Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
224 borib-kelishga ijozat berilmadi. «Hujjatlaringizda chalkashlik bor ekan», deyishdi-ku, biroq, bu chalkashlik aynan nimadan iborat ekani tushuntirilmadi. Ular izoh berishmasa ham Oysanam bu monelikni erining o‘limi bilan bog‘ladi. Ko‘nglining mahzunlik to‘rida nola chekishiga yana bir sabab bor edi. U Kesakpolvonning maslahati bilan prokuraturaga bordi-yu, qaytib chiqishining o‘zidayoq adashganini fahmladi. Akasi qamoqqa olingani-da uyga kelishib tintuv qilishgan edi. Yangasining muhtojlikda yashamasligi bularga oyday ravshan ekanini hisobga olmagan ekan. Oysanam bu tergovchi ham borib tanishar, degan fikrda prokuraturadan chiqib akasinikiga yo‘l oldi. Ko‘zga tashlanishi mumkin bo‘lgan qimmatli jihozlar yig‘ishtirilib, qudaxolanikiga jo‘natildi. Oysanam avvalgi kelganida yangasi «Erim sening eringning kasriga qoldi, bekordan bekorga azob chekib o‘tiribdi», degan ma’noda g‘ishava qilgan edi. Oysanam «Senlar mening erimning soyasida yayrab yashadinglar», degan gap bilan uzib-uzib olmoqchi edi, lekin kichik g‘alva katta janjalga aylanib ketmasin deb tilini tiygan edi. Bu safar ham yangasining ming‘ir-ming‘irlari pichoqqa aylanib, suyakka qadalsa-da, chidadi. Akasinikidan qaytgandan keyin ko‘chaga chiqishlardan bezib, o‘zini o‘zi uy qamog‘iga hukm etdi. Hatto non do‘koniga chiqishga ham oyog‘i tortmay, qo‘shni bolalarni ishga soldi. Erining o‘limidan so‘ng nazarida bu uy og‘zi ochiq ajdahoga o‘xshab qolgan edi. Ayniqsa shom qorong‘uligini yurak hadigi bilan qarshilardi. Xonadonga mavjud barcha chiroqlarni yoqib qo‘ysa-da, qorong‘ulik qo‘rquvi chekinmasdi. Onasi kelib tursa ham, o‘zi onasinikiga borganida ham bu ahvol o‘zgarmas edi. Qorong‘ulik go‘yo go‘rdagi erini uyg‘otardi. Hayotligida xo‘rsinmagan eri o‘lganidan keyin kelib har tun xo‘rsinardi. Oysanamning uyqusi kelsa-da, uxlolmasdi. Shirin uyqudagi o‘g‘liga tikilib o‘tiraverardi. Bu uyda yashay olmasligini bilib, sotishga qaror qildi, biroq, erining o‘limiga taalluqli ish bir yoqlik bo‘lmaguniga qadar qarorini amalga oshirishni keyinga surdi. Kecha, dunyo ko‘zlariga qorong‘u va tor ko‘rinayotgan damda Kesakpolvon kelib, ko‘ngli yanada xufton bo‘ldi. Kesakpolvon avvalgi safar muddaosiga yetolmagach, uni haqorat qilib chiqib ketgan edi. Oysanam bu xorlikka chidolmay yig‘lagan, so‘ng «so‘kib, yuragini bo‘shatib oldi, endi daf bo‘ladi», degan xayolda o‘zini o‘zi ovutgan edi. Kesakpolvonning yana kirib kelishi uni og‘ir ahvolga soldi. Kesakpolvon o‘zini mehmon emas, uy xo‘jasi kabi tutib, avvaliga choy buyurdi, so‘ng konyak so‘radi. Aytganlari muhayyo bo‘lgach, juvonga yonidan joy ko‘rsatdi. Ikkinchi qadahni uzatib, ichishni amr etdi. Oysanam ichmas ham, ayrim zamonaviy ayollarga qo‘shilib, chekmas ham edi. Qaysi bir ziyofatda o‘sha o‘zlarini madaniyatli sanagan xonimlar davrasida sigaret tutilganda u olmagan, «voy, qanaqasiz, chekmaysizmi?» degan tanbehli savolga «yaqinda tashlaganman», deb javob berib qutulgan edi. Hozir Kesakpolvonga bunday deya olmasdi. Shu sababli qadahni olib, labiga tekkizib qo‘ydi. Kesakpolvonning shilqimligi boshlangach, ko‘kragidan itarib, o‘rnidan turib ketdi. Bu safar ham quruq qaytishini anglagan Kesakpolvon yana tiliga erk berdi. Avval Oysanamning o‘zini balchiqqa bulg‘ab tashladi, keyin «ering unday edi, bunday edi», deb tiliga kelganini qaytarmadi. Bu gaplar orasida Oysanamga yangilik bo‘lgani — erining taksoparkda katta xatoga yo‘l qo‘yib Bek akasi oldida gunohga botgani, Kesakpolvonning mehri-oqibati tufayli afv etilgani, yana aynan Kesakpolvon marhamati bilan Hosilboyvachcha qo‘lidagi zavodning olib berilgani edi. Bu marhamatlar «Mavlonning chiroyli qoshu ko‘zlari uchun» emas, balki Oysanamga bo‘lgan ishqu muhabbati tufayli ekani ham shu haqoratlar orasida ma’lum bo‘ldi. Kesakpolvonning ketar chog‘ida «Aslida o‘zing ham eringning yonida chirishing kerak», degani juvonga hukm kabi eshitilib, oyoq-qo‘llari bo‘shashib ketdi. Dastlab o‘zining joni ko‘ziga ko‘rinib, tashvishlangan bo‘lsa, keyinroq yana «o‘g‘limga daf qilsa-ya!» degan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling