Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
219 — Vey, g‘irt o‘g‘il bola ekansan, menga yoqding! — dedi Kesakpolvon suygan otaning mehrli ovozi bilan. Keyin piyolaga yana aroq quydi: — Juft qilib keta qol. Sen xo‘ja, boshqa bir imorat sol, uy to‘yingga o‘zim toy yasatib boraman. Otarchilarning xo‘rrozi ham mening bo‘ynimga. Qani, qo‘lni tashla! Qo‘l tashlandi. Aroq ichildi. Uy qo‘ldan ketdi. Jon foydaga qoldi. Ma’murxo‘ja ko‘chaga chiqqach, chuqur-chuqur nafas oldi. Avvaliga xo‘rligi keldi. Keyin boshi-ko‘zidan qilingan sadaqa evaziga jonlari omon qolganidan shukr qildi. Kesakpolvon Asadbekning so‘nggi buyrug‘ini shu tarzda, o‘zining nomini o‘rtaga qo‘yib, xamirdan qil sug‘urganday oson hal etdi. «Bu ishdan rahmat kelsa ham, la’nat kelsa ham Asadning o‘ziga uraveradi», deb o‘yladi u Ma’murxo‘ja chiqib ketgach. Ishni oson hal qilgani bilan Selimning huzurida boshlagan ko‘ngilg‘ashligi tarqamadi. Bolaligi yetimlikda o‘tgan bu odam shu kunga kelib, yonidagi eng yaqinlaridan ajrab yana yetim holiga tushganini anglay boshladi. Chuvrindining o‘limi, Asadbekning undan uzoqlashuvi uni yolg‘izlik sahrosiga hukm etdi. «Asadbekni men odam qilganman», deb yuruvchi odam Asadbeksiz yashashi qiyinligini bila borgani sayin bu haqiqatni tan olmaslikka tirishardi. Qozi ko‘tarib kirgan bir lagan moshkichirining hidi ishtahasini qitiqlab uyg‘otdi. Uch-to‘rt qoshiq yegach: — Dum solmadingmi? — deb so‘radi. Bu tanbehni eshitgan Qozi og‘zidagi luqmani chaynashni ham, yutishni ham bilmay, baqrayib qoldi. «Xo‘jayin, o‘tgan safar «kallang bormi, moshkichiriga ham dum soladimi?» deb urushuvdingiz-ku?» deya olmadi. Chala chaynalgan luqmani yutib: — Bozorda tuzukrog‘i uchramadi, — deb qo‘ya qoldi. — Og‘zingga pashsha qo‘ndirib yotsang, senga yaxshisini oldirib qo‘yishadi, — Kesakpolvonning bu tanbehi javobsiz qoldi. Shoir «Har nimaga g‘am yema — g‘am ko‘p durur, aysh birla o‘zni ovutmoq kerak», degan ekan. Garchi Kesakpolvon shoirning bu hikmatidan bexabar bo‘lsa-da, o‘zni ovutmoq chorasini izladi. O‘ylay-o‘ylay bu farog‘atni Oysanamning qo‘ynida ko‘rish mumkin, degan qarorga keldi. Oysanamdan yosh, undan chiroyli va ishvalilarga emas, aynan unga ko‘ngli chopaverishidan o‘zi ham ajablandi. Download 5.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling