Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
XVII b o b
1 Odam tug‘ilishi bilan yashay boshlaydimi? Bu savol har bir inson bolasiga bema’ni tuyulishi tabiiy. Odam yashamoq uchun bu dunyoga keladi, degan ojiz haqiqat barchaning ongidan muqim o‘rin olgan. Ayrim olimlarning aytishicha, chaqaloq tug‘ilishi hamon «Ana endi o‘ladigan bo‘ldim», deb yig‘lar emish. Agar bunga ishonilsa, odam bolasi tug‘ilishi bilan o‘limi onlarini kutish navbatiga turadi. Asli bu yorug‘ dunyo Azroil do‘koni eshigiga tizilgan navbat zanjiridan iborat. Ajabki, o‘lim navbatida turib ham ba’zilar boshqalarni o‘ldirishni istaydilar. Tirikliklarida birovlarni oyoqosti qilib, o‘lganlarida o‘zlarining oyoqosti bo‘lmaklarini go‘yo bilmaganday yuradilar. Azroilning do‘koni ko‘zga tashlanib, navbat yetgach esa qochmoqqa go‘r ham topolmay qoladilar. Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik www.ziyouz.com kutubxonasi 209 Xongirey ayni shu toifadan edi. Bir kuni Jalil Asadbekka zaharli so‘z nishlarini sancha turib: «Agar olamning kuni senlarga topshirilsa, yer yuzida halollik ham, vafo ham, mehr-oqibat ham qolmaydi. Senlar kurtak ochgan niholni sindirib tashlashdan, boychechakmi yo polaponlarnimi ayamay toptashdan toymaysanlar. Hatto bir-birovingni ayamay yanchasanlar. Senlarning huzur-halovatlaring shu yanchishdan. Nima uchun Haydar kessaging bilan do‘stsan, aytaymi? Ikkovingning halquming bir, nafsing bir», degan, Asadbek bu haqiqatga qarshi jo‘yali javob qaytara olmagan edi. Agar Jalil Xongireyni tanisa, qilmishlaridan xabar topsa unga ham ayni shu gaplarni aytib, balki undan «Dunyo o‘zi yanchish uchun yaralgan, sening uzilib tushgan xazonday ham qadring yo‘q», degan javobni eshitarmidi... Xongireyning turish-turmushi faqat yanchishdan, o‘limga hukm etishdan iboratdir, deyish ham insofdan emas. Bir kuni Zelixon unga «Odam o‘ldirish bo‘yicha chempion bo‘lmoqchimisan, sal orqa-oldingga qarab fikr qil», deb tanbeh berganida u «Men dushmanlarimni o‘ldiryapman, dushmanlarim ko‘p bo‘lsa men aybdormanmi?» deb o‘zini oqlagan edi. Otasini yerga topshirib qaytgach, o‘limga hukm etiluvchi odamning unga dushmanligi yo‘q, aksincha sadoqati mavjud edi. Aniqroq aytilsa, tasodif bilan qo‘lga tushib qolgan yigitini qamoqdan qochishiga o‘zi yordam bergan edi. Xongireyni kutib olgan Mamatbey qamoqdan qochgan yigitning Moskvaga yetib kelganini aytib, «xabarning chalasi bor, uni ham aytaveraymi?» deganday unga qarab qoldi. — Yana nima darding bor, gapir, — dedi Xongirey. — U bir o‘zi qochmabdi, sherigi bor, — dedi Mamatbey. — Kim? — Tanimaysiz, men ham tanimayman. — Kim deyapman?! — Bu safar Xongirey zarda bilan so‘radi. — Mentlardan ekan. — Nima bilan o‘tiribdi? — Zo‘rlash. — Shu yoqqa boshlab kelibdimi? — Yo‘q. Birga qochib chiqishganu Tyumenda ajralishgan. Xongirey unga qovoq uyub qaradi-yu, boshqa gap ayt-madi. Idoraga kelishganda Mamatbey uzilib qolgan suhbatni davom ettirdi: — Aytishicha, ment yaxshi yigitga o‘xshaydi. Xizmatga olsak ham bo‘larmish. — Shunaqami? — Xongirey sigaret tutunini yuqoriga qarab pufladi-da, kulini yonida o‘tirgan Mamatbeyning tizzasiga qoqdi. Xo‘jayinining kayfiyati buzilganini sezgan Mamatbey kulni qoqishga shoshilmadi. Tag‘in ham Xongirey hozir unga nisbatan marhamat qildi. Agar sigaret cho‘g‘ini yuziga bosganida ham Mamatbey churq etmasdan o‘tirgan bo‘lardi. — Demak, xizmatga oladigan bo‘lib qolibsanlar-da, a? — dedi Xongirey, — Balki unga toj ham kiydirib qo‘ygandirsan? — Men unaqa demadim, — Mamatbey o‘zini oqlamoqchi bo‘ldi. — Aqling zanglabdi, — dedi Xongirey, — u ahmoq senga tavsiya etibdi, sen ahmoq esa bir shilta mentni xizmatga olish mumkin, deb o‘tiribsanmi? Qachondan beri mentlarni xizmatga oladigan bo‘lib qoldik? — Axir... — Nima, «axir»? Gapir! — Mentlar xizmatimizni qilishadi-ku? — Rostdanam aqling zanglabdi. Mentlar bizga xizmat qilishmaydi, men ularni xizmat |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling