kerak? Hozir-chi?» degan xayolda mashinadan tushdi.
Hozir keta qolamiz, — dedi Jamshid, — men do‘xtirga uchrashib chiqaman, siz 
tayyorlanib turing. 
Otasi bir hafta uyda bo‘lsa, yigirma-o‘ttiz kun kasalxonada yotardi. Uni hozir olib 
ketishga chog‘langan Jamshid «Bo‘ldi, endi bu yoqqa olib kelish yo‘q, do‘xtirlar uyga 
borib boqishadi», deb qaror qildi. 
2 
Jamshid otasini uyga qo‘yib, ko‘chaga chiqayotganida o‘gay onasi uni ostonada to‘xtatdi:
Jamshidjon, — dedi u siniq ovozda, — Xudodan umidimiz ko‘p-ku, lekin... uzoq qolib 
ketmang. 
Jamshid tushundi. «Xo‘p» demoqchi edi, tomog‘iga nimadir tiqilib bosh irg‘ab qo‘ya 
qoldi. Qozixonaga borishga oyog‘i tortmasa ham, ortiqcha gap ko‘paymasin, degan 
fikrda amrni bajardi. U qozixonaga kirganda Kesakpolvon yonboshlab olib nok 
yeyayotgan edi. Qozining yaqinida turgan konyak shishasining hali yarimlamaganiga 
qaraganda yangi xojaning maishatga ko‘ngli yo‘qroq edi. Jamshid kirgach, Kesakpolvon 
«Kel» ham demadi, «Buncha uzoq qolib ketding?» deb gina ham qilmadi. Jamshid 
o‘tirgach, Qoziga qarab: 
— Oshnangga baquvvat qilib quy. Hozir u to‘yboshi, charchagandir, — dedi. 
Jamshid bu gap zamirida pichingni sezmaganday o‘ng kaftini ko‘kragiga qo‘yib, qulluq 
qildi. Qozi kon-yak quyib uzatgan piyolani qo‘lga olib «yolg‘iz o‘zim ichaveraymi?» degan 
savol nazari bilan xojasiga qaradi. Kesakpolvon «birga ich» degan ma’noda Qoziga 
ishora qilgach, ikki og‘ayni akaxonlarining salomatliklari uchun bo‘shatdilar. Kesakpolvon 
nokni yeb bo‘lib, labini sochiq bilan artdi. 
Sen bola, u yoqlarga borib kelganingdan ke- yin ayniding. Ayniganingni o‘zing 
ham sezasanmi? — dedi u. 
Jamshid uning o‘tkir nigohiga dosh berolmay yerga qaradi. 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling