Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
205 mardligi Anzorni ham qoyil qoldirib, «Sen faxriy gruzinsan!» degan edi. O‘shanda hayajon bilan aytib yuborilgan bu gap Asadbek uchun unvon bo‘lib qoldi. Zinadan tushib Anzor bilan quchoqlashib ko‘rishayot-gan Asadbekning ko‘zlari Ilikoni qidirdi. Buni sezgan Anzor «Iliko shu yerda», deb uni tinchlantirdi. Ular uchoqdan yuz qadamcha narida turgan, oynaklari qoraytirilgan oq «Mersedes» tomon yurdilar. Mashina eshigi ochilgach, orqa o‘rindiqda o‘tirgan Iliko ko‘rindi. «Bu ham o‘zining soyasidan qo‘rqib qolganmi?» Asadbek ko‘nglidan shu gapni o‘tkazib, Ilikoning yonidan joy oldi. — Bek og‘a, tushib kutib olmaganim uchun ranjima. Bu atroflarda bizni birga ko‘rmay turganlari ma’-qul, — dedi Iliko so‘rashib bo‘lgach. Anzor «Mersedes»ga o‘tirmadi. U orqadagi mashinada yetib boradimi yo Tbilisida qoladimi, Asadbek surishtirmadi. To shahardan chiqqunlariga qadar ikkovlari uchun ham ahamiyatsiz bo‘lgan gaplardan gaplashdilar. Odatda hamsafarlar jim ketmaslik uchun nimalarnidir gapirib ketadilar. Shu «nimalarnidir»ga ob-havoning o‘zgarishi ham, Kanadadagi avtobus halokati ham, Vezuviy vulqonining uyg‘onishi ham kiradi. Bunaqa paytda «Tbilisidagi bozorda olma narxining oshishiga Vezuviy vulqonining nima dahli bor?» deb so‘rab o‘tirilmaydi. Asadbek bilan Ilikoning suhbatlari ham shunga o‘xshash bo‘ldi. Tog‘ning ilon izi yo‘llaridan borishayotganda Iliko: — To‘yingni sal orqaga sursang bo‘lardi, sening bahonangda men ham bobomning yonida qolib, ozgina dam olardim. Bobomga ancha dalda bo‘lardik. Hozir unga qiyin, — dedi. So‘ng xo‘rsindi-da, qo‘shib qo‘ydi: — Juda qiyin. — Qolishning hech iloji yo‘q. Bugunoq Tomskka uchishim kerak, — dedi Asadbek. — U yerda nima qilmoqchisan? — deb ajablandi Iliko. — Kozlov o‘sha yerda emish. — Tomskdami? — Iliko boshidagi novvotrang shlyapasini qo‘liga olib, xuddi changini qoqqanday bir-ikki chertib qo‘ydi. — O‘zim ham shunaqadir deb o‘ylovdim. Demak, Balabuxaning yonida ekan-da? Asadbek faqat Tomskni emas, balki uning atrofidagilarni ham bir so‘zi bilan yotqizib- turg‘izishga qodir Balabuxa degan odam borligini eshitgan, ammo o‘zini ko‘rmagan edi. Uning ta’rifidagi gaplar mish-mishmi yoki haqiqat ekanini ham aniq bilmasdi. Kozlov bu kunlarda aynan uning panohidami yoki boshqa birovningmi — buni ham aniq aytolmasligi sababli: — Bilmadim, balki yonidadir? — deb mujmal javob berdi. — Ha, o‘sha yerda, — dedi Iliko ishonch bilan, — uni Balabuxadan boshqasi himoya qila olmaydi. Sulikoning o‘limidan sal oldin Xongirey zo‘rlarning zo‘rini to‘plab, Shaxovskiydagi bog‘ida ziyofat beruvdi. Shu ziyofat bahonasida Kozlov bilan sening o‘yindan chiqishingga ruxsat oldi. Balabuxa Kozlovni himoya qildi. Lekin «unga tegma!» deb qattiq talab qilmaganiga hayron bo‘luvdim. O‘zining bir rejasi bordir. Bilib qo‘y: ziyofatda hech kim sening yoningni olmadi. Men ham indamadim. — Indaganingning foydasi bo‘larmidi? — dedi Asadbek. — U yerda asosan o‘g‘rilar yig‘ilishgandir. Ular qimorvozlarni yomon ko‘rishadi. — Buni o‘zing to‘g‘ri tushunasan. U yerda gap talashishning mutlaqo foydasi yo‘q edi. Biz ishimizni bilib qilaveramiz. Xongireyning taqdiri bitta — mag‘lub bo‘lish. Taqdiridagi oxirgi so‘zni biz yozamiz. Ishonching komil bo‘laversin. — Sulikoning o‘limida uning qo‘li borligi isbotlandimi? — Menga isbot kerak emas. Men o‘zim ishonaman, shuning o‘zi yetarli. Xongirey «qimorbozlarga tegmayman», deb so‘z bergan edi. U kavkazlik erkak emas, allaqayoqlik qanjiq! U va’dasini buzdi — Tinyan qimorbozni bosibdi. Tinyan qimorbozning Suliko bilan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling