Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
242 o‘tmaydi, bilib qo‘y. Men seni odam deb yonimga oluvdim. Hammani ham yaqinimga yo‘latavermayman, bilasan a? Hozir biz uchtamiz. Uchalamiz bir zo‘r ish qilishimiz kerak. Bek akang birinchi galda men uchun aziz, keyin senlar uchun qadrli. Agar uning sochidan bir tola soch to‘kilsa, mening yuragimda bitta tomir uziladi. Sochi oqarib ketganini ko‘rganimda men o‘lib qolay dedim. Gapimga tushunyapsanmi? Bek akang bilan oramizda xusumat yo‘q. Faqat u hozir Xongireyga o‘chakishib, yanglishyapti. Biz uni ehtiyot qilib saqlab qolishimiz kerak. Adashgan yo‘lidan qaytarmasak hammamizga yomon bo‘ladi. Shuning uchun ham men uning bosayotgan qadamini bilib turishim kerak. Bek senga ishonadi. — Tushundim, — dedi Jamshid. Jamshid shunday dedi-yu, ammo avval ham aytilgan bu gaplarning nima uchun qaytarilayotganiga tushun-madi. — Menga qara, sen bunday sanqib yurma, Uylan, uy-joy qil. — Men bopi uchrab qolsa, o‘zingiz bosh bo‘lasiz. — Endi halol gapni ayt: Zaynabni yoqtirarmiding? Ha, yoqtirarding. Shunga uylana qolmaysanmi? — Zaynabning eri bor. — Eri o‘lay-o‘lay deb yotibdi. Xohlasang ertalabgacha o‘lib qolishi ham mumkin. — Yo‘q, o‘lmasin, biz Zaynab bilan aka-singil tutinganmiz. — Zaynabning ikkita akasi bor, seni boshiga uradimi? Sen bola, mahmadanalik qilmagin- u, taklifimni o‘ylab ko‘r? 3 Kesakpolvon Elchinning taqdirini hal qilib, Zaynab bilan Jamshidga o‘zicha nikoh to‘nini bichayotganida Asadbekning uyida o‘zgacha masala yechilayotgan edi. Xufton namozini o‘qib bo‘lgan Muhiddin otaning ko‘zlari uyquga moyilligini sezgan Asadbek u bilan uzoq suhbatlashmay, yotoqqa boshladi. Keyin yelkasiga to‘nni tashlab, hovliga chiqdi. Ko‘zi beixtiyor boloxonaga qadaldi. Kimsasiz boloxona so‘nayotgan shon- shuhratining ramzi sifatida ko‘ziga xunuk ko‘rindi. Asta o‘sha tomon yurdi. Tepaga ko‘tarildi. Chiroqni yoqdi. To‘rtta karovot, o‘rtadagi xontaxta ustida yangi dasturxon. Atrofida toza ko‘rpacha. Avval bir chiqqanida dimog‘iga sigaret tutuni hidi urilib, ko‘ngli aynigandi. Hozir bunday hid yo‘q... Yengil oyoq tovushini eshitib, o‘girildi. Xavotirlanib, erining izidan chiqqan Manzura unsiz ravishda «Adasi, nima bo‘ldi, nega bu yoqqa chiqdingiz?» deb so‘radi. Bu savolga Asadbek ham unsiz ravishda «Sen nega orqamdan yuribsan?» deb savol bilan javob qildi. Keyin «Yasatib qo‘yibsanmi?» deb so‘radi. — To‘yda yotib qoladigan mehmonlarga tayyorlab qo‘ydim. Ko‘rpa-yostiqlargacha almashtirdim, — dedi Manzura. Uzoqdan keluvchi birodarlar uchun markazdagi mehmonxonadan joy hozirlab qo‘yilgan, boloxonaga muhtojlik bo‘lmasa-da, Asadbek xotinining ko‘nglini ko‘tarish maqsadida: — Yaxshi qilibsan, — dedi. — Adasi, qizingiz so‘rashga uyalyapti. Kuyovingizni to‘yga olib chiqsakmikin? Asadbek buni ham o‘ylagan, Elchinning to‘yda yarimjon holatida o‘tirishini istamayotgan edi. Bu xohishini xotiniga ham, qiziga ham bildirgisi kelmay: — Do‘xtirdan so‘rash kerak, — dedi. — Do‘xtiri bilan maslahatlashdik. Aravachaga o‘tqazib olib yurish mumkinmish. — Do‘xtar bilan gaplashdingmi? Ishni pishirib qo‘yib, endi mendan so‘raysanmi? Menga desa, aravachada emas, boshingga o‘tqazib olib chiq. To‘rga o‘tqazginda «shunaqa |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling