Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet198/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
198
yetib borilgunicha bu nasihatlar tushib qoladi. Dadangiz «o‘g‘lim, «nol yetti jiguli»ni 
qaysi pulga olding» deb hech so‘ramaganmilar? Siz-chi? Siz so‘raganmisiz? 
— Men uning topar-tutariga qiziqmaganman. 
— Nega qiziqmaysiz? Mirkarimov ukangizni ko‘chadan topib kelib, daromadli o‘rniga 
o‘tqazib qo‘ymagandir? Biologiya o‘qituvchisini hamma ham beton zavodiga joylamas, a? 
Har holda orada sizning iltimosingiz ham bo‘lgandir? Shu yerga kelganda mantiq 
yopishmay qolyapti, Zaripova. 
Ayol bir narsani izlaganday ko‘zlarini javdiratib, panjarali darchaga qaradi. Uni 
siqindilikdan qutqaruvchi najot aynan shu darchadan oqib keladiganday bir necha nafas 
tikildi. 
— Zaripova, Mirkarimov bilan xotini haqida gaplashmagan ekansizlar, do‘st-
dushmanlarini ham tilga olmagani haqiqatdir. Ukangiz haqida ham 
gaplashmaganmisizlar? 
— Balki... gaplashgandirmiz... umumiy gaplar... 
— Ukangizni ishdan bo‘shatgandan ham indamaganmidi? «Ukang beton plitalarini 
sotayotganida ikki marta qo‘lga tushdi, falon ming berib qutqarib oldim, endi bu yog‘iga 
chidash qiyin», ham demaganmidi? 
— Siz yigit o‘lgur Eshpo‘latovning gaplariga ishonib shunday deyapsizmi? 
— Biz Eshpo‘latovning gapiga emas, dalillarga ishonamiz. Bu dalillarni qaerdan olganimni 
sizga aytib o‘tirmayman. — Zohid «bu ish bo‘yicha militsiyadagi o‘rtoqlar 
shug‘ullanishyapti, Mirkarimovdan pora olib, ukangizni qo‘yib yuborgan OBXSS vakili 
hozir so‘roq beryapti», demasa ham Zaripova ukasining ahvoli yaxshi emasligini anglab 
bir titrab oldi. «Ukamni ishga oling» deb iltimos qilgan tillarini chaynab tashlagisi keldi. 
Ukasi ko‘p qatori maoshiga qanoat qilib yashab yuruvdi. Kelini ham 
yetishmovchiliklardan ko‘p qatori nolib, g‘ashlanib, ba’zan g‘alva ko‘tarsa-da, oxir-oqibat 
qanoatga bandi bo‘lib yashayatuvdi. Ikki yil avvalmikin, er-xotinning g‘alvasi ustidan 
chiqqan Zaripova ukasiga rahmi kelib, uning puldor odamga aylanib qolishini istab 
qolgan edi. U paytda ozod edi. Boylikning totli nafasidan mast edi. Endi mahkuma 
holatida o‘sha totli kunlarini la’natlaydi. 
— Mirkarimov yo‘qolgan kuni uyingizda ukangiz bilan birga emasmidingiz? 
Bu savol yashin kabi urilib, Zaripovaning vujudini parchalab, ko‘mirga aylantirib 
yuborganday bo‘ldi. U tergovchining qay tomonga burilganini aniq fahm etdi: «O‘sha 
kuni ukang ikkoving o‘ldirgansanlar, demoqchimi? Ukang ishdan haydalgani uchun 
alamdan o‘ldirgan, deb ayb qo‘ymoqchimi?..» 
— Ukam yo‘q edi... Ukam menikiga kam kelardi. Umuman... Mavlon aka uni ishdan 
bo‘shatib, ko‘chaga tashlab qo‘yganlari yo‘q. 
— Bilaman, kooperativ limonad tsexiga joylaganlar. Biologiya o‘qituvchisi uchun beton 
zavodidan ko‘ra shunisi tuzuk. Ukangizning yangi xo‘jayinini bilarmidingiz? 
— Yo‘q. 
— Mahmud Ehsonov degan odam. Xudo rahmat qilsin uni. 
— O‘libdimi? 
— O‘ldirib ketishibdi, — Zohid «nahot bu yangilik panjaraning u tomonida qolib ketgan 
bo‘lsa, nahot bu ayol eshitmagan?» degan xayolga unga sinovchan tikildi. 
Zaripova «Voy bechora, Xudo rahmat qilsin», deb pichirlab, titray boshlagan 
barmoqlariga tikildi. «Buni nega menga aytyapti? «O‘ldirib ketishibdi...» Ukamning 
bunga nima aloqasi bor?» 
Zohid bu xabarni aytish bilan so‘roqni yakunladi. «Keyingi so‘roqqa qadar bu ayol ko‘p 
narsani o‘ylaydi, aytgisi kelmayotgan gaplarni endi aytadi.» — Shu fikrda ayolning 
izidan qarab qolgan Zohid garchi undan biron yangi gap eshitmagan bo‘lsa-da, so‘roqdan 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling