Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet197/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
197
erim-bolam», deydigan o‘shanaqa xotinni yaxshi ko‘rishi kerak. 
— Erkaeva «uyim-joyim» demasmidi? 
— Bilmayman. 
— Balki eriga kundoshidan ko‘ra mehribonroq bo‘lgandir? 
— Bilmadim. 
— Mirkarimov xotini haqida hech gapirmasmidi? Masalan, Erkaeva bir nima bahonasida 
janjal qilsa, siqilib, sizga yorilgandir? 
— U kishi hasrat qiladigan erkaklardan emas edilar. 
— Erkaeva erining siz bilan uchrashib turishini bila turib indamagan, deb o‘ylaysizmi? 
— Buni ham o‘zidan so‘raysiz. 
— Mirkarimovning haydovchisi Erkaevaga kim bo‘lardi, bilarmidingiz? 
— Ha. 
— Singlisini boshlab kelib, g‘avg‘o ko‘tarar, deb cho‘chimasmidingiz? 
— Yo‘q. 
— Nima uchun? 
— U yigit o‘lgur qaynog‘a emas, malay edi. Malayning ahvolini o‘zingiz bilarsiz. 
— Har xolda singlisining taqdiriga befarq qaramagandir? 
— Befarq qaramagani aniq. Kallasi baloday ishlaydi uning. G‘avg‘o ko‘tarilsa singlisiga 
qiyin bo‘lishiga aqli yetardi. 
— Singlisiga... nega qiyin bo‘ladi? 
Zaripova «shunga aqlingiz yetmayaptimi yo meni laqillatib o‘tiribsizmi?» deganday 
Zohidga tikilib qaradi. Zohid Oysanam Erkaevaga nima uchun qiyin bo‘lishini taxmin 
qilayotgan bo‘lsa-da, chin sababini ro‘parasidagi mahkuma ayoldan eshitishni istadi. 
— Agar g‘alva qilsa, singlisi boy erdan, o‘zi ham boy kuyovdan, ham ishdan ajralib, 
quruq qolishi mumkin edi. 
— Siz Mirkarimovning yaqin tanishlarini bilarmidingiz? 
— Yo‘q. 
— Hech gapirmasmidilar? 
— «Kimlardan norozi bo‘lib gapirgan?» deb so‘ramoqchimisiz? Oldingi tergovchi ham 
so‘ragan buni. Javobini aytganman: Mavlon akaning noliydigan odatlari yo‘q edi. 
Zohid stol ustidagi qog‘ozga so‘roqqa berilgan javoblarning mazmunini yozgunicha 
Zaripova uning barmoqlaridan mo‘’jiza kutganday tikilib o‘tirdi. U yozuv nihoyasiga 
yetishi bilan so‘roq ham tugaydi, yana qamoqdagi joyimga qaytaman, deb o‘ylab 
yanglishdi. Zohid yozuvni tugatgach, unga tikildi. Ana shunda Zaripova kutgan mo‘’jiza 
yuz bermadi, balki kutilmagan savol eshitildi: 
— Noil Zaripov ukangizmi? 
— Ha... — Zaripova «Yigit o‘lgurning fisqu-fasodiga ishondingizmi? Endi ukamdan ham 
shubha qilyapsizmi? Uni ham qamadingizmi yo endi olib kelasizmi?» degan savol nazari 
bilan tergovchiga qaradi. 
— Mirkarimovning qo‘lida ishlagan ekan. Mirkarimov uni nima uchun bo‘shatib yubordi? 
— Bilmayman, men ularning ishlarini tushunmayman. 
— Balki biron qing‘ir ish qilib qo‘yib, Mirkarimovning jahlini chiqargandir? 
— Beton zavodida qanaqa qing‘ir ish bo‘lishi mumkin? 
Bu javobni eshitgan Zohid miyig‘ida kulib, stol ustini chertib qo‘ydi. 
— Mantiqdan yaxshi o‘qibsiz-u, hisobdan qoqilgan ekansiz-da, a? Axir qing‘ir ish qilmasa 
Mirkarimov shunchalik boyirmidi? Ukangiz ham yomon yashamagandir? 
— Bu ishlarga rostdanam aqlim yetmaydi. Ukam adashgan bo‘lishi mumkin, lekin qing‘ir 
ish qilmaydi. Dadam bunga yo‘l qo‘ymaydilar. 
— Dadangiz uyda to‘g‘rilik haqida nasihat qilib o‘tirsalar ehtimol. Lekin uydan to zavodga 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling