Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet237/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
237
Mening bir niyatim bor, yo‘q desangiz, qattiq ranjiyman. 
— Qani, ayting-chi? 
— Mahallamizdagi masjidimiz bitib qoldi. Endi unga yaxshi bir imom kerak. Nima deding, 
Jalil, otam imomlik qilsalar uzukka ko‘z qo‘ygandek bo‘ladimi? 
Jalil ma’qul ishorasini qilishga ulgurmay, Muhiddin ota inkor etdi: 
— Hay, hay, bo‘tam, asti-asti bo‘lmaydirgan yumushni yuklamoqchisiz. Imom — olim 
bo‘lishi kerak. Bandada bunaqangi ilm yo‘q. Meni gunohga botiraman, demang. 
— Jalil, sen gapirgin: ikkita kichkinagina sura bilan to‘rtta hadisni dastmoya qilib 
yuradigan imomlar kammi? Otam ularning oldida professorlar-ku?! 
— Asad to‘g‘ri aytyapti, — dedi Jalil o‘rtog‘ini quvvatlab. — Qaysi bir jumada eski 
shahardan sal naridagi mahallaga yo‘lim tushib, masjidga kiruvdim. Sen aytgandaqa 
imomi bor ekan. Nima emish, odamning sochlari antennamish, narigi dunyodagi 
to‘lqinlarni qabul qilib olarkanda, shunda odam tush ko‘rarkan. Shunda yonimdagi bir 
namozxon «Ie, bunisi qiziq bo‘ldi-ku, kal boshlarda antenna yo‘q-ku, tush ko‘rmaydimi?» 
deb mendan sekingina so‘radi. Mening shaytonim qo‘zib, «ularning kal boshi — 
parabolicheskiy antenna!» deb qo‘ya qoldim. Bema’ni gapi tugarmikin, desam, Xudoning 
mo‘’jizalaridan gapira turib «o‘rik nima uchun sariq, bilasizlarimi?» deb o‘zi javob
beryapti: nima emish, o‘rikni ko‘p yegan odam ichketar bo‘larmish. Shuning uchun o‘rik 
sariq rangda yaratilganmish. 
Asadbek buni latifa sifatida qabul qilib kuldi. Muhiddin ota esa «Astag‘firulloh!» deb bosh 
chayqadi. 
— Shunday shohona masjidga o‘shanaqa telba-teskari odam imom bo‘lib kelsinmi? — 
dedi Asadbek. 
— Nasib qilgan odam kelib qolar. 
— Hech bo‘lmasa so‘filik qilarsiz? 
Bu gapdan Muhiddin ota kuldi. 
— Mendaqa qari odamning so‘fi bo‘lganini qaerda ko‘rgansiz? O‘zimning ovozimni o‘zim 
zo‘rg‘a eshitaman, men azon chaqirsam masjidning devoridan nariga o‘tmas.— Xo‘p, 
unda qorovul bo‘lasiz. Jalil, sen nima deysan?— Xudoning uyida qorovul bo‘lmaydi. 
— Obbo, sen ham juda tor olasan-da. Masjidning yonidan o‘tadigan odamlarning 
hammasi Xudodan qo‘rqadi, deb o‘ylaysanmi? Bittasining bo‘lmasa ikkinchisining ko‘ziga 
gilam chiroyli ko‘rinsa, buklaydi-yu, oladi-ketadi. Yo bo‘lmasa Xudoning uyidan tabarruk 
deb ko‘taradi. Nomi qorovul bo‘lmasa ham qarab turadigan odam kerak. Haj qilinadigan 
payt yozdami? Ana, ke-yin Hajga ham boramiz. 
— «Boramiz» deganing kimlar? — deb so‘radi Jalil. 
— Otam, sen, men. 
— Sen? Sen Makkai mukarramaga borasanmi? Avval peshonang joynamozga tegsin. 
— Bunisi ham vaqti bilan bo‘ladi, oshna. Senam tug‘ilishing bilan namoz o‘qimagansan. 
Makkaga borilsa butun gunohlar yuvilarkan. 
— Ol-a, — dedi Jalil qo‘l siltab. — Makkai mukarrama senga hammommi, gunohlarni 
yuvib tashlaydigan. Sen gunohlaringdan shu yerda qutulib, u yoqqa pokiza bo‘lib 
borishni niyat qil. Bu yil otamni yuborish kerak. 
Muhiddin otaning shunday niyati bor, safar xarajatlariga loyiq mablag‘i ham yetarli edi. 
Shu sababli «qo‘yinglar, bo‘tam, qo‘yinglar», deb bahsga yakun yasadi. 
Bu orada Jalilning xotini kosalarda qaynoq moshxo‘rda olib kirdi. 
Ovqatlanib bo‘lib ko‘chaga chiqishayotganda Asadbek Jalilni chetga tortib: 
— Rahmon tabibnikiga o‘tmadingmi? — deb so‘radi. 
Jalil shu savolni kutib turgan edi, jahl bilan uning yengini siltab tortdi-da: 
— Xudo senga million boylik bergan-u, tariqcha aqldan qisgan, — dedi, — bilib qo‘y, 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling