Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
215 hujjatlarga hamma qo‘llarni qo‘ydirib, bizdan olgan pulingni uchga ko‘paytirib, topshirasan. Karra jadvalni bilarsan-a, indinga qolsa, uchga emas, o‘nga ko‘paytirasan. Savatdagi gullarni ko‘rdingmi, o‘sha yerda mozorga qo‘yiladigan gulchambarlar ham bor ekan. Meningcha, savatdagi gul yaxshi, a? Men senday kuyovim borligidan faxrlanaman. Bugundan e’tiboran endi sen bilan tez-tez uchrashib turamiz. Men seni himoyamga olaman. Sen esa sovg‘alarni arra qilasan. Kelishdikmi? Dovdirama, sen Bugayga ishonma, u seni himoya qila olmaydi. Xongirey o‘rnidan turib, Markning ro‘parasida kerishdi-da «Misha!» deb chaqirdi. Bolalar xonasidan Mamatbey chiqib kelgach: — Qara, qanday kuyovim bor mening? — deb zaharli tirjaydi. Ostonaga yetganda to‘xtab, Mark tomonga o‘girildi: — Qara-ya, kuyov, to‘rtinchi qavatdagi kampirning o‘ligi ikki yilgacha oshxonasida yotibdi-ya — deb qo‘ydi. Mashinaga chiqib o‘tirishgach, Mamatbeyga: — O‘sha kampirning o‘lganini menga yaxshi aytding. Bular endi ertalabgacha ishtonlarini ho‘l qilib chiqishadi,— deb kuldi. Chindan ham bu gap Markning xonadoni tinchligini oldi. Ertalab eshiklari yoniga tizib qo‘yilgan qora matoli beshta motam gulchambarini ko‘rishgach esa, taqdirga tan berishdi. Mark oqshomga qolmay Mamatbeyga qo‘ng‘iroq qilib, vazifa bajarilganini bildirdi. _______________ * Moskovskiy ugolovniy rozisk — jinoyatga doir qidiruv bo‘limi. * Moskvadagi restoran nomi. 2 — Bu yog‘i musulmonchilikdan bo‘lmadi, — dedi Kesakpolvon norozi ohangda. — Har holda begona emasmiz. Odamlar begonalarnikiga ham fotihaga boradilar. Bitta samoletda borib, keyingisida qaytib kelardim. Mamatbeyga qoyil qolmadim. Selim nard toshlarini yumuq kaftida aylantir-gan bo‘lib, taxtaga tashladi. Ikkita oltilikni ko‘rib, Kesakpolvonga «qoyilmisan», deganday tirjaydi. Donalarni joylashga shoshilmay: — Mamatbey to‘g‘ri qilibdi. Sen bu yerdagi ishingni qoyillatsang ham katta gap, — dedi. Keyin birinchi donani bo‘sh katakka joylab turib, qo‘shib qo‘y- di: — Maskovda senga pishirib qo‘yibdimi? Bu gapdan Kesakpolvonning g‘azabi qaynab, hozirgina qo‘liga olgan nard toshchalarini Selimga qaratib otdi. — Sen bola, haddingdan oshma! Xudoning o‘zidan vakolating bo‘lsa ham bir kunmas bir kun mendan tepki yeb qolasan. O‘ladigan dunyoda seni bi-ir tepib o‘larman, — Kesakpolvon bu safar alamini nard taxtadan oldi — qavatlarini shart yopib, chetga uloqtirdi. Selim Kesakpolvonning vajohatidan astoydil qo‘rqdi, chegaradan chiqqanini anglab, go‘yo o‘zini himoya qilishga shaylanganday o‘rnidan turdi. — Jahling chiqmasin, bu mening gaplarim emas. Men ham bormoqchiydim, Mamatbey menga shunday javob qildi. — Senga javob qilgan bo‘lsa, bu sassiq gapni o‘zing hazm qilib yuravermaysanmi? Menga dasturxon qilasanmi, so‘tak! Sening borishing boshqa, mening borishim boshqa. Sen fotiha bahonasida bolalaringni ko‘rib kelmoqchi bo‘lgansan. Ular ahmoqmi, buni tushunishmaydimi? — Bolalarimni sog‘insam, ulardan so‘ramayoq borib-kelaveraman. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling