Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
234 — Nega bir hafta berding? Qozi avvalgi savoldan keyin sukut saqlay olgan bo‘lsa-da, bunisiga javob qaytarishga majbur edi. Faqat xojasining maqsadini fahmlamay gangidi: Asadbek bularga bir hafta kamlik qiladi, demoqchimi yo aksinchami? Javob tilga kelmay turib, savol yanada g‘azabli ohangda takrorlandi. — Bek aka, sizning hurmatingiz... — Mening hurmatimmi? Senga bir nima devdimmi? Boshqalarga qanchadan vaqt berarding? — Har xil... ko‘pi bilan uch kun... — Bularga nega bir hafta berding, ammangning erimidi? — Bek aka... — Yana mening hurmatimmi? E, o‘g‘il bola, eplasang qil bu ishni! Bunaqa ishda amma- xola, hurmat-purmat degan gap bo‘lmaydi. Haydar akang qani? — Asadbek avvalgi hukmdorlik martabasida turib so‘ragani uchun Qozi yana chaynalib qoldi: — Bilmasam... — Qozixonani yoplaring, demaganmidim? — Yopganmiz... Bu... bir bo‘lib qoldi-da... — Undirganingdan keyin qanchasi senga qoladi? — To‘rtdan biri. — Kam-ku, — dedi Jamshid gapga aralashib. — Sendan oldin milisaga borgan-ku? — Xudo ursin, buni bilmas edim, — dedi Qozi sarosima bilan. — Borgani aniqmi? — deb so‘radi Asadbek Jamshiddan. — Aniq. Milisadagilar «hurmatli odamning qo‘sh-nisi ekan, murosa qilib qo‘ya qollaring», debdi. — Milisada bor aql senlarda yo‘q, a? Chaqir anaviningni! Qozi xojasining amrini bir zumda ado etdi. Da’vogar kirishga ulgurmay, Asadbek uni so‘roqqa tutdi: — Milisaga borganing rostmi? — Undirish qiyin bo‘lganidan keyin... Da’vogarning gapi og‘zida qoldi. — Men sendan undirish qiyin bo‘ldimi, deb so‘ramadim. Milisaga bordingmi? — Bordim. — Bu akang pulning to‘rtdan bir qismini olmoqchimidi? Milisaga borganing uchun endi teng yarmini berasan. Qoidasi shunaqa, o‘g‘il bola. Sen qarz qilgan odam mening eng yaqin qarindoshim, ammamning o‘gay o‘g‘li bo‘ladi. Mening hurmatim yo‘qmi, qolgan yarmidan ham kechib qo‘ya qolmaysanmi? Asadbek kelmasidan avval qo‘ldan ketgan pulni ikki baravar qilib qaytarib olishga yetishay deb turgan da’vogarning tili aylanmay qoldi. «Bek aka, sizning hurmatingiz oldida bu pul sariq chaqa», desa joni omon qoladi, lekin «pul jigar qonidan bo‘ladi», deganlaridek, bular o‘ldirishmasa-da, pulga qo‘shilib jon ham chiqib ketishi hech gapmas. — Qani, sen so‘rab ko‘r-chi,mening gapimga tu- shunmayapti bu nusxang, — dedi Asadbek Qoziga qa-rab. Qozi urmadi-ku, lekin urgandan battar qilib turt-di. Da’vogar , bir qalqidi-yu, jonholatda: — Mayli Bek aka, — deb yubordi. Hartugul joni qattiq ekan, puldan ayrilsa ham qilt etmadi. Ammo ko‘z oldi bir oz qorong‘ulashdi. — Puldan osonlikcha kecharkansan, nima qilarding odamlarning boshlarini og‘ritib? Sen u bolani qaerdan tanirding? — Jiyanim bilan karatega birga qatnashgan ekan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling