Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
191 ikkinchisi urchib, bolalab turadi. Hidoyatda yurganlarning so‘nggi tilagi bir-biriga o‘xshaydi. Fosiqlarniki esa o‘z nafslari darajasiga mos ravishda turlicha bo‘ladi. Zohid haqiqat tilagida o‘tgan Anvarni o‘ylaganda uni jinnixonaga tiqish qudratiga ega odamni ko‘rgisi kelaverdi. Anvarning ma’rakasida Elchin bilan uchrashganda u Xolidiy degan odamni aytgan edi. Ustozi Habib Sattorov garchi uning nomini tilga olmagan bo‘lsa-da, ukasining o‘limida bu odamning qo‘li borligiga shama’ qilgan edi. Do‘stining janozasida o‘sha odam xuddi o‘sha hojatxonaga osilishi kerak deb qasd qilgan Elchin harakatsiz yotibdi. Habib Sattorov zimdan ayblagani bilan unga qarshi chora ko‘rishga urinmaydi. Zohid esa chorasiz. Elchinning ham, Habib Sattorovning ham gaplari, pichinglari o‘rinli: Xolidiyni qotillikda ayblay olishmaydi. Demak u ayshini surib yashayveradi. G‘ashini keltirgan odamni pashshani yanchgandek yanchaveradi. Shunday edi... Nahot yana shunday bo‘lib qolaversa? Axir zamon o‘zgaryapti-ku?.. Adolat istovchi Zohidning hayot haqidagi tushunchasi zaif edi. Yamoq to‘nni yechib tashlab, yangisini kiygan odamni yaxshi bo‘lib qoladi, deb hisoblardi. Gap odam ustidagi to‘nda emas, ko‘krak qafasidagi qalbda ekani haqidagi oddiy haqiqatni anglashiga picha fursat bor edi. Anvarning ma’rakasidagi uchrashuvda Elchin «yana Xolidiy ichburug‘dan o‘lib qolsa, mendan ko‘rib yurmang», deb piching qilgan edi. O‘shanda Zohid bu gapga yetarli e’tibor bermagandi. Anvarning yozuvlarini o‘qigach, o‘sha suhbatni bexos esladi. Chindan ham Xolidiy yuqori qavatdan yiqilib o‘lsa yoki murdasi suvdan chiqsa tekshir- tekshir boshlanadi. Necha-necha odam shubha to‘riga o‘raladi. Bu to‘rga Elchin ham ilashib qolishi hech gapmas. Bu sohadagi haqiqat yuzaga chiqquniga qadar qancha odamning halovati buziladi. Xuddi Mirkarimovning ishiga o‘xshab... Kim biladi, murdasi suvda irigan Mirkarimov ham tiriklik chog‘ida necha-necha odamning yuragiga zaharli so‘z xanjarlarini sanchgandir? Kim biladi, uning o‘ligi suvdan topilganda necha-necha odam quvongandir, «battarroq bo‘lsin edi», degandir. Kim biladi, balki Mirkarimovning zaharli so‘z xanjaridan o‘lim topganlar uning boshiga guvala qo‘yilib, lahad og‘zi berkilganda do‘zaxning olov toshlari bilan qarshilagandirlar. Kim biladi, balki Xolidiyning qismati ham shunday bo‘lar... Balki hammasi aksinchadir... Agar Zohid niyatini amalga oshirib, Xolidiy huzuriga borsa-da, aytsaki: «Siz bilan Mirkarimov bir xildasizlar». Bu gapdan, shubhasizki, Xolidiy ajablanar, to‘g‘rirog‘i g‘azablanar va aytarki: «Bu qanday nodonlik! Men olim odamman, jamiyatga falon miqyos-da foydam tekkan. U esa puldan boshqa narsani o‘ylamagan odam...» Xolidiyning fatvosida zohiran jon bor. Kasb, turqu tarovat — ko‘zga ko‘rinuvchi jihatlar farqlanadi. Ammo nazarga tushmas bir illat borki, uni «nafs» deydilar. Aynan shu nafs bir-biriga zoxiran o‘xshamagan odamlarni botinan bir xil ko‘rinishga keltiradi. Mirkarimovning nafsi maishatni istardi. Buning uchun u hayotini pul topishga sarf etdi. Xolidiyning nafsi ham maishat istardi. Buning uchun u hayotini amal egallashga sarf etdi. Bunda biron farq ko‘rinadimi? Zohid o‘ylab-o‘ylab farq topmadi. Ko‘p masalalarda Anvar bilan hamfikr bo‘ldi. Faqat... So‘nggi chorani aqlsizlik deb baholadi. Download 5.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling