Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
241 — Gapirmaysanmi? — dedi Kesakpolvon zarda bilan. — Agar xato qilgan bo‘lsam... ayting. Xatolarimni aytib-aytib tarbiya qilgansiz. — Seni Mahmud tarbiyalagan. Mahmud akang kindigini o‘zi kesganlardan edi, hamma aql o‘shanda, ba’zan aqli toshib ham ketardi. Senam akaxoningga o‘xshagansan. Seni, odam bo‘larmikin, deb o‘limdan olib qolgan edim. Sen nimangga kerilasan? Jamshid bosh egib, indamay o‘tiraverdi. Kesakpolvon alamdan chiqish uchun so‘kishni boshlaganda ham boshini ko‘tarmadi. Faqat onasining nomi haqoratga qo‘shilganida bir seskandi-yu, bu jikkak odamchani yanchib tashlagisi keldi. So‘kishlar poyoniga yetgach, tuhmat saroyining darvozalari ochildi. — Men senga bir ish buyuruvdim, «ha» ham demading, «yo‘q» ham demading, a? Yo esingdan chiqdimi? Bu savoldan so‘ng Jamshid bosh ko‘tardi: — Qaysi ish edi? — Halimni tekshirishing kerakmidi? — Ha. — Xo‘sh? — Hali tagiga yetolmadim. Gaplaridan milisaga o‘xshaydi, lekin milisaning idorasidagi ro‘yxatda bunaqa nomdagi odam yo‘q. Agar milisa bo‘lganida ham bizning ichimizda boshqacha nomda yurgandir? — Men senga nima deb buyuruvdim? — Milisaning odami bo‘lsa o‘ldir, devdingiz. — O‘ldirdingmi? — Yo‘q. — Unda qayoqqa g‘oyib bo‘ldi? Jamshid Qoziga qarashdan o‘zini arang tutib qoldi. Qozi Jamshidning Halimjondan gap ochib surishtirganini xojasiga yetkazgani aniq. Agar hozir unga yalt etib qarasa, fosh bo‘lib qolishi mumkin edi. Shuning uchun hech narsa bilmaganday: — Uch-to‘rt kundan beri ko‘rinmay qoldi. Uyidan xabar olaymi? — deb so‘radi. — Sen uni yo cho‘chitib qo‘ygansan, yo qochirib yuborgansan. Axir ikkovingning ustozing bir-ku, a? — U ko‘rinmay qolganiga... — Xo‘sh, gapiraver, ichingda qolmasin. — Sizmi yo Bek akammi ish buyurgandirsizlar, deb o‘ylovdim. — Men unga hecham ish buyurmaganman. U milisaning odami edi, ko‘nglim sezib turardi. Sen uni qaerdan bo‘lsa ham topasan. — Xo‘p... Jamshid shunday deb qutulmoqchi edi, bo‘lmadi. Kesakpolvon navbatdagi arining uyasini kavladi: — Bek akangni nima uchun bu yerga boshlab kelding? Bu sen aralashadigan ishmidi? — Men to‘g‘ri uyga olib bordim. Bolaning onasi kennayimga arz-dod qilib chiqqan ekan. Kennayim Bek akamga aytdilar. Keyin Bek akam bir piyola choy ham ichmay bu yoqqa yurishni buyurdilar. Kesakpolvon Manzuraning shunga o‘xshagan gapini eshitgani uchun bu yolg‘onga ishondi. Lekin bo‘sh kelmadi: — Pul bergan xunasaning milisaga borganini nega aytding? — Cho‘tal ko‘proq bo‘lsin, devdim... — O‘sha pulning hammasini bo‘yningga ilvorsam nima deysan? — Xatoyimga yarasha jazolang, mayli. — Sen shunaqa mo‘mintoyliging bilan hammani yengib kelgansan. Bu qiliq menga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling