Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet246/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
246
Namoz vaqti bo‘lgani uchun ikki qariya qo‘shni xonaga chiqishdi. Abdurahmon tabib 
ibodatdan so‘ng joynamozdan jilishga shoshilmay, Muhiddin otaga qaradi: 
— Yodingizda bo‘lsa, xuddi shu yerda o‘tirib, inimizdagi ruh xastaligining chekinmog‘iga 
umid qilib edik. Umidimiz sarob bo‘lib chiqibdi. Inimiz zulmni avvalgidan kuchliroq holda 
kasb qilibdilar. Ojiz iymonlari yanada ojizlashibdi, — dedi. 
Muhiddin ota darrov javob bermadi. To‘palonchi farzandini deb muallimdan tanbeh 
eshitgan ota misol boshini quyi egdi. 
— Zamon bularning tilini ham, dilini ham tosh qilib qo‘ygan... Na iloj... har holda 
Ollohdan umidimiz bor... 
— Olloh noumid qilmasin. Men kuyov bolamizga dori tayyorlab beraman. Ammo... otasi 
bilmasin, sizga ma’lum bo‘lsa kifoya, yigitmizdagi xastalik ne ekanini aniq bilolmadim. 
Menga noma’lum bir xastalikdan aqlim lol. Nimadir uning yuragini yalab ado qilay debdi. 
Ishqilib yanglishayotgan bo‘lay, folbinlikdan Olloh asrasin, yigitimiz ko‘pga 
borolmaydigan ko‘rinadir... 
Bu xunuk xabar Muhiddin otaning a’zoyi badanini muzlatib yubordi. Tili gapga aylanmay, 
tabibga qarab qoldi. «Taqsir, adashmayapsizmi? Ayting, jon taqsirim, ayting, adashdim, 
deng. Bolaning umri uzoq bo‘ladi, deng...» Muhiddin otaning iltijo bilan boqayotgan 
ko‘zlarida shunday ma’nolar zohir edi. 
Ular mehmonxonaga qaytishganda Muhiddin ota Asadbekka ham, Abdulhamidga ham 
qaray olmadi. Uning ruhidagi tushkunlikni Asadbek sezdi. Tabib dori tayyorlash uchun 
chiqqanida «Ota, nima bo‘ldi, tobingiz qochdimi?» deb so‘radi. Muhiddan ota unga 
javoban «Sal toliqibman, bo‘tam», deb qo‘ya qoldi. 
Abdurahmon tabib tunda yo‘l yurmoqlikning xosiyatsiz ekanini, dovonni qalin qor 
bosganini ro‘kach qilib, ularning qaytishlariga izn bermadi. O‘rin solinib, yotishga 
hozirlanganlarida Abdurahmon tabib Asadbekni qo‘shni xonaga chorladi. Muhiddin ota 
«bolaning ahvolini yashirmaslikka qaror qildimi?» deb o‘ylab Asadbekni xavotir nazari 
bilan kuzatdi. Uning tashvishi o‘rinsiz edi. Tabib Asadbekni mutlaqo bosh-qa bir sabab 
bilan chorlagandi. 
— Dev akaning hujrasi esingizdami? — deb gap boshladi tabib. — Hali o‘sha yerdan 
kelayotuvdim. Dev akaning vafotidan keyin qishloqdagilar hujrani buzib tashlaylik, 
deyishuvdi. Men go‘ri sovumay turib buzmaylik, devdim. Har bir joyning bir yaxshisi, bir 
yomoni bo‘ladi. Bizdan bir yomon chiqib, kallakesarlikni kasb qilib olgan edi. Qaysi bir 
yili qamalib ketuvdi, otuvga hukm bo‘ldi, deb ham eshituvdik. Otilmabdi, tirik ekan. Bir 
hafta ilgari qishloqda ko‘rinib qoldi. Kecha o‘ziga o‘xshagan yana uch-to‘rtasi paydo 
bo‘lib, Dev akaning hujrasini makon tutishibdi. Ko‘nglim yomonlikni sezib, o‘sha yerga 
bordim. Nashani chekib, aroqni ichib yotishibdi. Qamoqdan qochishgan desam, qo‘rqib, 
berkinish harakatlari yo‘q. 
Abdurahmon tabibning havotirli gaplarini eshitib, Asadbek Zelixonni esladi. O‘tgan yili 
Farg‘onada fojialar boshlanmay turib u ham tabib kabi havotirli gumoni bilan unga 
murojaat etgan edi. Bu yil yana qaytariladiganmi bu fojia? Buning tepasida kim
turibdi? Maqsadi nima? Asadbek jon talvasasidagi jamiyatning siyosatini tahlil qilmoqqa, 
makr-hiylalarini kashf etmoqqa ojiz edi. Shu sababli Abdurahmon tabibga hamdard bo‘la 
olmadi. Tayinli gap ham aytolmadi. 
2 
Abdusamad, so‘ng Abdulhamid dunyoga kelishganida Manzuraning, Asadbekning 
qalblarida orzu-umidlar ham tug‘ilgan edi. Bu olamda hisobsiz, o‘lchovsiz narsalar ko‘p. 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling