Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
208 etma. Agar huzurimga dunyo sevgisi bilan keladigan bo‘lsang, bundan ham kattaroq gunohing bo‘lmaydi!» Bu kimning gapi bilasanmi? Chol shoirdan misol keltirishni yaxshi ko‘rgani uchun: — Rustavelimi? — dedi. Bu javobni eshitgan chol g‘azablanib, xassasini yerga zarb bilan urdi-da: — Ahmoq! — dedi. So‘ng o‘zining tilida nimadir deb g‘udurandi. Keyin bir oz yumshagan tarzda davom etdi: — Bunchalar ahmoq bo‘lmasalaring. Axir bu Xudoning hazrat Musoga buyrug‘i-ku!? Eshit: Xudo vahiy yo‘li bilan hazrat Musoga yana shunday xitob qiladi: «Ey Muso! Zolimlarga xos dunyo hayotining senga nima keragi bor? Zolimlarga o‘xshab yashash senga yarashmaydi. Ulardek yashash fikrini xayolingdan chiqarib ot! Aq-lingni ishlatib, bunday yashashdan qoch! Zolimlik bilan o‘tkazilgan bu dunyo hayoti naqadar tuban! Go‘zal amallar bilan o‘tkazilgan dunyo hayoti esa naqadar go‘zal!» — Bu gaplarga diqqat qilyapsanmi? Yana Xudo deydiki: «Men mazlumning haqqini zolimdan olib berish uchun bu zolimni qadam-baqadam kuzataman... «Angladingmi? Zolimlarga o‘xshab yashash fikrini xayoldan chiqarib otish kerak. Xudo yahudiyga ham, nasroniy, musulmonga ham, hatto butparastga ham shunday buyurdi. O‘zing anglagan bo‘lsang, Ilikoga ham anglat. Men endi tushuntirmoqqa ojizman. — Chol shunday deb ohistalik bilan qadam tashladi. Asadbek undan ortda qolmay yonida bordi. O‘ttiz qadamlar yurilgach, chol to‘xtadi. Keyin o‘girilib, iziga qayta boshladi. Shundagina Asadbekdan hol-ahvol so‘radi. Asadbek fursatdan foydalanib uni to‘yga taklif qilish maqsadida atayin kelganini bildirdi. Chol taklifdan quvonganday bo‘lib, jilmaydi: — Men o‘g‘illaringga eng yaxshi tulporlardan sovg‘a qilaman. — O‘zingiz borsangiz, bizga eng ulug‘ sovg‘a shu bo‘ladi, — dedi Asadbek. — Yo‘q! — dedi chol qaysarlik bilan: — Er yigitga ot kerak, xanjar kerak, papoq kerak, bo‘rk kerak! O‘g‘illaring men kabi uzoq umr ko‘rsinlar, men kabi halol yashasinlar, ammo farzand hajridan yiroq bo‘lsinlar, angladingmi? Dasturxon atrofida uzoq o‘tirmadilar. Asadbek Tomskka uchishi shart ekanini eslatgach, Iliko unga ijozat berdi. O‘zi esa bobosi bilan qoldi. Asadbekning Tblisiga kelishidan maqsadi faqat to‘yga taklif qilish emas, balki Tomskka borish yo‘lidagi bir niqob ekanini anglagan Iliko «Qaytishingda Anzorning o‘zi kutib olib, kuzatadi. Men ertalab Moskvada bo‘lishim kerak», deb uzr so‘radi. Asadbekning niyati ham Tbilisi orqali qaytish edi. Biroq, vaziyat uyiga Moskva orqali qaytishga majbur etdi. Download 5.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling