Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
245 di: — Olloh shunaqalardan qilmasin bizlarni... Nabira kirib choynak-piyolani bobosining yoniga qo‘ydi. Abdurahmon tabib choyni qaytarish uchun qo‘liga piyola olganida Asadbek «Choyni sen quy», degan ma’noda o‘g‘liga ishora qildi. Abdurahmon tabib «menga bera qoling» degan yigitning ra’yini qaytarmadi. Choy quyilib, bir ho‘plamdan ichilgach, Asadbek muddaoga o‘tay deganida tabib o‘ziga xos bosiq ohangda so‘z boshlab, Muhiddin otaning fikrini davom ettirdi: — Meni bir narsa ajablantiradi: begunoh ham — gunohkor ham, Xudoga, uning jannati mavjudligiga ishonuvchi ham — ishonmaydigan ham o‘limidan so‘ng jannatdan joy tegishini istaydi. Ba’zan odamlarga jannatga yetishish juda qiyinga o‘xshaydi. Meningcha, buning mashaqqati yo‘q, odam bolasi nafsini tiysa, boshqalarga yomonlik qilmay, yaxshilikni kasb etsa kifoya. Uning bu dunyosi ham jannat kabi rohatli bo‘la-di. Zulmni o‘ziga harom qila olmasa, — Abdurahmon tabib shunday deb Asadbek bilan Jamshidga o‘g‘rincha qarab oldi, — uning jahannami shu dunyodayoq boshlanadi. Men dadam rahmatlidan eshitgandim. Rasululloh sallallohu alayhi vasallamdan muhaddislar shunday rivoyat qilishgan ekan: «Qiyomat kuni bir toifa odamlarga jannatga borishlik buyuriladi. Ular jannatga yaqinlashib, hidini hidlab, jannatdagi qasrlarni va Olloh taolo jannat ahliga tayyorlab ko‘ygan narsalarni ko‘rganlaridan so‘ng: «Ularni olib ketinglar, ularga jannatda nasiba yo‘qdir!» deb nido qilinadi. Ular shunday hasrat-nadomat bilan qaytadilarki, ulardan oldin ham, keyin ham, hech kim bunchalik hasrat-nadomat qilmagandir. Ular aytadilar: «Ya Olloh! Do‘stlaringga tayyorlab qo‘ygan ne’matlaringni ko‘rsatmay turib bizlarni do‘zaxga kirgizganingda bunchalik hasrat-nadomat qilmasdik». Shunda Olloh taolo: «Men bunday qilmoqlikni xohladim, chunki sizlar katta-katta gunohlar bilan insonlardan yashirincha Menga qarshi chiqdingiz, insonlar ko‘zida esa pokiza, viqorli ko‘rinar edingiz. Qalblaringizda yo‘q narsani riyo qilar edingiz. Odamlardan qo‘rqar edingiz, mendan qo‘rqmas edingiz, insonlarni ulug‘lar edingiz. Meni ulug‘lamasdingiz. Insonlar uchun ba’zi narsalardan qaytar edingiz. Men uchun qaytmas edingiz. Endi bugun savobimni ayirganim barobarida qattiq azobga mahkum etgayman...» deydi». Nabira kosalarda qaynoq sho‘rva ko‘tarib kirgach, bir-birini sog‘ingan ikki qariyaning amri ma’rufi poyoniga yetdi. Asadbek ularning gaplariga quloq tutib «Menga tekkizib aytishyapti», deb o‘yladi. Holbuki, ularning bunday niyatlari yo‘q, gap shu mavzuga burilgani uchun beixtiyor tarzda suhbatlashishayotgan edi. Shunga qaramay, Asadbekning gumonida jon bor, u ham jannat harom qilingan bandalardan edi... Taomdan so‘ng Asadbek to‘yga aytib kelganini bildirdi. Abdurahmon tabib yoshlar haqiga duo qilgach: — Bir ko‘rib qo‘yarmikinsiz, deb kuyov bolani ham boshlab keluvdim, sal tobi kelishmayroq turibdi, — dedi. Tabib Abdulhamidning bilak tomirini ushlab, ko‘zlariga tikildi, keyin kaftidagi chiziqlarni silab-silab nimanidir o‘qiganday bo‘ldi-da: — Men bir dori tayyorlab beraman, — deb gapni qisqa qildi. Asadbek «Nima bo‘libdi, qanaqa kasal?» deb so‘rashdan o‘zini tiyib: — Tilla tangani olib kelganman, — dedi. — Bu muolajaga tilla tanga lozim emas, — Abdurahmon tabib Asadbekning o‘zini ham ko‘rib qo‘yib: — Siz dorilarni yarimlatmay, ichishdan to‘xtabsiz, shundaymi? — deb so‘radi. — Ish bilan bo‘lib... — Asadbek o‘zini oqlamoqchi bo‘ldi. — Tabibning aytganini qilmaydigan odam tabibga uchramagani ma’qul. Siz o‘zingizni yaxshi his qilib, batamom tuzaldim, degan xulosaga kelgansiz. Kasalning ildizi qurimagan, payt poylab yotibdi. Bugun bo‘lmasa ertaga siquvga olishi mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling