Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
206 sherikchiligi bor edi. Xongirey buni bilardi. Bilib turib atay bosgan. Mening g‘ashimga tegmoqchi bo‘lgan. Suliko esa mendan avvalroq uni ko‘pchilikning orasida qattiq so‘kkan. Sulikoni xuddi o‘sha kechasi o‘ldirib ketishgan. Senga yana qanday isbot kerak? — Iliko... — Asadbek aytar so‘zlarini yana bir o‘ylab olgach, gap boshladi: — Ikkoving ham Moskva uchun begona odamsanlar. Bir-biringga tish qayrasalaring slavyanlar senlarni chaynamay yutishadi. — Bu sening gaping emas, Bek. Bu — Xongireyning falsafasi. Menga ham aytgan buni. Bunda ikkita xatolik bor: Xongirey hech qachon menga el bo‘lmaydi. Uning tili boshqa, qalbi boshqa. Gruzinlar bunaqalarni odam o‘rnida ko‘rmaydi. Ikkinchi xato: Men Moskvaga begona emasman, xo‘jayinman. Men nima istasam shu bo‘ladi. Ruslar Kavkazni urush bilan olishgan edi, biz uning poytaxtiga urushsiz ega chiqqanmiz. Shuning uchun sen bizning taqdirimizdan tashvishlanma. Moskvadagi uchrashuvlarida ham Iliko Xongirey bilan hisob-kitob qilajagini aytgan edi. Hozir ham takrorladi. Asadbek bu gapdan keyin o‘zini ko‘chada kaltak yeb akasiga arz qilib kelgan mishiqi bola holatida ko‘rib, g‘ashlandi. Chunki u Xongirey «chetga chiq» degani bilan bir zumdayoq tobega aylanib qolmagan, fursati kelishini kutib ozgina chekingan edi xalos. Eng muhimi — Ilikoga «qasdimni olib ber» demovdi, o‘la qolsa ham bunday demasdi. «Mening tashvishimda yurgani yo‘qdir. Akasi uchun qasos olmagunicha tinchimaydi. «Qonga — qon, jonga — jon!» dedimi, vassalom... Uning dardi menikidan og‘irroq... Men qo‘limdan ketganini ertaga qaytarib olaman. Buning yo‘qotgani esa qaytmaydi...» — Asadbek o‘zini shu gaplar bilan ovutgan bo‘ldi. Tog‘li qishloqqa nonushta mahali yetib kelishdi. Bu tomonlarda hali qor erib ulgurmagan, ayniqsa mag‘rur cho‘qqilar oq papoq kiygan mo‘ysafidlar singari go‘yo mudrardi. Ilikoning bobosi xuddi ularni kutayotganday ayvon ustuniga suyanganicha yo‘lga tikilib turardi. Avval nabirasini, so‘ng mehmonni ko‘rgach ham yuzida quvonch nishonasi sezilmadi, g‘amgin qiyofasi o‘zgarmadi. Orqadagi mashinada yetib kelgan Anzor chol bilan ko‘rishgach, yordamchi yigitlari bilan birga dasturxon tuzashga kirishdi. Chol ularning harakatlariga monelik qilmay, zarang hassasini qo‘ldan qo‘ymasdan hovliga tushdi. Asadbek unga ergashib, hol-ahvol so‘radi. Chol unga javoban «Xudoga shukr», deb qalin soqolini tutumlab qo‘ydi. Asadbek «chol yana biron gap aytarmikin», deb kutdi. Lekin chol «o‘zing yaxshi yuribsanmi?» deb ham so‘ramadi. Shunda Asadbek o‘zbeklarga xos tarzda «Oshnamni berib qo‘yibsizlar», dedi. Bu gapdan ke-yin chol yonida turgan mehmonga qaradi. Asadbek hamisha chaqnab turuvchi nigoh o‘rniga botiq, nursiz ko‘zlarni ko‘rib, yuragi g‘alati bo‘lib ketdi. Cholga yana bir nima deb tasalli bermoqni istadi, lekin shunga loyiq gap kelmadi tiliga. — Anavi cho‘qqini ko‘ryapsanmi? — dedi chol bir ozlik sukutdan so‘ng. — Cho‘qqi yolg‘iz, men ham yolg‘izman. Cho‘qqi mendan oldin ham bor edi, mendan keyin ham yashaydi. Cho‘qqi bexato yashaydi, men esam xatoyu gunohlarga boyib umr kechirdim. Vano o‘g‘lim urushga ketaturib ikki o‘g‘lini menga ishonib topshirgan edi. Men o‘g‘limning omonatiga xiyonat qildim... Sulikoni asrab qololmadim... Chol shunday deb yo‘lga qaradi. Bu tun tush ko‘rib edi: o‘zi ayvonda turgan emish. Yo‘ldan esa o‘g‘li Vano bilan nabirasi Suliko yugurib kelayotganmish. «Ota, siz Sulikoni yo‘qotib edingiz, men uni topdim!» deb quvonarmish Vano. Faqat Suliko ellik yoshdagi odam emas, balki uch yoshli go‘dak emish... Otasi urushga ketganda shu yoshda edi Suliko... Qush qanotlarini yoygani misol chol quchog‘ini ochib ularga peshvoz chiqdi. Ular esa chekindilar, chekindilar, so‘ng qora nuqtaga aylandilar... Yarim tunda nafasi bo‘g‘ilib uyg‘onganicha chol bedor edi. Suliko bilan Iliko bobolarini yolg‘iz qoldirmay, o‘zlari bilan birga yashashga ko‘ndira olishmadi. Kutaisida turishganda |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling