Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet212/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
212
Mamatbey «tushundim» deganday bosh irg‘ab qo‘ydi-da, cholg‘uvchilarga yaqin stol 
atrofida o‘tirgan yigitlarga ishora qildi. Ulardan biri yaqinlashgach, qulog‘iga shivirladi. 
Ziyofatda odam kam ekanligidan shubhalanayotgan Xongireyning xayoliga yana bir fikr 
kelib, hali ko‘chaga chiqishga ulgurmagan yigit qo‘shimcha topshiriq oldi. 
Ular ziyofatning oxiriga qadar o‘tirmadilar. Vazifani bajarib qaytgan yigit Mamatbeyga 
hisob bergach, qo‘zg‘olishdi. Mashinaga o‘tirgan Mamatbey amrga mahtal haydovchiga 
qaramagan holda: 
— Arbatga, — deb qo‘yib, Xongireyga hisob ber- di: — bu bechora kambag‘alning xotini 
har oyda bir tug‘ilib turar ekan. Yaqinda «Rossiya»da nishonlashibdi. 
— O‘tirishlaridan shunaqaga o‘xshovdi. Bular kanaga o‘xshagan narsa, odamlarni siqib, 
qonini ichib turishmasa yeganlari ichlariga tushmaydi. 
— Bugay Avstriya bilan oldi-berdi qilmoqchi ekan, ish valyutaga qadalib qolibdi. Bu 
ziyofat o‘sha to‘g‘onni buzarkan. 
— Bugay o‘g‘irligini esdan chiqaribdi. Ishni madaniychasiga hal qilmoqchi bo‘libdi-da. E, 
yo‘q, — Xongirey esnab, kerishdi. — Bular bilan madaniy tilda gaplashib bo‘lmaydi. 
Bularning taqdirini o‘g‘rilardan boshqa hech kim hal qilish huquqiga ega emas. Men 
o‘g‘riman, o‘g‘ri ekanimdan faxrlanaman. Bular ham aslida mendan battar o‘g‘ri, lekin 
«o‘g‘risan», desang jazavaga tushadi. Qarab tur, sening hujjatlaring uzog‘i bilan indinga 
tayyor bo‘ladi. Bugay esa ziyofatga kuyib qolaveradi. 
— Knyaz... — Mamatbey «bular o‘limga hukm qilindi», deb o‘ylab, e’tiroz bildirmoqchi 
bo‘ldi. 
— Ovozingni o‘chir, — dedi Xongirey barmoqlarini qisirlatib. — Men ularni hatto 
chertmayman. 
— Knyaz, uyida qaynonasi bilan ikkita bolasi ham bor. 
Xongirey «bo‘lsa nima?» deganday qarab qo‘ydi-yu, javob bermadi.
Xo‘jayinning amri bilan yo‘l-yo‘lakay bir savat gul olvolishdi. 
Yoshi ellikdan oshib, pardozga zo‘r bergan ayol gul ko‘tarib kelgan odamlardan 
hadiksiramadi. Qimmatbaho sovg‘alar qabul qilib olishga ko‘nikkani uchun savatdagi 
noyob gullarga mensimaygina qarab olib, kiyimilgich tomonni ko‘rsatdi-da, «shu yerga 
qo‘ying» deb buyurdi. Mamatbey gulni qo‘yib: 
— Sharlotta Moiseevnani tug‘ilgan kunlari bilan tabriklaymiz, — deb qanday maqsadda 
gul keltirganini yana takrorladi. Ostonada turgan Xongirey esa ayoldan ko‘z uzmay tikilib 
turdi. Undan «Ie, qizimning tug‘ilgan kuni emas-ku», degan gapni kutdi. Ayol kiprik 
qoqmay tikilib turgan Xongireyga qarab-qarab qo‘ydi-yu, Mamatbeyga: 
— Boravering, gullaringizni berib qo‘yaman, — dedi. 
Shundan so‘ng Xongirey ostona xatladi. Uning izidan ikki yigit ham kirib, eshik 
yopilgach, ayolning ko‘zlari javdirab, tislandi. 
— Sizga nima kerak? — dedi. Keyin ovozini ko‘tarib, qichqirdi: — Sanya, militsiyaga 
qo‘ng‘iroq qil! 
Mamatbey Xongireydan buyruq kutmayoq, tezlik bilan ichkari xonaga o‘tdi. 
Margarita Iosifovna, sizni bolaligingizda yaxshi tarbiya qilishmagan ekan. Birov gul 
olib kelsa, avvalo «rahmat» deyish kerak, — Xongirey ayoldan ko‘zlarini uzmagan 
ravishda bostirib kela boshladi. Ayol esa beixtiyorlik bilan tislanib, chekindi. — Undan 
tashqari, «Bu ajoyib gullar kimdan sovg‘a?» deb so‘rash kerak, shundaymi? Siz 
qo‘rqmang.. Meni... tanimayapsiz shekilli, a? 
— Tanimadim... — dedi katta xona o‘rtasida to‘xtagan ayol, so‘ng bolalar o‘tirgan xona 
tomonga xavotir bilan qarab qo‘ydi-da, titroq ovozda «Bolalarga tegmang», deb yalindi. 
— Bolalarga nega tegarkanmiz? Biz yaxshi bolalarni hatto chertib ham qo‘ymaymiz. 
Sizga ham tegmaymiz, qo‘rqmang. Biz bosqinchi emasmiz. Siz nega meni tanimadingiz


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling