Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet236/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
236
Muhiddin ota shunday degach, tilovat qilib, o‘tganlarning pok ruhlarini esladi. To‘y 
tadorigi bilan yurgan aka-uka kuyov to‘ralar osh pishgunga qadar kelib, bobolarining 
qiyomatli birodari bilan quchoqlashib ko‘rishdilar. 
Dunyoning ishlari ajabtovur-da, — dedi Muhiddin ota ularni duo qilgach, — rahmatli 
bobongiz Olmonda yuz ochgan urush zulmidan aziyat chekkan edilar. Sizlar esa unda 
bilim olmoqdasizlar. Sizlarga bilim berayotganlarning otalari yoki bobolari harb 
maydonida balki sizning bobongiz bilan to‘qnashgandirlar, bir-birlarini tanimagan, 
bilmagan holda o‘ldirmoq qasdida bo‘lgandirlar, vallohi a’lam. Sizlarga ko‘z tegmasin. 
Olloh sizlarni harb maydoniga ro‘para qilmasin... 
Muhiddin ota bu gapdan so‘ng ularga bobolari haqida so‘zlab berdi. 
Palov yeyilib, dasturxonga duo qilingach, Jalil uyga qaytishga izn so‘raganda Muhiddin 
ota «Men-chi?» deganday unga ajablanib qaradi. 
— Bolalar sizga ruxsat beradiganmas, — dedi Jalil otaning maqsadini tushunib. 
— Bo‘tam qaytganlarida kelarman, — dedi Muhiddin ota. 
— Uyda yigitlar bor-ku? 
— Ularning yo‘rig‘i bo‘lak. Xonadon xojasi bo‘lmasa, qolishim durust emas. Men biron 
mehmonxonada tura turarman. 
Bu gapdan Jalil «uyingizga taklif qilmasangiz ko‘chada qolmasman», degan ma’noni uqib 
izza chekdi. Sir boy bermaslik uchun: 
— Voy otam, voy otaginamey, — deb kuldi. — Bo‘pti ketdik bo‘lmasa. Sizni eng zo‘r 
mehmonxonaga olib boray. 
Muhiddin ota uning gapiga ishongan edi. Jalil uyiga boshlab borgach, o‘zining 
soddaligidan kuldi. 
Asadbek Muhiddin otaning kelib, so‘ng Jalilnikiga ketib qolganini eshitib, oshnasidan 
achchiqlan-di. Manzura bir piyola choy ichishga da’vat etsa ham o‘tirmay, Jalilnikiga 
qarab ketdi. Yo‘lda bozor yaqinida to‘xtashib, Jamshid uchta qog‘ozxaltani to‘ldirib 
chiqdi.
Asadbek Muhiddin ota bilan quchoqlashib ko‘rishdi, oshnasiga esa qo‘l uchini berdi. Hol-
ahvol so‘ralgach, kutilmagan shoshqich safar tufayli o‘zi borolmagani uchun uzr so‘radi. 
Ana shundan keyingina Jalilga qoshlarini chimirib qaradi. 
— Ha, yana nima bo‘ldi, menga zahringni sochmoqchimisan, sochaver, otam sening 
fe’lingni biladilar, uyalma, — dedi Jalil. 
— Otamni boshlab kelganing uchun rahmat. Lekin oshnajon, kulbadekkina bo‘lsa ham 
uyimiz bor edi, yo uyimdan ilon chiqqan ekanmi? 
Jalil shiringina javobini tayyorlab turgan edi. Muhiddin ota bunga yo‘l qo‘ymay, 
Asadbekka o‘zining uzrini aytdi-yu, ikki oshna orasidagi masalani oppa-oson hal etdi. 
Asadbek bir pog‘ona pastga tushib, ginaxonligini bas qilgach, «qani, ketdik», deb 
o‘rnidan turdi. Ana shunda zaharli so‘z ignalarini sanchish navbati Jalilga tegdi. 
«Ha, ukaxon, kambag‘allarning uyidan ilon chiqdimi?» deb, xumordan chiqquncha 
gapirdi. Asadbek uning kinoyali, zil-zambil gaplarini tinglashdan o‘zga chorasi yo‘q edi. 
Muhiddin ota ikki o‘rtoqning g‘arazsiz istehzolarini, qochirimlarini kulimsiraganicha 
eshitib o‘tiraverdi. Oqibat — Asadbek hali moshi ochilmagan moshxo‘rdaning pishishini 
kutishga majbur bo‘ldi. 
— Otamni ko‘ch-ko‘ronlari bilan ko‘chirib kelavermabsan. Aytaman, deb xayolimdan 
ko‘tarilibdi, — dedi Asadbek Jalilga. So‘ng Muhiddin otaga qaradi. — Ota, o‘zingiz 
to‘yboshisiz, to‘ydan keyin ham siljish yo‘q, nabiralaringizni duo qilib shu yerda 
yashaysiz. 
— Xuddi otangizga o‘xshagan mehribonsiz, bo‘tam. Hamonki bu yoqlarga qaytdimmi, 
endi kindik qonim to‘kilgan joyda yashay. 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling