Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
230 bormaydi, bu yog‘i ishonch-li. — U ancha dadillashib qolibdi. Menga aql ham o‘rgatdi. Bunga nima deysan? — Knyaz, u ertaga butunlay sinib, chilparchin bo‘lib ketadigan odam. Mamatbey unga shu tarzda tasalli bermoqchi bo‘ldi. Bu gaplar Xongireyga tasalli uchun kifoya qilmadi. Yasatig‘liq dasturxon yasatig‘lig‘icha yana mehmon kutardi. Dasturxon Asadbek uchun tuzalmagan, xos mehmonlar endi kelishlari lozim edi. Uchrashuv vaqti ham ular bilan kelishuv asosida belgilanib, Asadbekning «meni yo‘ldan qoldirish uchun atay shu soatga chaqirdi», degan gumoni o‘rinsiz edi. Xongirey uning Tbilisiga uchganini eshitgan, biroq, Moskvaga kelib, yo‘qlashini kutmagan edi. Shuning uchun ham Asadbekning soat nechada uchib ketishidan xabarsiz edi. Uning aslida Asadbek bilan suhbatlashishga ko‘zi uchib turmovdi. Faqat o‘yindan chiqqan «O‘qilon»ning rangi-ro‘yini o‘zi bir ko‘rib qo‘ymoqchi edi. Shu sababli jahli chiqsa ham sir boy bermay, gapni ko‘paytirmay unga ijozat bera qoldi. Asadbek o‘tirgan mashina shahar hududidan chiqmay turib restoranga Xongirey kutgan mehmonlar kirib kelishdi. O‘n kishilik joyning teng yarmini Xongirey, Baygildin, Mamatbey va har baloni qaytarishga shay bo‘lgan ikki soqchi egalladi. Kutilgan mehmon — Bugay ikki soqchisi bilan kelib, Xongireyning ro‘parasiga o‘tirdi. Tashqaridan qaragan odam o‘g‘rilar olamining ikki vakili janjalli masalani hal qilishga to‘plangan, deb o‘ylamasdi. Aksincha, quyuq ziyofat ustidagi do‘stlar davrasiga havas qilgan bo‘lardi. Davra chinakam ziyofat tarzida boshlanib, ikki soatga yaqin davom etdi. Bir-birlariga yaxshi tilaklar bildirildi, latifalar aytildi. Yaxshi tilaklardan erib ketgan Bugay o‘rnidan turib borib Xongirey bilan quchoqlashib, o‘pishib ham oldi. Yolg‘on lutfu karamlarning uzoq davom etmog‘i mumkin emasdi. Davra sovuy boshlagach, Bugay maqsadga ko‘cha qoldi: — Knyaz, — dedi u ehtirom bilan, — «Orxideya»ni ochayotganimda o‘zing menga oq yo‘l tilagan eding. Men senga o‘xshagan chapdast emasman, no‘noq o‘g‘riman. Shuning uchun ham ishlarim toshbaqa yurishda ketyapti. Yana sening daldangga muhtoj bo‘lib qoldim. Bugay bu so‘zlarni shunday osoyishta ohangda aytdiki, go‘yo Xongirey «Praga» restoranida o‘tirmaganday, go‘yo Markaziy bank xizmatchisining uyiga bostirib kirmaganday, uni qo‘rqitib olmaganday edi. — Men Xudoga bo‘ysunmasligim mumkin, lekin birodarlik qonuniga xiyonat qilmayman. Bizning oramizda muruvvat qilish yo‘q, majburiyat bor. Shuning uchun bo‘yniga tasma taqqan oliftalarga o‘xshab min-g‘irlamay, gapning dangalini ayt. Men erkaklar bilan gaplashishni yaxshi ko‘raman. — Chet bilan katta ishni boshlab qo‘yuvdim. Ish bankka taqalib qoldi, sen aralashmasang kuyib qolaman. Kechagina Xongireyni burdalab tashlashni istayotgan Bugay dardini shunday madaniy tarzda bayon etdi. «Sen tumshug‘ingni tiqqaning uchun ishim to‘xtab qoldi, bankdan qarz ololmayapman», deb da’vo qilmadi. Xongirey uning ayyorligiga tan berdi-yu, lekin erkakchasiga «men atay to‘xtatdim, mening ham nafsim bor», demadi. — Foydani chamalab ko‘rdingmi? — Foyda yomon bo‘lmaydi. — Endi do‘stim, o‘g‘rilikdagi birodarlik boshqa, tijoratdagi sherikchilik o‘zgacha, — dedi Xongirey tagdor ohangda. — Shartni ayt, — dedi Bugay. Ichida esa «birodarlik haqida gapirgan it senmiding?» deb so‘kindi. — Shaxsan men birodarlikni hamma narsadan ustun qo‘yaman, — dedi Xongirey xuddi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling