Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
232 — Zo‘rining laqabi «Tarzan» ekan. Atrofida yetti-sakkizta itbaliqlari bor. — Yetti-sakkizta, degin? Zo‘ri bilan gaplashdingmi? — Yo‘q, avval oldingizdan o‘tay dedim. Bu xabar Asadbekni o‘ylantirib qo‘ydi: «Bir zo‘r chiqib, yetti-sakkizta yigitning boshini qovushtirgan bo‘lsa, yomon emas. Bitta Hosilning o‘rniga yangisi kelibdi. Hozir tizgini tortilmasa, ertaga boshga chiqib olishadi. Kecha restoranda meni tanib, qochib qolishdi, ertaga tap tortmasdan to‘g‘ri ustimga bostirib kelishadi-da; «Yo‘ldan qoch!» deyishadimi? Men-chi? «Oxirgi nafasim qolganida ham senlarni urib, gardanlaringni sindiraman», deymanmi? Unda bu quruq gapdan kim cho‘chiydi?..» — Sen u bolani menga ro‘para qil, — dedi Asadbek, — o‘tirgan ekanmi, aniqlamadingmi? — «Tarzan» o‘tirmagan. Otasi kattalardan ekan, har qo‘lga tushganida quruq chiqargan. Otasining mashinasini uch marta olib borib urgan. Bittasida mashina ag‘darilib, to‘rt- besh marta yumalasa ham hech yeri tilinmabdi bu bolaning. Shuning uchun «Tarzan» deb laqab qo‘yishibdi. — Ninaga o‘tirmaganmi? — Bu tomondan toza, surishtirdim. Bolalarining ikkitasi qurug‘idan tortar ekan. — Yaxshi tekshirmabsan. Ikkita bolasi tortsa, o‘zi chetda o‘tirmaydi. Menga ro‘para kelganda ko‘zlari javdirab turuvdi. Yana tekshir. — Xo‘p, — Jamshid bir oz sukut qilgach, yana xojasiga qarab oldi. Asadbek uning nimadandir xavotirdaligini sezdi. — Gaping ichingda qolmasin, ayt. — Hozir indamasam, baribir ertami-indin eshitasiz. Qo‘shningiz Qamariddin akaning uyni sotishlari bejiz emas ekan. — Sen sotishini qaerdan bila qolding? — Samad bilan gaplashganlarida qulog‘imga chalinuvdi. — Endi sababini bildingmi? — Bildim. Qozidan eshitdim. — Qozidan? — Asadbek yomonlikning nafasini sezib, sergaklandi, — Qani, ochiq aytavergin-chi? — Qamariddin akaning o‘g‘illari ninaga o‘tirgan ekan. — Qaysi biri? — Kenjasi, uylanmagani. Sizning nomingizni sotib, «Bek akamning jiyaniman», deb avtobazaga ishga kirgan ekan. U yerdagi laqmalar bunga ishonib, yangi moshina berishgan ekan, bir haftada urib, majaqlabdi. Bo‘shatib yuborishga qo‘rqib, endi eski moshina berib qo‘yishibdi. «Buni otasi bilmasmidi? Menga boshqacha gapiruvdi?» — deb o‘yladi Asadbek. — Bola qulog‘igacha qarzga botgan, — deb gapni davom etdi Jamshid. «Demak, bilgan. Maqsadi uyni sotib boshqa uy olish emas, qarzdan qutulish... Meni nega aldadi? Qo‘rqdimi? Yo uyaldimi?» — Bugun Qozi ota-bolani choyxonaga chaqirtirgan. Hisob-kitob bo‘ladi. — Haydar akang biladimi? — Ha. Sizning yo‘qligingizda gaplashib olishmoqchi. Bunaqada uy ham ketadi, bola ham ketadi. — Jamshid xojasining o‘yga botganini ko‘rib, jim bo‘ldi, so‘ng so‘radi: — Qozixonaga haydaymi? Asadbek unga yalt etib qaradi, ko‘zlari yondi: — Qozixonada nima bor?! Uyga hayda! — dedi zarda bilan. Jamshid bu xabarni «agar aralashib, to‘xtatmasangiz, gap aylanib kelib, sizning nomingizni bulg‘aydi», degan ma’noda aytuvdi. Asadbek avvaliga «battar bo‘lsin, bularga odamgarchilik qilaman, degan odamning o‘zi ahmoq», deb g‘azablandi. Keyin |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling