Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
194 o‘sha kuni bexos suvga tushib ketib o‘ldilarmi yo o‘ldirildilarmi? Agar o‘ldirilgan bo‘lsalar, qotil o‘sha kuni qasd qilib o‘sha kuniyoq maqsadiga yetmagandir? Tasavvur qilaylik, sizning shubhangiz to‘g‘ri chiqdi, qo-til — menman. Mantiqan olib qarasak, Mavlon akani o‘ldirishga tayyorgarligim u kishi bilan tanishgan kunimizdan boshlangan bo‘ladi. Bir- birimiz bilan uchrashganda atrofimizda hech kim yo‘q, deb o‘ylardik. Aslida oramizda o‘lim bor ekan-u, sezmabmiz. Kunlar, oylar ichi ana shu o‘limning qachon va kimning qo‘li bilan yuzaga chiqishi masalasi beixtiyor ravishda hal etilgan. Shunaqa desak mantiqqa to‘g‘rimi? Ha, — Zaripova ayanchli tarzda kulimsiradi. — Bu bir taxmin. Yana haqiqat deb yopishib olmang. Lekin gapimda ozgina haqiqat ham bor. Mening bu ko‘rguligim, gunohlarimga yarasha tuhmat bilan mukofotlanishim Mavlon aka bilan tanishgan daqiqamdan boshlangan ekan, — Zaripova boshini egib bir oz sukut saqladi. So‘ng Zohidga qarab kulimsiradi: — Gapni ham rezinkaday cho‘zib yubordimmi, ajablanmang, men azaldan ezmaroqman. Xo‘p, yana ozgina toqat qiling, asosiy gapni aytvolay: Meni qotil deb gumon qilganingizda «bu xotin shunday boy o‘ynashini nega o‘ldirdi?» deb o‘zingizga o‘zingiz savol berib ko‘rmadingizmi? Bu yerda mantiq qani? Mavlon akaning o‘limidan ko‘proq men jabr chekdim-ku? — Moddiy manfaatni nazarda tutyapsizmi? — Faqat bu emas. Mavlon aka meni... yaxshi ko‘rardilar. Yolg‘iz ayol uchun bu yaxshi ko‘rishning qadri qandayligini siz his qila olmaysiz. Siz xuddi shu nuqtada menga mantiqni topib bering-chi? Agar Mavlon akaning o‘limidan biron foyda olsam, bu ishga qo‘l urishim mumkin edi. Bu gapim ham taxmin, men birovning o‘limidan foyda kutadigan ablah emasman. — Savolingizga hozir javob berishim shartmi? — Mutlaqo shart emas. Gapdan gap chiqqani uchun ozgina ezmalik qildim, kechirasiz. — Fikrlaringiz menga ma’qul. Savolingizga esa albatta javob qaytaraman, faqat bugun- erta emas, qotilni aniqlagan kunim. — Shunday deyishingizni bilardim. Savolimga javob bersangiz ham, qotilni topib jazolasangiz ham mening bu yerda chirigan kunlarimni qaytarib bera olmaysiz, bu yerdan chiqib men texnikumdagi o‘quvchilarimga dars o‘ta olmayman, bu shaharda, umuman bu hayotda bosh ko‘tarib yurishim mumkin bo‘lmay qoladi. — Sizdagi ilm, farosat bilan bu azobni yengish mumkin, deb o‘ylayman. — Yo‘q, yengish uchun ilm bilan farosatning o‘zi kifoya qilmaydi. Hatto irodaga ham ishonib bo‘lmaydi. Mening kelajagim — o‘zimning bosh og‘rig‘im, siz o‘ylamay qo‘yavering. So‘raydiganingizni so‘rang. Zohid, prokuratura tergovchisi, gumondagi shaxsdan «so‘rang» degan ijozatni olsa-da, darrov so‘roqqa tutmadi. «Zaripova hayajonini bosib olsin», deb sukut saqladi, xuddi savol axtarayotganday ko‘rsatgich barmog‘i bilan chakkasini siladi. Zaripovaga bu sukut yoqmay «so‘ramaysizmi?» degan ma’noda tikilgach, Zohid dastlabki savolini berdi: — Eshpo‘latovning aytishicha, xo‘jayinini olib kelganida siz yolg‘iz bo‘lgansiz. Siz esa odam bor edi, Eshpo‘latov hech kimni boshlab kelmagan, deyapsiz. Kimning gapiga ishonishim kerak? — Eshpo‘latovning o‘zi ham, xo‘jayini ham kelmagan. — Uyingizdagi o‘sha odam buni tasdiqlashi kerak. O‘sha odam kim, ayting. Aytsangiz o‘zingizga foyda. — Men uning kimligini aytolmayman. — Qo‘rqasizmi? — Ha, qo‘rqaman, oilasining buzilib ketishidan qo‘rqaman. — Oilasi buzilib bo‘lgandir balki? — Nega unday deyapsiz? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling