Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet239/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
239
— Asad, — dedi Kesakpolvon g‘amli ko‘rinishini o‘zgartirmay. — Halimni bir ish bilan 
Karsnoyarga yuboruvdim, qo‘lga tushib qolibdi... 
— Ha, tulki, — deb o‘yladi Asadbek, — ishkalingning isi chiqqanidan keyin 
yorilyapsanmi? Maskovdagi xo‘jayinlaring telefon qilib aytishgandir-da, a? Qani, 
aravangni quruq olib qochaver-chi? 
Kesakpolvon bir necha nafas sukut saqlab ojiz uf tortdi-da, ilova qildi: 
— Nima qilishga hayronman. 
— Qanaqa ish bilan yuboruvding? — deb so‘radi Asadbek. 
— Ozgina mayda-chuyda olib ketuvdi. 
— Ko‘pga tushdingmi? 
— Gap tushishda emas, bola nobud bo‘lmasin, deyman, har holda senga yaxshi xizmat 
qilib yuruvdi. 
— Krasnoyarda qo‘lga tushgan bo‘lsa boshingni og‘ritib yurma. Bu bola menga uncha 
yoqmas edi. Ish-pish chiqib qolsa Jamshidga buyura turaman. 
— Maskovga ham o‘tibsanmi? 
— Xongireyni to‘yga aytay deb o‘tuvdim, otasi o‘libdi, sen eshitmovmiding? 
— Kechroq eshitdim. Borishning iloji bo‘lmadi. 
— Ikkalamizning nomimizdan ko‘ngil so‘rab qo‘ydim. Xongirey sendan xursand, «ishning 
ko‘zini biladigan» ekan deb maqtadi. 
Ikki yolg‘on do‘stning yolg‘on lutfi shu tariqa qisqa bo‘ldi. To‘yga doir bir-ikki masala 
haqida bundan-da qisqaroq tarzda gaplashib olingach, Kesakpolvon ketishga 
taraddudlandi. Asadbek «O‘tir, qayoqqa shoshasan», demadi. Darvozaxonaga qadar 
kuzatib borgach Kesakpolvon «Bu yog‘iga o‘zim yo‘lni topib ketaman», deganday 
xayrlashdi. So‘ng bo‘shab yotgan boloxonaga qarab bir entikib qo‘ydi. 
... Hamma ishlari sip-silliq ketayotuvdi. Boloxonadagi yigitlar qulluq qilib turishardi. 
Xongirey degan shaytonvachcha qayoqdan paydo bo‘ldi, qanday qilib suqulib kirdi?.. 
Endi bundan buyog‘i xuftonmi?.. 
Kesakpolvon Xongireyni «shaytonvachcha» dedi-yu, ammo uning shaytoni bilan o‘zining 
yo‘l ko‘rsatuvchi shaytoni aka-uka ekanini o‘ylab ko‘rmadi. 
Ko‘chada mashina oynaklarini artayotgan Jamshid Kesakpolvonni ko‘rishi bilan ishini 
tashlab, peshvoz chiqib ko‘rishdi. 
— Ha, erkak, akaxon keldilar, deb qo‘yishga ham yaramay qodingmi? 
— O‘zim ham yarim soat oldin bilib qoldim, — deb yolg‘onladi Jamshid. 
— Bu yerdagi ishingni tugatib, qozixonaga o‘t, gap bor. 
Jamshid mashinani artib ulgurmay Abdusamad chiqib: 
— Ketaverarkansiz, ertalab azonda kelsangiz, tabibnikiga borilarkan, — dedi. 
Jamshid yangi xojasining izidan ketma-ket yetib borishni istamay, kasalxonaga o‘tib, 
otasini ziyorat qildi. Otasi unga nimadir deb g‘o‘dirandi. Uning maqsadini o‘gay onasi 
tushuntirdi: 
— Uyga ketgilari kelyapti. O‘tirishga ham madorlari qolmadi. 
— Do‘xtirlar yaxshi qarashmayaptimi? 
— Boqishlari yomonmas, lekin uyning havosi boshqachada. 
— Ertaga bir joyga borib kelishim kerak, indinga o‘zim kelib, olib chiqaman. 
Jamshid mashinaga o‘tirdi-yu, kasalxonaning panjara devori ortida ma’yus qarab turgan 
o‘gay onasiga ko‘zi tushib, yuragi ezildi. Otasi bu xotinga uylangan kezlari ikkovini 
la’natlab yurganini esladi. Uning nazarida otasi uylanib, onasining ruhiga ulug‘ xiyonat 
qilgan edi. Otasi ko‘z ochib ko‘rgan ahli ayolining xotirasi oldida o‘zini gunohkor deb 
bilardi, biroq dardini ichiga yutardi. O‘gay onasi esa yigit yoshiga yetib, qamoqxonaning 
sho‘r sho‘rvasini totib ko‘rgan o‘gay o‘g‘li huzurida o‘zini noqulay sezardi. Shu sababli er-


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling