Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
202 — Qiliqlarini bilganim uchun sizga yorilyapman. Asli... sizning ishingizga aralashishi noma’qul. Lekin... birodarlar bilan bamaslahat iltimos qilishni lozim topdik. Biz bu shaharda sizdan boshqa odamni tanimaymiz. Tanishni istamaymiz. Asadbek javobga shoshilmadi. Kulimsirab qo‘yib, choydan ho‘pladi. — Choydan iching, oxun, sizni bu ahvolda ko‘rgan odam Asadbekning janozasida o‘tiribdimi, deb o‘ylaydi. — Hay, hay! Sovuq nafas qilmang, Bek aka. — Arzimagan pashshaday gap sizlarga filday vahimali bo‘lib yetib borganga o‘xshaydi. Men Haydarni hammalaringga boshliq qilib qo‘yib, o‘zim qochvorganim yo‘q. Agar u yoq- bu yoqqa toyadigan bo‘lsa, to‘g‘irlab qo‘yishga kuchim yetadi. — Shunday bo‘lgani durust. Bek aka, yana bir uzrli iltimos bor. — So‘rayvering, bugun astoydil so‘rong‘ich bo‘lib kelganga o‘xshaysiz, — dedi Asadbek hazil ohangda. — Iltimos shuki, — dedi Samatoxun jilmayib qo‘yib, — to‘yda dasturxon bezashni, yemoq-ichmoqni bizga yuklasangiz. — Yaxshi-ku, — dedi Asadbek kulib. — Unda «men to‘y qildim!» deb kerilmasam ham bo‘laverarkan. — Unaqa emas, Bek aka, ixlosimizning xolisligini bilasiz-ku? — Bilaman. Ming rahmat sizga, oxun, birodarlaringizga ham rahmat. — Qizchangizning to‘yida shunaqa niyat qilganimizda «bu yoqda o‘g‘illarning to‘yi bor», deb qaytargan edingiz. — Oxun, niyatingiz yaxshi-ku... lekin topganimni to‘yga ishlatmasam yana nimaga sarf qilaman. Hammasi bu qoringa sig‘maydi-ku? Samatoxun uchun shu gapning o‘zi kifoya qilib, uzr so‘radi-da, duo qilib o‘rnidan qo‘zg‘oldi. Asadbek shu paytgacha qilmagan ishini qilib, uni ko‘chaga qadar kuzatib chiqmoqchi ham bo‘ldi. Keyin «Bek akamiz otdan ham, egardan ham tushib, o‘zimiz qatori bo‘lib qolibdilar», degan xayolga bormasin, deb uy ostonasida xayr-lashib qo‘ya qoldi. 2 Videobar niqobidagi idoraga qahva so‘rab kirgan yigitning gaplari Bo‘tqaga almoyi-aljoyi tuyuldi. Asadbek esa undan Kozlovning Tomskda ekanini, erta-indin yetib borishi zarurligini uqib oldi. Suratlardan birining ortidagi belgidan bildiki, uni shu uyda kutishadi. Birdaniga Tomskka otlanishi Kesakpolvonni, u orqali Xongireyning tinchini olishi shubhasiz, oqibatda kavlab-kavlab Kozlovning iziga tushishlariga imkon yaralishi mumkin edi. Shuning uchun ham Sulikoning bobosini to‘yga taklif etish bahonasida Tblisiga otlandi. Moskvaga qo‘ng‘iroq qilib maqsadini Ilikoga bildirgan edi, u ham Tblisiga kelib turishini aytdi. Tblisida kutib olajagini aytdi. Samatoxun ketgach, Asadbek o‘ylab qo‘ygan rejasi bo‘yicha Kesakpolvonning uyiga qo‘ng‘iroq qildi. Ilgarilari a’yonida gapi bo‘lsa shotirlaridan biriga «Haydar akangni top», derdi vassalom. Hech qachon uning uyiga qo‘ng‘iroq qilmas edi. Shu sababli go‘shakni ko‘targan Kesakpolvonning xotini avvaliga uni tanimadi, keyin «Voy Bek aka, sizmidingiz?» deb ajablandi, so‘ngroq esa «o‘zlari telpon qilyaptilar-a, tinchlikmikin?» deb havotirlandi. Asadbek uning salomiga alik olgach, Kesakpolvonning bunaqa paytda uyida o‘tirmasligini bilsa ham: — Ering uydami? — deb so‘radi. — Voy, yo‘g‘idilar-a, — dedi xotin achinish bilan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling